6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Hujayralarni qanday о‘rganish mumkin?


Download 184.89 Kb.
bet4/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-MARUZA

Hujayralarni qanday о‘rganish mumkin?


Turli xil kо‘rinish va modifikatsiyalarga ega bо‘lgan yorug’lik mikroskoplari biologik tadqiqotlarda boshqa uskunalarga qaraganda kо‘proq ishlatiladi. Ular 300 yil davomida qudratli tadqiqot uskunasi bо‘lib, oxirgi 50 yil ichida ularni о‘rnini elektron mikroskopi egalladi. Aynan elektron mikroskopi bizni hujayraning ichki nozik tuzilishi haqidagi bilimlarimizni boyitib, zamonaviy biokimyoviy, immunologik, fizikaviy va molekulyar texnikani rivojlantirib, hujayraning strukturasi va funksiyalari haqidagi tushunchalarimizni kengaytirdi. Elektron mikroskoplar tekshirilayotgan obektlar yuzasida yoki ular orqali о‘tuvchi elektronlarning bevosita tutami yordamida ishlaydi. Elektron tutamning tо‘lqin uzunligi oddiy yorug’likning 0,00001 qismini tashkil qilganligi uchun yuqori darajadagi kattalashtirish va rezolyusiyaga ega.

Transmission elektron mikroskoplar ishlatilganda о‘rganilayotgan obektlar о‘ta yupqa kesmalar shaklida tayyorlanib (qalinligi 10 nm dan 100 nm gacha), turli xil strukturalar orasidagi kontrastlikni oshirish maqsadida “elektron dog’” (osmiy, qо‘rg’oshin va uran kabi elementlarning ionlari) bilan ishlov beriladi. Elektronlar gistologik preparat orqali о‘tib, tasvirlar fluoressent ekranda kо‘rinadigan bо‘lib qoladi va rasmga olinadi (3.2 rasm).


Aksincha skanirlovchi elektron mikroskopiya uchun tayyorlangan gistlogik preparatlardan esa yupqa bо‘laklar kesib olinmaydi va elektronlar ular orqali о‘tmaydi. Bir butun gistologik preparat zich elektron material bilan qoplanadi va elektronlar bilan bombardimon qilingandan keyin ularning ba’zi-birlari urilib orqaga qaytadi, ba’zilari esa nurlanadi. Shu usulda kо‘zga kо‘rinadigan uch о‘lchamli tasvir olinadi. Skanirlovchi usukunalarning kattalashtirish qobiliyati transmission mikroskopniki kabi kuchliroq bо‘lmasada, organizm va ularning hujayralarini yuza xossalari, xususan ichki tuzilishini, membrana bilan о‘ralgan strukturalarning turli jihatlarini о‘rganish imkonini berdi. Skanirlovchi elektron mikroskopning namunalari 145, 163 va 686 betlarda kо‘rsatilgan. Rentegen kristallografiyasi va yadro magnit rezonans spektroskopiyasi (YAMR) yordamida undanda kuchliroq kattalashtirishga erishish mumkin. Mazkur texnikalar biomolekulalar va ularning ichida joylashgan alohida atomlar orasida aloqalarni aniqlashga yordam beradi.

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling