Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Kiyim-kechaklar.
0 ‘zbeklaming an'anaviy kiyimlari 
asrlar 
davomida ko ‘p marta o ‘zgarib, yangilanib va takomillashib kelmoqda. 
Har-bir davm ing o ‘ziga xos, milliy va an'anaviy kiyim-kechaklari 
mavjud bo‘lgan.
O lzbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning 
kiyim-kechaklari ham dunyoning boshqa mintaqalaridagi xalqlaming 
kiyimlari kabi tabiiy iqlim, turmush sharoiti va urug‘-qabila an'analari 
asosida shakllangan.
0 ‘tmishda 
kiyim-kechaklar, 
ulam ing 
shakllari, 
mahalliy 
xususiyatlari va ishlatilgan matolari Respublika hududidagi arxeologik 
yodgorliklar (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Xolchayon, Ayritom 
va b.)dan topilgan devoriy rasmlar, haykalchalar, mayda naqshlar, 
torevtika (metal lga ishlangan relef), yozm a m anbalar hamda 
qo‘lyozma kitoblarga ishlangan m o‘ja z tasvir (miniatyura)larda aks 
etgan. Kiyim-kechaklam ing dastlabki ko‘rinishlari to ‘qimachilikning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra, 0 ‘rta 
Osiyo hududida to‘qimachilikning vujudga kelishi neolit davriga borib 
taqaladi. Masalan, ushbu davrga oid to‘quv dastgohlarining qoldiqlari 
Kopetdog‘ 
etaklari 
(Turkmanistondagi 
Joytun 
madaniyati )dan 
aniqlangan. Mil. avv. VI asrda kiyim-kechak tayyorlashda ju n matolar 
teri matolarini siqib chiqargan. Shuningdek, mil. a w . II asrga oid 
kiyim-kechak 
qoldiqlari 
Surxondaryo 
viloyatida 
joylashgan 
Sopollitepa manzilgohidan ham topilgan.
Munchoqtepa (Farg‘ona vodiysi)dan ilk o ‘rta asrlarga oid erkak, 
ayol va bolalar kiyim-kechaklari topilgan. Ushbu manzilgohdan 
topilgan ayollar ko‘ylagi uzun bo ‘lib, ipakdan tayyorlangan va etagi 
to ‘pig‘igacha tushgan, etagining eng quyi qismidan ikki yon 
tomondan 10-15 sm qirqilgan, bellariga esa kamar (belbog‘) bog‘lab 
zeb berilgan. Bolalar kiyimlari ham ipakdan kalta qilib tikilgan bo‘lib, 
belidan sal pastga tushib turgan. K o‘ylak etagi, ya'ni beli atrofidan
69


ikki tom ondan 10-15 sm qirqib q o ‘yilgan. Yoqalari to ‘g ‘ri va belida 
m axsus b elb og‘i b o ‘lib. tashqi choklari esa ensiz lenta bilan 
m ustahkam langan. Q iz bolalar k o ‘ylagining k o ‘krak qismi, yengining 
uchi va etagi maxsus qadam a gullar bilan bezatilgan ham da o ‘ng qo‘l 
tom onidan esa o ‘ym a ch o ‘ntak tikilgan. K iyim ga m unchoqdor tikilib, 
zeb berilgan, yengi va k o ‘krak qism iga m ayda m aijondan naqshlar 
ishlangan.
Tohariston va S u g ‘d aholisining kiyim -kechaklarini qiyosiy 
o ‘rganish shundan dalolat beradiki, M arkaziy O siyo xalqlarining 
tarixiy taraqqiyot bosqichlari m ushtarak b o ‘lgan, madaniyatlari esa 
bir-biriga ta'sir k o ‘rsatib kelgan. V -V III asrlarda Toharistonda yelkasi 
yopishib turadigan va etagi trapetsiyasim on ko‘rinishdagi kiyimlar 
keng tarqalgan. T opilgan yodgorliklarda jam iyatning yuqori tabaqasi 
ham da xizm atkor va san'at nam oyondalarining hayot tarzi aks etgan. 
Ayniqsa, A frosiyob va B olaliktepa devorlariga ishlangan tasviriy 
san'at 
nam unalarida 
kiyim -kechaklam ing 
ijtimoiy 
va 
jinsiy 
tafovutlarini ko‘rish mumkin. 0 ‘zbekiston hududida yashagan 
xalqlam ing 
kiyim -kechaklari 
uzluksiz 
ravishda 
o ‘zgarishi 
va 
rivojlanishi faqatgina ushbu hududning ijtim oiy-siyosiy ham da etnik 
tarixi bilan b og‘liq b o ‘lmay, balki butun M arkaziy O siyo tarixi va 
ijtimoiy hayoti bilan ham cham barchas bog‘liqdir.
Devoriy suratlardan ma'lum b o ia d ik i, ilk o ‘rta asrlarda mahalliy 
aholining kiyim-kechaklari bichimi asosan, bir xil ko ‘rinishga ega 
boMgan. yengsiz, uzun, ba'zi hollarda esa yengi keng qilib bichilgan. 
Kiyim lam ing yon tom onida, odatda, yirm och-qiyiq joyi, yonlam a 
yoqasi bo‘lganki, ushbu holatni o ‘zbek xalqining bugungi kundagi 
kiyim-kechaklarida ham kuzatish m umkin. M ahm ud K oshg‘ariyning 
“Девону луготит турк” asarida 30 ga yaqin qadim gi kiyim lar va 
gazlam alam ing nomi qayd qilingan.
Shuningdek, o ‘rta asrda yaratilgan m iniatyuralarda ham o ‘zbek 
xalqining o ‘sha davrdagi kiyim-kechaklari aks etgan. XII asr 
m iniatyuralarida tasvirlangan erkak va ayol kiyimlari etagi birm uncha 
keng, o ‘ziga xos bichim da dum aloq shakldagi ko‘ylaklardan iborat 
boMganligini ko‘rish mumkin. K iyim lam ing old qismi qisqaroq, 
orqasi uzunroq, astari esa ko ‘pincha y o ‘l-yo‘l matodan tikilgan. Erkak 
va ayollam ing ko ‘ylaklari tashqi jihatdan o ‘xshash bo ‘lsa-da, ularda 
k o ‘pgina farqli jihatlari mavjud bo‘lgan: ayollar kiyimining yengi 
pastga qarab kengayib borgan, erkaklam ikida esa bilagiga yopishib


turgan. Erkaklar cholvom ing poychasini uzun qo‘njli etikka tiqib, 
boshiga salla o ‘ragan. Askarlar esa kiyim ustidan sovut kiygan. 
M intaqada asosan, turli rangdagi silliq matolardan tikilgan kiyimlar 
u rf bo4lgan.
M o‘g‘ul bosqinchilarining o ‘lkamizga kirib kelishi natijasida 
zo 4rlik bilan singdirilgan m o4g 4ul-xitoy an'analari o'zbek xalqi kiyim- 
kechaklariga ham o 4z ta’sirini o ‘tkazgan. XV asrda Temuriylar 
hukmronligi davrida erkak va ayollaming turli rangdagi ichki hamda 
tashqi qavatli, ya'ni turli rangdagi avra-astarli ikki uzun libos kiyishi 
odatga aylangan. 0 4z navbatida, ushbu davrda Samarqand, Hi rot va 
Sheroz kabi shaharlarda bashang, rang-barang, sodda va jozibali 
mahalliy bichimdagi kiyimlar tikilgan. Shuningdek, turli mintaqalar 
kiyinish uslubi, ranglari va ayrim bezaklari bilan farqlanib turgan.
XVII-XV III asrlarda an'anaviy bichimdagi kiyimlar taraqqiy 
etgan holda Buxoro, 
Samarqand, Xiva, Q o4qon, Namangan, 
M arg'ilon, Andijon va Toshkent kabi shaharlarga xos kiyim-kechak 
turlari ham shakllandi. Mazkur holat kiyimlarda o 4ziga xos 
qismlaming vujudga kelishi, yangicha poyafzal va bosh kiyimlaming 
tarqalganligi hamda turli matolardan foydalanilganini aniq ko‘rsatib 
turadi.
X IX -XX asming boshlarida o ‘zbek milliy kiyimlari majmui 
shakllanib ulgurgan edi. Ushbu davrda O 'rta Osiyoda ishlab chiqarish 
munosabatlarining rivojlanishi, savdo aloqalarining kengayishi va 
o 4lkani Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida 
mintaqaga fabrika gazlamalarining keng miqyosda kirib kelishi va o 4z 
navbatida, 
yangi 
inoetnik 
kiyim-kechak 
nusxalarining 
paydo 
bo4lishiga sabab bo4ldi. Ayniqsa, tikuv mashinasining kirib kelishi 
kiyim tayyorlash jarayonida o4ziga xos “inqilobiy” hodisa bo4ldi.
O 'zbeklam ing an'anaviy kiyimlari orasida erkaklaming milliy 
liboslari alohida o lringa ega. Kiyim lar (to‘n, ko 4ylak, yaktak, ishton 
va b.) yaxlit bichimli, to4g4ri, keng va uzun bo4lib, eni buzilmagan bir 
bo‘lak mato yarmidan bir-biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi 
esa etagiga qarab kengayib borgan. Dastlab erkaklaming ko4ylagi 
uzun, tizzadan pastga, keyinroq esa belning yarmigacha tushadigan 
qilib tikilgan. Umuman olganda, 0 ‘zbekiston hududida erkaklar 
orasida bir nusxadagi to4n, ko4ylak-yaktak, ishton, do'ppi, salla, 
telpak, kavush-maxsi, etik, choriq va turli yordamchi kiyimlar 
kiyilgan. Erkaklaming ko4ylagi Farg4ona vodiysida uzun, tik yirmoch-,


qiyiq jo y i uzunroq m ato b o 'lagidan bichilib, burchak-burchak qilib, 
ikkita qiyiq kesilgan ham da uchlari keng holatda tikilgan. Boshqa xil 
bichim dagi ko 'y lak lard a yirm och yotiq, u yelkadan bu yelkagacha 
olingan. Bunday ko ‘ylaklar “m ullavachcha k o‘ylak” deb atalgan.
XIX 
asr oxiri - XX asr boshlarida m am lakatning turli 
m intaqalarida kalta, tik yoqali “ n o ‘g ‘oy yoqa k o ‘ylak” va “b o‘g ‘ma 
yoqa” k o ‘ylaklar kiyish om m alashib, uni dastlab shahar aholisi, 
ayniqsa, savdo ahli kiygan. O lzbeklar orasida bo‘z, ipak va ip 
gazlam alardan tikilgan oldi ochiq yaktak k o ‘ylaklam i yoshlar va 
qarilar birdek yoqtirib kiygan. Erkaklar ishtonining yuqori qismi keng, 
poychalari torroq tikilib, to ‘piqqacha tushib turadi, yuqori qism iga 
ishtonbog‘ o ‘tkazish uchun m ilkiga gir aylana bayachok qilingan. 
Sovuq paytlarda ishton ustidan astarli yoxud astarsiz shim kiyilgan, u 
asosan, ip-gazlam a va ju n gazm ollardan tikilgan.
C havandozlar va ovchilar namat, jun, m o‘yna va oshlangan 
teridan tikilgan cholvor kiygan. C hopon (to kn), jom akor, kam zul, jelak
va chakm on erkaklam ing m avsum iy kiyimlari sirasiga kirgan. T o ‘n 
(chopon)lar avra-astarli holda paxta solib qavilib, oldi ochiq va uzun 
holatda tikilgan. Yurganda, otga minganda va yerda chordona qurib 
o ‘tirganda qulay ham da ixcham b o ‘lishi uchun yon tom onlariga kesik- 
yirm och qo ‘yilgan va belbog4 bog‘langan. T o ‘nlam ing avrasi 
beqasam, kim xob, baxmal, shoyi, satin, chit va boshqa m atolardan 
tikilgan.
T o ‘nlar mahalliy xususiyatlarga ko ‘ra ham farqlangan. F arg‘ona 
vodiysi, Toshkent va X orazm da gavdaga yopishib turadigan sirm a- 
qavima choponlar keng tarqalgan bo ‘lsa, Buxoro, Sam arqand, 
Shahrisabz va boshqa shaharlarda qim matbaho matolardan zardo ‘zi 
to ‘nlar tikilib, yoqasi, etagi va yeng uchlariga turli rangdagi zar iplar 
hamda atrofiga gavhar toshlar qadab bezatilgan. Bunday to ‘nlar 
odatda, xon va am aldorlarga sovg‘a qilingan. Umuman, xalqim iz 
orasida hurmatli kishilar, ustozlar, quda-andalar, kuyovlar, aziz 
m ehm onlar va boshqalarga to ‘n kiydirish an'anasi saqlanib qolgan.
Erkaklam ing keng tarqalgan kiyimlaridan biri chakmon b o ‘lib, 
uning bosma chakmon, boqoti chakmon, qoqma va tivit chakmon kabi 
turlari mavjud bo‘lgan. Ular rangiga qarab ko‘k chakmon, m alla 
chakm on va oq chakmon deb atalgan. Chakm on bichimiga ko ‘ra, 
to cnga o ‘xshash bo‘lib, asosan, qo ‘y va tuya terisidan faqat avradan 
tikilgan ham da chopon ustidan kiyilgan. Qishda cho‘ponlar kebanak


kiygan. Chopon ustidan bog4lanadigan belbog4 bo‘z, chit, satin va 
beqasam kabi matolardan tikilgan.
Erkaklam ing etik, kavush-maxsi, choriq, takaki etik, m o4kki, 
toshtovon va choriq-poypush kabi oyoq kiyimlari mavsumiy 
xarakterga ega boMgan. Q o‘nji tizzagacha bo4lgan poshnali etiklar 
no‘g‘oy etik va qora etik deb yuritilgan.
XX 
asm ing birinchi choragida ayollar kiyimlarining yoqalari 
asosan, vertikal va gorizontal ko‘rinishga ega boMgan. K o‘ylaklarning 
yoqalari etnogenetik emas, balki funksional ma'no kasb etgan: vertikal 
yoqali ko‘ylaklar chaqaloqlami em izishda qulay boMgani uchun 
asosan, yosh bolali ayollar kiygan. Bunday ko ‘ylaklar “onalik 
ko4ylagi” yoki “ayol ko4ylak” deb atalgan. XX asm ing 20-30-yillarga 
kelib “ko4krak burma” ko 4ylaklar ommaviy urfga aylangan. Bunday 
ko‘ylaklar dastlab Toshkentda paydo bo4lgan. 50-yillarda ayollar va 
qizlar ko4ylagi orasidagi farq yo 4qolib, vertikal ko4rinishdagi 
ko4ylaklar keng tarqalgan bo4Isa, 80- yillarga kelganda esa, 44ko 4krak 
burma”, yoqali hamda yengi kalta atlas ko4ylaklam i kiyish rasm 
bo4ldi.
XX 
asm ing 50-70-yillarida sodir bo4lgan ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy o4zgarishlar natijasida an’anaviy milliy kiyimlar tarkibiga 
yevropacha rusumdagi kiyimlar kirib kelgan. Buni milliy ko4ylaklar 
bilan bir qatorda yevropacha shim bilan kiyiladigan kiyimlarda ham 
ko4rish mumkin. Ayniqsa, ushbu davrda yevropacha bichimdagi 
poyafzallar keng rasm bo4lishiga qaramay, maxsi va etik kabi milliy 
oyoq kiyimlari o 4zining an'anaviy ko4rinishini saqlab qolgan va 
asosan, keksalar orasida ko‘proq tarqalgan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur davrda erkaklaming 
maxsus ish kiyimlari paydo bo4ldi, o ‘g ‘il bolalaming kiyimlarida ham 
evolyusion jarayonlar sodir bo4lib, milliy kiyimlar Yevropa kiyimlari 
bilan uyg4unlashgan holda kiyila boshlandi. XX asming 60-70- 
yillarida poyafzal fabrikalarida ishlab chiqarilgan turli shakldagi ayol 
va erkaklam ing yozgi tuflilari hamda qishki etiklar keng tarqaldi.
Ayollam ing an'anaviy kiyim-boshlari ko4ylak, lozim, chopon, 
mursak, peshmat, kamzul, nimcha, paranji-chachvonlar hamda xilma- 
xil ro 4mollar va rang-barang do‘ppilardan iborat bo4lgan. Maxsi, 
kavush va boshmoq kabi poyafzallar charmdan tikilgan, kalishlar esa 
rezinadan quyilgan. 0 4z o 4mida shuni alohida ta'kidlash kerakki, 
ayollar kiyimlarining nafis va xilma-xil go4zal bo4lishiga mohir
73


o ‘zbek zargarlari tayyorlangan taqinchoq va zeb-ziynatlar yanada 
k o ‘rk bag‘ishlagan.
K o‘ylaklam ing yirm ochi k o ‘ndalang yoki “yelka yoqa”, “ qozoqi 
yoqa”, “ vaqvaqa yoqa” va “qaytarm a yoqa” kabi turlarini ko ‘proq 
qariyalar va kelinlar kiygan. yelka yoqa k o ‘ylaklar yirm ochining 
chekkalariga turli xil jiyak, chiroz, tasm a yoki turli rangdagi ipak 
iplardan y o ‘rm a usulda kashta tikib chiqilgan. Kiyim shakllari milliy 
y o ‘l-yo‘1, sidirg‘a va gulli m atolar bilan moslashgan, old etagi, yeng 
uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan.
A yollar kiyim larining ikkinchi asosiy b o ‘lagi lozim bo ‘lib, 
poychasi toraytirilib, yuqori qismi esa qayrilgan ham da orasidan 
ishtonbog4 
o ‘tkazilgan. 
Odatda, 
lozim ning 
ko‘ylak 
ostidan 
k o ‘rinadigan qism i qim m at va chiroyliroq matodan, k o ‘rinm aydigan 
tepa qismi esa arzonroq m atodan tikilishi bilan erkaklar ishtonidan 
ajralib turgan. U yda kiyiladigan lozimlar oddiy va arzon matodan, 
ko‘chaga kiyiladigani 
esa shoyi, atlas, parcha ipakli ham da 
qim m atbaho m atolardan tikilgan.
A yollam ing ustki kiyimlari paxta solib qavilgan to ‘n va paxtasiz 
avra-astardan iborat yengil xalat ko ‘rinishida bo ‘lib, hududlarga k o ‘ra 
turlicha nom langan: Toshkentda 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling