Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Hunarmandchilik
. 0 ‘zbek xalqi qadimdan kosib-hunarmand 
boMgan. “Yigit kishiga qirq hunar ham oz” degan ajoyib m aqolga 
amal qilib, o ‘zbek yigit va qizlari bolalik hamda o ‘smirlik 
davrlaridanoq biron-bir hunam i egallashga harakat qilgan. Qishloq va 
shaharlarda har bir m ahallaning o ‘z n ow o yi, tegirmonchisi, qassobi, 
duradgori, 
sartaroshi, 
taqachisi, 
temirchisi, 
yamoqchisi, 
ip


yigiruvchisi, to ‘quvchisi, ko‘nchisi hamda tikuvchisi mavjud edi. Olis 
qishloqlarda bir y o ‘la bir nechta hunarga ega bo‘lgan hunarmandlar 
faoliyat olib borar edi.
Ip yigiruvchi va to ‘quvchi hunarmandlar nihoyatda ko‘p bo‘lib, 
qariyb har bir xonadonda xotin-qizlar, ayniqsa, keksa onaxonlar kunni 
charxda ip yigirish bilan o ‘tkazgan. Qishloq va shaharlarda charxi 
hamda urchug‘i y o ‘q biron-bir xonadon bo‘lmagan. Paxta yoki jundan 
tola olish va ip yigirishdan tortib, yigirilgan ipdan xonadon 
ehtiyojlariga qarab har xil kiyim-kechaklar hamda uy-ro‘zg‘or 
buyumlarini tayyorlashgacha bo‘lgan ishlam ing hammasini xonadon 
ayollari bajargan: biri urchuqda tola olsa, ikkinchisi charxda ip 
yigirgan va ipni kerakli rangga bo‘yagan. Ba'zan bir ayolning o ‘zi 
ayni vaqtda ip yigirish, bo‘yoqchilik, bichuvchilik, to ‘quvchilik va 
tikuvchilik vazifalarini ham ado etgan. Kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or 
buyumlariga talab hamda ehtiyoj 
orta borgani sayin ushbu 
m ashg‘ulotlarda ixtisoslashish jarayoni kuchaygan, mehnat taqsimoti 
kengaygan, charxchi, bo‘yoqchi, bichuvchi, tikuvchi, to‘quvchi kabi 
ixtisosliklar ko‘paygan.
T o ‘quvchilik chitchi va ipakchi mutaxassisliklarga bo‘lingan. Biri 
faqat chit va bo‘z, ikkinchisi esa ipak gazlamalar to‘qish bilan kun 
kechirgan. Ular bilan o ‘zaro hamkorlikda chitgar (gazlamalarga gul 
bosib beradigan mutaxassis)lar ishlagan.
Shoyi ipak gazlamalari o ‘simlik moylari bilan har xil rangga 
bo‘yalgan. Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan: 
to ‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, m axsido‘z, po‘stindo‘z, 
do‘ppido‘z va h.k.
Qadimdan keng tarqalgan hunarmandchilik sohalaridan yana biri
- ko ‘nchilikdir. Ushbu soha Rossiya imperiyasi hukmronligi davriga 
kelib ancha susayib ketgan. Ko‘pchilik xom charm va oshlangan teri 
bilan ishlab kelgan. M azkur mashg‘ulot turi bilan charmgar, ko‘nchi, 
saxtlangar va m eshgar nomlari bilan ma'lum bo ‘lgan ustalar 
shug‘ullangan. Xom teri ishlovchi usta 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling