6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Ba’zi istisno holatlar, masalan, eng katta hujayralardan (hajm bо‘yicha) iborat bо‘lgan


Download 184.89 Kb.
bet3/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-MARUZA

Ba’zi istisno holatlar, masalan, eng katta hujayralardan (hajm bо‘yicha) iborat bо‘lgan tuxumlardan tashqari, hujayralar asosan kichik bо‘lib, kо‘zga kо‘rinmaydilar. Shunday ekan, bizning (hayotni) о‘rganishimiz mikroskoplarning kо‘rsatish qobiliyatining о‘sib borishi bilan mutanosib kechgan. Gollandiyalik mikroskop muhandisi Antoni van Levenguk London Qirollik Jamiyatiga, о‘zi yaratgan (1623 dan 1723 yillar oralig’ida) yuqori sifatli yagona linzali mikroskop yordamida kuzatgan kо‘plab organizmlar tо‘g’risidagi batafsil ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan maktublar jо‘natdi. О‘n tо‘qqizinchi asrning boshlarida, mikroskopning ancha takomillashgan varianti biologlarga о‘zaro 1 mikrometr masofada bо‘lgan obektlarni alohida kuzatishga imkon berdi. Bu yutuq tezda yangi kashfiyotlarga sabab bо‘ldi va ular hujayra nazariyasi - barcha organizmlar hujayralardan tuzilganligi tо‘g’risidagi nazariya uchun asos bо‘lishdi.

1838 yilda, nemis botanigi Matias Shleyden, barcha о‘simlik tо‘qimalari hujayralardan iborat deb e’lon qildi. Bir yildan sо‘ng, uning yurtdoshi Teodor Shvann, hayvon hujayrasining ham о‘simlik hujayrasiga о‘xshashligini tavsiflab berdi. Bu tushuncha, hayvon hujayrasi, о‘simlik hujayrasining о‘ziga xos hujayra devori tufayli alohida kо‘rish osonligidan farqli о‘laroq, deyarli kо‘rinmas bо‘lgan plazmatik membranaga qiyoslanib kelganligi sababli, uzoq muddat unutilgan edi. Shuning uchun, Shleyden va Shvann, hujayralar biologiyasida samarali tadqiqotlar davrini boshlanishiga turtki bо‘lgan yagona hujayra nazariyasining asoschilari hisoblanishadi. Yana bir nemis olimi, Rudolf Virxov barcha hujayralar ilk hujayralardan kelib chiqqan deb da’vo qildi (1858 yil).


1840 yilda Y. Purkine hujayra tarkibini izohlash uchun protoplazma tushunchasini kiritdi. Avvaliga, protoplazma zarralardan iborat о‘ziga xos va tushunish qiyin bо‘lgan hayotiy xususiyatlarga ega bо‘lgan gelsimon aralashma, hujayralar esa tarkibida yadro bо‘lgan quyuq suyuqlikni о‘zida saqlagan xaltachalar shaklida tasavvur qilingan. Keyinchalik, mikroskoplar tobora kо‘proq qо‘llanilishi va tо‘qimalarni kesish va rang berish texnologiyalari takomillashib borishi tufayli, ularni aniqroq kо‘rish imkoniyati paydo bо‘ldi. Hujayraning ichki muhiti, bir jinsli zarrachali quyuq modda emas, balki kо‘p sondagi, har biri hujayra hayoti uchun muhim bо‘lgan alohida vazifani bajaruvchi hujayra organellalaridan tashkil topgan. Hozirgi kunda biz bilamizki, hujayraning ichki qismlari, tuzilish va funksiyalari jihatidan, shunchalik mukammal tuzilganki, uning tarkibini protoplazma deb tavsiflash avtomobil ichki qismini "avtoplazma" deb tvsiflash bilan barobardir.

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling