Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Qozoq qarluqlarL
Qarluq bodun (“Qarluqar xalqi”) yoki “uch 
qarluq” (“qarluqlaming uch qabilasi”) - qadimiy turk yozma 
manbalarida, janubda M o‘g ‘ul Oltoyidan Balxash ko‘ligacha va 
shimolda Tarbagatay tizmasigacha bo‘lgan hududni egallagan
143


k o ‘chm anchi qabilalam ing kuchli uyushm asi shunday atalgan. Q arlu q
birlashm asi tarkibiga uchta yirik qabila: b o ‘lak, chigil va to sh liq
kirgan, amm o qarluq ittifoqining ilk bosqichidayoq hududiy va siyo siy 
tarqoqlik ko‘zga tashlangan. Q arluqlam ing VI asr ikkinchi yarmi —
V II asr boshlarida Toxariston hududidagi qism ining boshlig‘i ja b g fcu
unvoniga sazovor bo ‘lib, a w a l G ‘arbiy turk, s o ‘ngra T u rg ash 
xoqonlariga qaram edi. U shbu qarluq guruhlari arab bosqinchilariga 
qarshi kurashda m uhim rol o ‘ynagan. Q arluqlam ing boshqa q ism i 
Uzoq Sharqda, ya'ni M o‘g ‘ul dashtlarida istiqom at qilar edi.
XV asr oxirida yettisuvda Qozoq xonligi tashkil topgan b o ‘lsa, 
XVI asr boshlarida esa qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanish 
jarayoni nihoyasiga yetdi. Qosim xon davri (1511—1523)da Q ozoq
xonligi mustahkam lanib, chegaralari kengaydi, aholi soni esa o rtib
bordi.
XVI asr o ‘rtalarida N o ‘g ‘oy 0 ‘rdasi, keyinroq M o ‘g ‘uliston v a
Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga bo ‘linib, 
Katta ju z (yettisuv), 0 ‘rta ju z (M arkaziy Q ozog‘iston) va Kichik j u z
(G ‘arbiy Qozog‘iston) deb atala boshlandi. XVII asrda ju z la r 
hududlarida mustaqil xonliklar vujudga keldi. XVIII asr boshlarida 
qozoq juzlariga Jung‘oriya xonligi x av f solib turdi (
1729
-yilda 
jung‘orlar Katta juzning talaygina yerlarini bosib oldi). 1726-yilda 
Abulxayrxon Kichik ju z oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga 
fuqarolikka olishni iltimos qilib, murojaat qildi. 1731-yilda Kichik j u z
Rossiya tarkibiga kirdi. 1731-1740-yillarda kelganda esa 0 ‘r ta
juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildi.
XVIII 
asr o ‘rtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, 
pirovardida Abulxayrxon o ‘ldirildi (1748). Uning o ‘g ‘li Nurali K ichik 
ju z xoni bo‘lib, podsho ma'muriyatiga tayandi va o ‘z hokim iyatini 
0 ‘rta juzning bir qismi, shuningdek, Xiva xonligi hududiga yoyishga 
urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jung‘orlam ing X itoydan 
mag‘lubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qism i 
Jung orlar hokimiyati ostida bo‘lgan Katta juzda m anchjurlar 
hukmronligi o ‘matilishi xavfi paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning jan ub iy
hududlari, jumladan, Chimkent Q o‘qon xonligi tom onidan bosib 
olindi.
XIX 
asr boshlarida 0 ‘rta Juz xonlari Buke (1815) va Vali (1819) 
vafotidan so‘ng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822- 
yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yilda K ichik
144


juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urug‘ oqsoqollari hokimiyatini 
cheklaydigan hududiy boshqaruvga o ‘tildi. Dasht yerlam ing janubiy 
hududlari Q o‘qon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yilda 
Orenburg va Samara general-gubematori V. A. Perovskiy Q o‘qon 
xonligiga qarashli Oqmasjid qal'asini ishg‘ol qilib, uni tayanch 
punktga aylantirildi. 1854-yilda Vemiy istehkomi (hozirgi Olmaota 
shahri) qurildi.
Rossiya 
imperiyasining 
ta'siri 
kuchayib 
borayotganligidan 
xavfsiragan Q o‘qon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslaming 
Vemiy istehkomini bosib olish uchun yuborgan 20 ming nafar askari 
m ag‘lubiyatga 
uchraydi. 
Natijada 
yettisuvning 
barcha 
qismi 
Rossiyaga qo‘shib olindi va XIX asm ing 60-yillarida qozoq 
yerlarining Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olinishi nihoyasiga 
yetdi.
1917-noyabr - 1918-yil fevralda Qozog‘istonda sovet hokimiyati 
o ‘matildi va 1918-yil aprelda Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi.
1926-yil 26 avgustda RSFSR tarkibida Qirg‘iziston (Qozog‘iston) 
ASSR tuzildi. 1920-yil 4-12-oktyabrda Orenburgda bo‘lib o ‘tgan 
QozogMston sovetlarining ta'sis s'ezdida RSFSR tarkibida QozogMston 
ASSR tuzilganini e'lon qilindi. 1936-yilda Qozog‘iston ASSR SSSR 
tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1991-yili 16-dekabrda 
Respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi to ‘g crisida qonun qabul 
qildi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling