6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Download 184.89 Kb.
bet9/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-MARUZA

Tuzilishi. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadahga o’xshash, lekin bir qancha turlari muayyan shaklga ega bo’lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko’p mayda teshikchalar orqali paragastral tana bo’shlig’i tashqi muhit bilan bog’langan. Bu bo’shliq tanasining yuqori tomonidagi teshik - oskulum orqali tashqi muhitga ochiladi. Ko’pchilik g’ovaktanalilar mezogleyasi qalin bo’lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan.
Fovaktanalilar tanasi ikki qavat hujayralardan iborat. — tashqi ektoderma va tana bo’ shlig’ini qoplab turadigan endoderma hujayralaridan iborat. Ektoderma va endoderma oralig’ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz kavat joylashgan. Ko’pchilik g’ovaktanlilar mezogleyasi qalin bo’lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan (28-rasmga qarang). Skelet ana shu mezogleyada hosil bo’ladi. Ektoderma yassi hujayralardan iborat. Ektoderma hujayralaridagi mayda teshikchalar juda ingichka naychalar orqali paragastral bo’shliq bilan tutashgan. Endoderma uzun xivchinli silindrsimon hujayralar

  • xoanotsitlardan iborat. Xivchinlar asosini yupqa membrana pardadan iborat yoqacha o’rab turadi. G’ovaktanalilar tuzilish xususiyatiga ko’ra askon, sikqon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo’linadi (27-rasm). Askon eng sodda g’ovaktanlilar uchun xos bo’ladi. Bunday g’ovaktanlilarning mezogleyasi qalin bo’lmaydi; ektodermadagi poralar ingichka naychalar orqali bevosita yoqachali xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral bo’shliqqa ochiladi. Ko’pchilik g’ovaktanlilarda askon faqat embrional rivojlanish davrida ko’rinadi. Ontogenezda askon murakkablashib, sikonni hosil qiladi. Murakkablashuv mezogleyani qalinlashib, alohida kameralarni hosil qilishidan hamda xivchinli endoderma hujayralarini kameralar ichida joylashishidan iborat. Leykonda mezogleya yanada ko’proq qalinlashadi, xivchinli kameralar mezogleyaga ko’proq botib kiradi. Leykonning mezogleyadagi kameralari olib keluvchi naychalar orqali tashqi muhit bilan, olib ketuvchi naychalar orqali paragastral bo’shliq bilan bog’langan. Sikon va leykonning paragastral bo’shlig’i ham yassi ektoderma hujayralar bilan qoplangan. G’ovaktanlilarning xivchinli kameralari juda ko’p. Masalan, boyi 7 sm, eni 1 sm leyqoniyaning xivchinli kameralarining soni 2 mln dan oshadi.


Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling