6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi
HUJAYRALAR VA ULARNING TUZILISHI
Download 184.89 Kb.
|
6-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi.
HUJAYRALAR VA ULARNING TUZILISHIAgar biz hujayralarni о‘rganishni fiksatsiyalangan va maydalangan tо‘qimalar bilan cheklab qо‘yadigan bо‘lsak, biz hujayralar harakatsiz, qattiq va jonsiz strukturalar ekan degan yanglish tasavvurga boramiz. Haqiqatda esa hujayraning ichki tomoni doimiy harakat xolatida ekanligini guvohi bо‘lamiz. Kо‘pchilik hujayralar davomli ravishda о‘z shaklini о‘zgartirib turadi; ularning organelllalari kraxmal granulalari, yog’ zarrachalari va turli xil kо‘rinishdagi vezikulalar bilan tо‘lgan xolda sitoplazmada buralib, ba’zan о‘zining oldingi shakliga qaytib turadi. Tirik hujayralar kulturasi seytrafer kinoga va videoga olish yordamida о‘rganilishi mumkin. Agar biz hujayra membranasi orqali darvoza mexanizmi bо‘yicha ochilib-yopiluvchi molekulyar yо‘llarni va hujayra organellalari ichidagi metabolik energiya transformatsiyasini kо‘ra olganimizda bu kabi jarayonlardan kuchli taassurot olgan bо‘lardik. Biroq hujayralar tartibsiz faollik rо‘y beradigan joy emas. Hujayraning har bir funksiyasida tartib va uyg’unlik mavjud. Mikroskop orqali bu kabi dinamik hodisalarni о‘rganishda biz hayotning eng kichik birligi hisoblangan hujayrani qanchalik kо‘p о‘rgansak, uning tabiati haqidagi tushunchalarimiz shunchalik boyib boradi6.Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi. Ko’p hujayralilarni bir hujayralilardan kelib chiqqanligi isbot qilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhidan kelib chiqqanligi to’g’risida turli fikrlar mavjud. Ko’p hujayralilarni kelib chiqish muammosini hal etishda koloniya bo’lib yashovchi hayvonlar muhim o’rin tutadi. Ko’p hujayralilarni volvoksga o’xshash koloniyali xivchinlilardan kelib chiqqanligini ko’pchilik olimlar tan olishadi. Koloniyali bir hujayralilardan ko’p hujayralilarning paydo bo’lishi to’g’risida bir qancha nazariyalar bor. Gastrey nazariyasi. Bu nazariyaga binoan ko’p hujayralilarning qadimgi ajdodi sharsimon koloniyali hayvonlar bo’lgan. Bu nazariyaning asoschisi E. Gekkel (1874) hisoblanadi. Ko’p hujayralilar embrional rivojlanishida gastrula davrida ichki ikkinchi embrion varag’ini blastula devorini blastula bo’shlig’iga botib kirishi - invaginatsiya natijasida hosil bo’lishi bu fikrni tasdiqdaydi. Gekkel fikricha ko’p hujayralilarning dastlabki ajdodi filogenez jarayonida sharsimon koloniyadan uning bir bo’lagini ikkinchi bo’lagi ichiga botib kirishi natijasida hosil bo’lgan. Gastrula bo’shlig’i birlamchi ichak bo’shlig’iga aylangan, u og’iz teshigi bilan tashqariga ochilgan. Gekkel "gastrey" deb atagan bu gipotitik organizm suvda kipriklar yordamida suzib yurgan, jinsiy ko’paygan. Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886 yilda I. I. Mechnikov asoslab berdi. Tuban tuzilgan ko’p hujayralilarning gastrula stadiyasi invaginatsiya yo’li bilan emas, balki ayrim hujayralarning blastula bo’ shlig’i (blastotsel)ga ko’chishi - immigratsiya natijasida hosil bo’lgan. Keyinchalik ichki hujayralar tig’iz joylashishi bilan birlamchi ichak bo’shlig’i gastrotsel, undan ham keyinroq birlamchi og’iz blastopor hosil bo’lgan. Mechnikov ham Gekkel singari ko’p hujayrali hayvonlarni koloniyali bir hujayralilardan kelib chiqqanligini tan oladi. Lekin uning ko’rsatishicha ichki qavat qutblardan biridagi hujayralarning botib kirishi bilan emas, balki hujayralarning ichki bo’ shliqqa ko’ chib o’ tishi tufayli hosil bo’ ladi. Hujayralarni ichki bo’ shliqqa o’ tishi ularni oziqni hazm qilishga ixtisoslashuvi bilan bog’liq. Shuning uchun ham I. I. Mechnikov bunday hujayralarni fagotsitoblastlar, o’z nazariyasini "fagotsitella" deb ataydi. Eng sodda tuzilgan ko’p hujayralilar hisoblangan plastinkasimonlarning tuzilishi, ko’pchilik g’ovaktanlilarning embrion rivojlanishi bu nazariyaning to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. A. A. Zaxvatkin nazariyasi. Zaxvatkin fikricha, E. Gekkelning "Gastreya" va I. I. Mechnikovning "Fagotsitella" nazariyalari ko’p hujayralilarning kelib chiqishini aniq aks ettirmaydi, chunki blastula va gastrula voyaga yetgan organizmlar ajdodlari tuzilishini ifodalamaydi, balki turlarni tabiatda tarqalishiga imkon beruvchi erkin hayot kechiradigan lichinkalari hisoblanadi. Ko’p hujayralilarni qadimgi ajdodlari koloniya bo’lib yashashdan g’ovak tanlilar va gidroid poliplar singari o’troq hayot kechi-rishga o’tgan hayvonlar bo’lgan. Lekin bu fikr haqiqat-dan ancha yiroq deyish mumkin. Chunki hazm sistemasi rivojlanmagan va sodda o’troq hayvonlardan murakkab tuzilishga ega bo’lgan hayvonlarning kelib chiqishiga ishonib bo’lmaydi. 6 Hikmen. Roberts Keen. Larson I’Anson. Eisanbaur Integratet Principles of ZOOLOGY 45-53 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi Sellyulirizatsiya nazariyasi. Ayrim zoologlarning fikricha ko’p hujayralilar bevosita yakka yashovchi bir hujayralilardan kelib chiqqan. Yugoslaviyalik olim Iovan Hoji ko’p hujayralilar bevosita ko’p yadroli in-fuzoriyalardan kelib chiqqan degan fikrni bildirdi. Iovan Hoji infuzoriyalar tanasidagi ma’lum vazifalarni bajarishga moslashgan ayrim qismlari, ya’ni organoidlari ko’p hujayrali hayvonlarning xuddi shunday vazifalarni bajaradigan organlariga aylangan degan fikrni ilgari suradi. Shunga ko’ra u, ko’p hujayralilarning teri qoplami ektoplazmadan, ichaklari esa endoplazmadan, muskullari mionemalardan, ayiruv organlari qisqaruvchi vakuollardan va jinsiy organlari infuzoriyalarning mikronukleuslaridan rivojlangan deydi. Hatto olim ko’p hujayralilarning jinsiy urchishi infuzoriyalarning qonyugatsiyasiga, tuxum hujayralarning urug’lanishi esa mikronukleusning migratsiyalanuvchi va statsionar yadrochalarining o’zaro qo’shilishiga moc keladi, deb hisoblaydi. Shunday qilib, I.Hojining sellyurizatsiya (cellula - hujayra) nazariyasiga binoan infuzoriyaning tanasi bir butun ko’ p hujayrali organizmga aylanib qo’ yaqolgan. Mazkur nazariya haqiqatdan uzoq bo’lishiga qaramay, zoologlar orasida uni qo’llab quvvatlovchilar ham uchraydi. Download 184.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling