Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

O'ymakorlik.
Y og‘och va ganchni o ‘yib, naqsh solish san'ati 
boshqa san'at turlari qatori o ‘zbeklarda o ‘zining qadimiy ildizlariga 
ega. 0 4 m is h d a Q o ‘qon ham da X iva o ‘ym akorlik maktablari butun 
M arkaziy Osiyo hududida ma'lum va m ashhur bo‘lgan. Buxoro va 
Samarqand o ‘ym akor ustalari tom onidan ishlangan san'at namunalari 
o ‘zining rang-barangligi, ganchning nim rang, k o ‘kish, to ‘q sarg‘ish 
ham da qizil lojuvard ranglarga ham ohangligi bilan ajralib turadi. 
Qo^qon va Xiva ustalari yon g ‘oq, chinor ham da qayrag‘ochga o ‘yib 
solgan naqshlari kishining diqqatini o ‘ziga tortm asdan qolmaydi. 
Shuningdek, Toshkent naqqoshlari tom onidan yasalgan bir va qo‘sh 
tavaqali 
eshiklar 
ham da darvozalardagi 
naqshlar 
o ‘ym akorlik 
san'atining kelajagidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Fanlar akadem iyasining faxriy a'zosi, Respublikada 
xizm at k o ‘rsatgan san'at arbobi buxorolik usta Shirin M urodov q o ‘li 
bilan 
yaratilgan 
ajoyib 
o ‘ym akorlik 
namunalari 
xalqim izning 
o ‘ym akorlik san'ati tarixida o ‘chm as iz qoldirdi. Iste'dodli ustalar T. 
Arslonqulov, Sh. G ‘ofurov va K. Jalilov ham da ulam ing qobiliyatli 
shogirdlarining nomlari xalqim iz tarixida doim o hurm at bilan tilga 
olinadi.
Kashtado‘zlik.
0 ‘zbek xalqi amaliy san'atining eng nafis va 
jozibali turlaridan biri kashtado‘zlik bo ‘lib, kundalik hayotim iz ham da 
ro‘zg ‘orimizni kashtado‘zlik buyum larisiz tasavvur qilib b o im ay d i 
M ehmonxonaga osiladigan palaklar, taxm on, 
dokcha, 
ko ‘rpa 
yostiqlar, krovat ustiga yopiladigan va devorga osiladigan rang- 
barang, bejirim hamda serjilo kashtalar xonadonim izda o ‘zgacha tus 
va ko ‘rk bag‘ishlaydi. Turli gazlam a ayollar sarpolariga tikilgan gul 
va bezaklar ulam ing yanada yorqin hamda go‘zal bo ‘lib ko‘rinishiga 
olib keladi. Kashtado‘zlik asosan, o^simliklar tasviri, ya'ni islimiy 
naqshlar hisobiga boyidi, ayniqsa, shoyi iplar bilan gul chizish uslubi 
kashtado‘zlikda muhim o ‘rin egallaydi.
K ashtado‘zlik nafaqat respublikamiz, shu bilan birga butun 
M arkaziy Osiyo hududiga keng tarqalgan amaliy san'at turidir. U bilan 
deyarli 
har 
bir xonadonda 
shug‘ullanadi. 
0 ‘zbek 
chevarlari
66


kashtado‘zlikda xilma-xil choklami qo ‘llaydi: bosma chok, qanda- 
xayol, iroqi yo‘rma. Kashta, gul tikib bezatilgan buyumlaming turi 
ko‘p: shohi so‘zana, daф ech, palak va boshqalar.
0 ‘zbek xalqining necha asrlar davomida taraqqiy etib kelgan 
amaliy san'ati tarixi an'analariga nihoyatda boy va bitmas tuganmas 
noyob xazinadir.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling