Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 A n’anaviy xo ‘jaligi (chorvachilik, dehqonchilik


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

4.2. A n’anaviy xo ‘jaligi (chorvachilik, dehqonchilik, 
hunarm andchilik va uy hunarm andchiligi)
Qoraqalpoqlar qadim da Sirdaryoning o ‘rta va quyi oqimida 
joylashgan hududlarda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan 
shug‘ullanib kelgan. U lar azaldan chorvador xalq bo ‘lib, keyinchalik 
dehqonchilik bilan ham shug‘ullana boshlagan, degan munozarali 
fikrlar mavjud. Ushbu xalqqa xos jihatlardan biri ham shundaki, ular 
boshqa ko ‘pchilik etnoslar singari k o ‘chmanchi hayot kechirishdan 
o ‘troq hayotga o ‘tgan em as, balki qadim dan o ‘troq hayot kechirib 
kelgan. Qoraqalpoqlar azaldan sug‘orm a dehqonchilik shug‘ullangan 
bo ‘lib, shu maqsadda Sirdaryo va uning irmoqlari Quvondaryo ham da 
Jonidaryodan suv chiqarib, irrigatsiya tarm oqlari orqali ekin 
maydonlarini sug‘organ.
Dehqonchilikda asosan, g callachilik rivojlangan. Daryo va k o'llar 
atrofidagi yerlarga bug‘doy, arpa, tariq, sholi, j o ‘xori, zig‘ir, kunjut, 
beda va poliz ekinlari ekilgan. Ekinlam i sug‘orish uchun suv 
qoraqalpoqlar uchun butun hayot-m amot masalasi b o ‘lgan. Suv 
yetishmasligi oqibatida ju d a ko‘p kelishm ovchilik va o‘zaro nizolar 
kelib chiqar, ular esa o ‘z navbatida katta qonli to ‘qnashuvlarga sabab 
bo ‘lar edi. Bir qabila yo urug‘ boshqa qo ‘shni qabila yo urug‘ bilan 
ko‘pincha ixtilofda yashar edi. 0 ‘sha zamonning o g ‘ir shart- 
sharoitlari, mahalliy boy va zodagonlam ing zo ‘ravonligi, ular 
tomonidan o‘m atilgan og‘ir tartib-qoidalar ju d a ko ‘p qon to ‘kilishiga 
sabab bo'lar edi.
Har bir qoraqalpoq ovullari o‘zlariga biriktirilgan merosiy kanal 
(jap)lar atrofida joylashgan boTib, har qaysining suv ichadigan 
salmasi (irmog‘i) mavjud edi. Kimga, qancha miqdorda suv berish, 
daryodan suv olib kelish uchun kanal (ama) qazishda qaysi ovuldan 
qancha odam qatnashishi, bahorda amani tozalash uchun suvga nechta 
odam ajratilishi mirob tomonidan hal qilinar edi. Suv muayyan mazgil 
(vaqt)gacha, masalan, erta tongdan tush paytigacha odatda, ikki tanob 
(taxminan 17 sotix) yem i sug‘orishga yetadigan miqdorda berilar edi. 
Suv tanqis bo‘lgan paytda ikki xo‘jalikka bir mazgil suv berilar edi.
Ko‘p joylarda yemi qo‘l Бефре yordamida sug‘orishga to ‘g‘ri 
kelar edi. Ushbu moslamalar bilan suv bir ariqdan ikkinchi ariqqa 
chiqarilar edi. Ayni vaqtda, oyoq yordamida suv chiqariladigan 
moslama ham ishlatilar edi. Bunday usul kichik maydondagi ekinlami
98


sug‘orishda qo ‘llanilgan, katta ekin maydonlariga esa suv chig‘ir 
yordamida chiqarilgan. yer go ‘ng va eski devor tuprog‘i bilan 
oziqlantirilgan. Haydashdan oldin yerlam ing sho‘rini yuvish uchun bir 
necha bor sug‘orilgan, keyin omoch bilan aw alo , uzunasiga, so‘ngra 
ko ‘ndalangiga ikki martadan haydalgan. Keyin haydalgan yerlar mola 
yoki dandene bilan kesaklari maydalanib, tekislab chiqilgan.
Qoraqalpoqlar asosan, yirik qoramol va yilqi boqqan. Yozda 
yaylovlarda, qish kunlarida esa qo‘lda boqilgan. Yirik qoramollami 
podachi (podashi), yilqilam i (yilqishi), mayda uy hayvonlarini esa 
qo ‘ychi (qo‘yshi) yoki cho‘pon (shopon)lar boqqan. Qishda chorva 
odatda, shox, butoq va qamishlardan tiklangan qo ‘ralar yoki 
bostirmalar, molxona va sayisxonada, yilqilar esa yerto‘lalarda 
saqlangan.
Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida muytin va qoHdovli 
urug‘lari yashaydigan hududlarda aholi asosan, baliqchilik bilan 
shug‘ullanadi. Baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan 
moslama tayyorlangan va sol hamda qayiqlarda baliq ovlangan.
Qoraqalpoqlarda m o‘ynachilik ham yaxshi rivojlangan. Chunki, 
qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar, ayniqsa, Amudaryo sohillarida 
xilma-xil y o w o y i qush, parranda va hayvonlar juda ko ‘p edi. Shuning 
uchun qoraqalpoqlar boshqa m ashg‘ulotlardan tashqari vaqti-vaqti 
bilan ov ham qilib, o ‘rdak, g ‘oz, qirg‘ovul, quyon, sayroq va jayron 
ovlaganlar.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling