Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISBN 978-9943-7011-8-2 © A. X. Doniyorov va boshq. 2020 © WNIF MSH”. 2020
M as'ul muharrir:
U. S. Abdullayev - tarix fanlari doktori, professor Taqrizchiiar: R* Balliyeva - tarix fanlari doktori, professor B. Odilov - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug'iga asosan, 5120300 — Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha) ta ’lim yo 'n a lish i talabalari uchun darsliksifatida tavsiya etilgan. (Ro 'yxat raqami 418-042) ISBN 978-9943-7011-8-2 © A. X. Doniyorov va boshq. 2020 © WNIF MSH”. 2020 MUQADDIMA Jahon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mislsiz darajada rivojlanib, globallashuv jarayonlari tobora kengayib borayotgan hozirgi davrda insoniyatni kelgusi hayoti, ayniqsa, jahon sivilizatsiyasining taqdiri va barqarorligi ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho tarixiy qadriyatlaming keng ko‘Iamda o ‘rganish va targ‘ib qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Ma'lumki, hozirda sayyoramizda yashovchi 7 milliard 800 ming oshiq aholi (2020-yil iyun) 200 dan ortiq katta va kichik mamlakatlarda yashaydi. Germaniyaning Stiftung Weltbevolkerung (DSW) - “yer aholisi” jam g‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, agar bugungi kunda dunyo 100 kishidan iborat qishloq deb olinsa, shundan 59 kishi Osiyo, 17 kishi Afrika, 10 kishi Yevropa, 8 kishi Lotin Amerikasi, 5 kishi esa Shimoliy Amerika va bir kishi Okeaniya vakili bo‘lar edi. Dunyo mamlakatlari orasida o‘zining katta hududi va ko‘p millionli nufozga ega mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshq.) bilan birga kichik davlatlar (Afrikada - Jibuti, Ispaniya hamda Fransiya chegarasida - Andorra, Venesuela yaqinida - Trinidad va Tobago) mavjud. Aynan mazkur mamlakatlarda turli etnos va etnografik guruhlar istiqomat qiladi. Shubhasiz, yer yuzida yashovchi barcha xalq va millatlami o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i ijtimoiy fanlar tizimida etnologiya fani tarzida ma'lum hamda mashhurdir. 0 ‘z navbatida shuni ham ta'kidlash joizki, etnologiyaning fan sifatida shakllanishidan to bugungi kungacha uning asosiy tadqiqot obekti bilan bog‘liq muammolar yechimi borasida dunyo olimlari orasida umumiy yakdil fikrlar mavjud emas. Chunonchi, inglizzabon mamlakatlarda “Etnologiya” atamasi o‘miga “ijtimoiy yoki madaniy antropologiya” terminini qoMlash keng tarqalgan. To‘g‘ri, etnologiya fani turli xalqlar va millatlar hayot tarzini tavsiflash bilangina cheklanmaydi, balki uning tadqiqot obekti va predmeti hisoblangan xalq hayoti bilan bog‘liq kengroq sohalar va yo‘nalishlami qamrab oladi. Chunonchi, bu borada XX asming so‘nggi choragidan boshlab fanning tadqiqot obekti va metodlarida ham ayrim jiddiy o‘zgarishlar sodir boMdi. Endilikda etnologik yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar nafaqat arxaik turmush tarziga ega, shu bilan birga zamonaviy industrlashgan xalqlar va madaniyatlami ham tadqiqot obekti sifatida o ‘rganishga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Shuningdek, hozirda mahalliy madaniyatlar ham tadqiqotchilar diqqatini ko4proq o‘ziga rom qilmoqda. So‘nggi yillarda Respublikamizda ham etnologlar tomonidan tarix, arxeologiya, sotsiologiya, folklorshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa ko‘plab ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida tadqiqotlar yaratish borasida e'tiborga sazovor ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan Respublikaning turli tarixiy- etnografik mintaqalari etnologiyasi, o ‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi, xalqimizga xos bo‘lgan etnomilliy an'analar va zamonaviy etnomadaniy jarayonlami o ‘rganishga e'tibor qaratilmoqda. Lekin, afsuski, an'anaviy va zamonaviy jamiyatning o ‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy etnologiya fanining dolzarb muammolari, yangi maktab va nazariyalar tahlili, dunyo madaniyati evolyusiyasida etnik omilning o‘mi, madaniyatlaming tarixiy xilma-xilligi, antropogenez va etnogenez jarayonlari, milliy-etnik madaniyatni sivilizatsion jarayonlardagi o‘mi hamda ahamiyatiga doir muammolami o ‘zida aks ettirgan, shuningdek, ulami yosh avlod tafakkuriga singdiruvchi darsliklar hali-hanuz yetishmaydi. Shu boisdan ham mazkur kitobda Markaziy Osiyo xalqlari misolida yuqorida bayon etilgan muammolami yaxlit bir tizimli tarzda umumlashtirilgan holda talabalarga yetkazishga harakat qilindi. Ma'lumki, oliy o ‘quv yurtlari “Tarix” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarining namunaviy o ‘quv rejasida etnologiya faniga alohida o‘rin ajratilib, zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida o‘qitish tashkil etilgan. Shuningdek, mazkur rejada “Markaziy Osiyo etnologiyasi” fani ham muhim o‘rinda turadi. Shubhasiz, bu borada Markaziy Osiyo mintaqasi etnologiyasini o‘rganish ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, asrlar davomida ushbu bepoyon mintaqada yashayotgan xalqlaming o ‘ziga xos tarixi, an'analari va milliy qadriyatlari mushtarakligi asosida qurilgan do‘stlik hamda o‘zaro hamkorlikda hayot kechirib kelmoqda. Tarixdan ayonki, o ‘zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va uyg‘ur kabi xalqlaming ajdodlari Markaziy Osiyo hududida asrlar davomida yonma-yon, ko‘p hollarda aralash yashab kelgan. Markaziy Osiyo mintaqasida yashayotgan etnoslarning o‘zaro do4stlik rishlalarining azaliyligi va har qanday xalqning tarixi hamda madaniyati qo‘shni qardosh xalq tarixi hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini aniq dalillar asosida yoritib berish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu bois ham mazkur darslikda Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi, an'anaviy xo4jaligi, moddiy va ma'naviy madaniyatining eng muhim xususiyatlari aks etgan. Shuningdek, qo‘llanmadan o‘quv reja bo‘yicha ma'ruza matnlari, mustaqil ishlar (TMI), referat, kurs ishi mavzulari, namunaviy test savollari, talaba lug‘ati, tavsiya etiladigan eng asosiy manba hamda adabiyotlar rolyxati ham o‘rin olgan. Ushbu darslikni tayyorlashda, akademik A. A. Asqarovning “Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи” (Toshkent, 2007) va “Узбек халкининг келиб чикиш тарихи” (Toshkent, 2015), akademik К. Sh. Shoniyozovning “Узбек халкининг шаклланиш жараёни” (Toshkent, 2001), elshunos va faylasuf I. M. Jabborovning “Жахон халклари этнографияси” (Toshkent, 1985) va “Узбек халки этнографияси” (Toshkent, 1994), jahon xalqlari hamda o‘zbek etnologiyasiga oid nashr etilgan darslik va o‘quv qoMlanmalari, professor A. X. Doniyorovning “My стаки л Узбекистон этнографияси тарихшунослигининг айрим масалалари” (Toshkent, 2003), “Марказий Осиё халклари этнографияси, этногенези ва этник тарихи” (Toshkent, 2003), “Марказий Осиё халклари этнографияси, этногенези ва этник тарихи фанидан таълим технологияси” (Toshkent, 2010), professor О. Bo‘riyevning “Узбекистон тарихини урганишда этнография маълумотларидан фойдаланиш” (Toshkent, 1996), “Этнография буйича укув- услубий кулланма” (Qarshi, 1996), “Марказий Осиё халклари этнографияси” (Qarshi, 1997), “Этнология буйича укув-методик кулланма” (Toshkent, 2000), “Этнология атамаларининг кискача изохли лугати” (Qarshi, 2004), “Этнология” (2020) hamda ushbu muallif tomonidan etnologiya fanini o‘rganish va o‘qitish bo‘yicha e'lon qilingan ko‘plab ilmiy-uslubiy maqolalar, professor A. Ashirovning “Этнология” (Toshkent, 2014) hamda A. X. Doniyorov, O. Bo‘riyev va A. A. Ashirovlaming “Марказий Осиё халклари 5 этнографияси, этногенези ва этник тарихи” (Toshkent, 2011; 2014) kabi o‘quv qo‘llanmalarga tayanildi. Ushbu darslik talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan boMib, ba'zi juz'iy kamchiliklardan holi bo'lmasligi tabiiy. Ilmsevar o‘quvchilardan mazkur kitob haqida bildirilgan amaliy taklif va mulohazalarini kutib qolamiz. 6 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling