Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi mavzu
Download 3.5 Mb.
|
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan MUNDARIJA: KIRISH
- XULOSA………………………………………………...................................33-34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….....……………............35 KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI 308-GURUH TALABASI Qodirova Mahliyoning O’zbekiston tarixi fanidan KURS ISHI Mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan Ish rahbari: Alixojiyev M Mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………….....................3-5 1.O’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, arixi va rivojlanish bosqichlari 2. Naqqoshlik san’ati tarixi, rivojlanish bosqichlari va maktablari 3. Kashtachilik san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari XULOSA………………………………………………...................................33-34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….....……………............35 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Markaziy Osiyo xalqlari turmush hayotida hunarmandchilik muhim va qadrlanadigan soha hisoblangan. Xalq orasida hunar egasini e’zozlab, usta deb chaqirishgan. “Yigit kishiga etti hunar ham oz ” maqolining tez-tez tilga olinishi bejiz emas. Hatto kasb–hunarli kishilarning hunar kuchi, aql–idroki bilan hayotdagi turli mashaqqatlarni bartaraf qilishlari og’zaki ijodga ko’chib, afsonalardan ertaklarga o’tgan. Surxon vohasi qadimdan hunarmandchilik markazlaridan biri bo’lib ketgan. Hunarmand bobolarimiz yasagan buyumlar shu bois jahon bozorida raqobatga asrlar osha bardosh berib kelgan. Buyuk maqsadlar sari dadil qadam tashlab yangilanayotgan O’zbekistonda jamiyatning barcha sohalari qatorida madaniyat, san‘at va xalq hunarmandchiligi sohalarini yanada rivojlantirishga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Respublikamizda ma‘naviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo’lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni, urf- odatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining – “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab- quvvatlash to’g’risida”1gi PF-5242 Farmonida ham xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an‘analarini to’liq saqlab qolish va ko’paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san‘atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta‘minlangan oilalar bandligini ta‘minlash maqsadida hunarmandchilik sohasida bajarilishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan. Yoshlarga xalq hunarmandchiligi sohalariga oid beriladigan bilimlar moddiy madaniyat va amaliy bezak san‘atini uyg’un rivojlantirishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo’lgan qator sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa yoshlarga milliy merosimiz va ana‘analarimizni o’rgatish, asrab-avaylash va qayta tiklash hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishda ko’maklashadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling