Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 Moddiy va ma’naviy madaniy hayot


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

7.3. Moddiy va ma’naviy madaniy hayot
Qozoqlar kundalik hayotidagi juda kofp buyumlami o ‘z 
xonadonlarida tayyorlagan. Chorvador xonadonlar a'zolari asosan, 
qo‘y va tuya junidan turli xil materiallar, xususan, namat va kigiz 
tayyorlash bilan butun bir oila shug‘ullangan.
146


Uy hayvonlarming terisidan ko ‘n tayyorlash juda qadimdan keng 
tarqalgan. Qoramol, echki, ot va tuya terisidan poyafzal, har xil charm 
idish va kiyim-kechaklar tikilgan.
Yog‘ochsozlik hunarini deyarli har bir xonadon yaxshi bilgan. 
Ushbu hunar ko‘proq o ‘rmonlarga boy shimoliy va sharqiy 
tum anlarda keng tarqalgan. M axsus uyshi, ya'ni uy o ‘tovlari va 
egarchilar ham k o ‘pchilikni tashkil etgan. Shuningdek, temirchilik 
ham rivojlangan.
Turar-joylarL
Qozoq oilalari asosan, o ‘tov (kigiz uy)larda 
yashagan. Ulaming o ‘tovi Markaziy Osiyodagi boshqa chorvador 
etnoslar, ya'ni qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq o ‘tovlaridan deyarli farq 
qilmagan. 0 ‘tovlar Qozog‘istonning turli hududlarida bir-biridan ustki 
bezagi bilan farqlangan. Qozog‘istoning janubiy hududlarida ilgari 
Katta Juz urug‘lari yashaydigan qismida o ‘tov balandroq, shimoliy 
cho‘l yerlarida esa pastroq va kengroq ko‘rinishda qurilgan.
Boylaming o ‘tovi keng va balandligi, ustiga qimmatbaho namat -
kigiz yopilganligi bezagi bilan ajralib turgan. O ‘tovlardan tashqari 
om onat uylar ham bo‘lgan: ko‘rki (chayla), jappa va qo‘s. Kambag‘al 
aholi qamishdan o ‘tovsimon qilib qurilgan yerto‘la (kazba) va chim 
uylarda yashagan.
XVIII 
asr oxiri - XIX asr boshlariga kelib qozoqlarning bir qismi 
o ‘troq hayot tarziga o ‘ta boshlagan, natijada doimiy va muqim 
yashaydigan uylar paydo bo‘la boshlagan. Zamonaviy qozoqlar 
asosan, katta shaharlarda, o ‘ziga zos me'morchilik uslubida qurilgan 
uylarda yashaydi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling