Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Kandakorlik.
M etall buyum larga b o ‘rtm a usulda ishlov berish 
hunari ajdodlarim izning qadimiy amaliy san'at turlariga kiradi. 
Qadim gi va ilk o ‘rta asrlarda asosan, xallangan kumush buyumlarga 
b o lrtm a naqsh solingan. M ilodiy III—VIII asrlarda kandakorlik 
chinakam iga rivojlana boshlaydi. Q izil misdan ko ‘za, degcha, idish, 
sariq mis ham da jezdan oyna, shamdon, oq mis brinchdan piyola, 
k o ‘za va kir to g ‘oralar tayyorlangan.
XI asr o ‘rtalariga kelib mis va uning qotishmasidan turfa xi> 
buyum lar - to ‘g ‘ri to ‘rt burchakli barkashlar, qom i yumaloq, b o‘yni 
naqshdor ko‘zalar, yarim doira paymonlar, xovonchalar, siyohdonlar 
va brinch ko‘zalar tayyorlangan. Shuningdek, yozuvli naqshlar keng 
miqyosda qo‘llana boshlangan.
Zeb-ziynat buyum lari badavlat xonadonlar, xon, amir, sulton, bek 
va hokim lam ing saroylari ham da uylarining ichida o ‘zining tanholigi 
va m o‘l-ko‘lligi bilan ham isha kishilami hayratga solib kelgan. Ispai 
elchisi Rui Gonsales de Klavixonning Samarqanddagi Am ir Tem ur 
saroyidagi sayohat kundaligi (1404-yil)da Sohibqiron saroyining 
ichida 
ko ‘rganlarini 
quyidagicha 
tasvirlaydi: 
“ Darvozaning 
ro ‘parasida chodir o ‘rtasida javonga o ‘xshash kichik bir sandi 
q o ‘yilgan, unda kumush hamda boshqa idishlar saqlanardi. Sandiq 
oltindan yasalgan bo ‘lib, 
sirkor va boshqa bo‘yoqlar bilan 
sayqallangan. Balandligi odam ko ‘kragidan keladigan sandiqning usti 
silliq, gardishi m ayda tishli kunguralar bilan bezalgan. Kunguralari
64


-noviy va oq sirli ranglar bilan bo‘yalib, marvarid va qimmatbaho 
toshlar qadalgan. Sirtining bir joyiga marvarid va toshlar oralig‘iga 
vciraroq tusda, mayda yong‘oq hajmida dum-dumaloq bir don 
.rrnatilgan. Sandiqning kichik eshikchasi bor, ichida chinni piyolalar 
>aqlanadi. Ustida zumrad va marvaridlar qadalgan oltita tilla kuvacha 
airibdi. Shuningdek, durli noyob tosh donalari bilan bezatilgan oltita 
Jumaloq oltin piyola ham qo‘yilgan.
Ushbu sandiq yonida balandligi bir qarich keladigan kichik oltin 
xontaxta turardi. Xontaxta ham (qimmatbaho) toshlar va yirik 
mavaridlar bilan bezatilgan. Uning ust tarafiga jozibali rangda, 
taxtaday silliq zumrad o ‘yib o ‘matilgan. Zumradning uzunligi qariyb 
to‘rt qarich, eni bir yarim qarich bo‘lib, butun xotaxta sirtini kesib 
o ‘tgan. Ushbu xontaxta qarshisida eman daraxti shaklidagi “oltin 
daraxt” turibdi”.
0 ‘zbeklar hunarmandchiligi va amaliy san'atining qadimiyligi, 
rang-barangligi hamda rivojlanish bosqichlari jihatidan unga teng 
keladigan xalq bo‘lmasa kerak. 0 ‘zbek amaliy san'ati Sharq 
.lamlakatlari tarixida shubhasiz, oldingi saflarning birida turadi.. U 
nihoyatda chuqur ildiz otgan va bir necha ming yiliiklarga borib 
taqaladi. 
Farg‘ona, 
Buxoro 
va 
Samarqand 
kzmdakorligida 
me'morchilik obidalarining tasvirlari aks etgan bo‘lsa, Q o‘qon ustalari 
afsonaviy parrandalar obrazini kandakorlik san'atiga olib kiradi.
Misgarlik ham kandakorlik san'ati an'analariga yaqin turadi. 
••fisdan ishlangan buyumlar qadimdan o ‘zbek xonadonlarida o‘ziga 
xos o ‘ringa bo‘lib, bunday san'at namunalari Buxoro, Qarshi, 
Shahnsabz, Q o‘qon va Toshkent singari yirik hunarmandchilik 
raarkazlarida keng miqyosda, har biri o ‘z milliy an'analariga mos 
uslubda tayyorlangan.
Buxoroda asosan, choy idish, oftoba, chilimdon, dastsho'y, tufdon 
va turli shakldagi oziq-ovqat saqlash buyumlari yasalgan. Ushbu 
buyumlar “islimiy” hamda “chashmi bulbul” 
naqshlar bilan 
bezatilgan.
Qarshi 
va 
Shahrisabz 
misgarlik 
buyumlari 
Buxoronikiga 
Karaganda oddiyligi va bir xilligi bilan ajralib tursa, Toshkentda esa 
kashkul, barkash, obdasta, satil, suv tashiydigan hamda ovqat 
saqlanadigan idishlar, shuningdek, Q o‘qonda ham choy idish, 
choynak, ko‘za, oftoba, lagan va dastsho‘ylar yasalgan.
65


Q urol-aslahalar ishlash san'ati ham ju d a qadimiy bo‘lib, o ‘z miiftiy 
uslubini saqlab qolgan hunarlardan biridir. 0 ‘zbek ustalari tomonidan 
tayyorlagan qinli hanjar va qilichlar, sovut, qalqon, dubulg‘a, yugan, 
bo‘yin b o g ‘ich ham da oyboltalar naqsh bezaklariga boy nafis 
buyum lar sirasiga kiradi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling