Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Markaziy Osiyo xalqlarini etnologik jihatdan o'rganishda 1872-


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Markaziy Osiyo xalqlarini etnologik jihatdan o'rganishda 1872- 
yilda Moskvada ochilgan politexnika ko*rgazmasiga qo‘yilgan 
Markaziy Osiyo xalqlarining kiyim-kechakiari, hunarmandchilik 
mahsulotlari katta qiziqish tug‘dirdi.
0 ‘sha kokrgazmada ko‘rsatilgan 
kolleksiyalaming ta'rifi 
keyinchalik nashr qilingan 
maxsus katalogda berilgan. 
K o‘rgazma munosabati bilan 
tayyorlangan Turkiston foto 
albomi ayniqsa katta 
ahamiyatga egadir.
1700 dan ortiq rasmni o ‘z ichiga 
olgan bu albom fan 
jamoatchiligi tomonidan yuksak 
baholandi. Albomning asosiy 
g ‘oyasi Turkiston va undagi 
hayotni tarix, antropologiya, 
etnografiya va san'ati jihatidan 
tasvirlab berishdan iborat edi. .
Albom faqat bir necha nusxadagina tuzilgan bo‘lib, uning bir nusxasi hozir 
Alisher Navoiy nomli 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanmoqda va 
XIX asrdagi Markaziy Osiyo xalqlaming tarixi va etnografiyasini 
o‘rganishda noyob manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
23


Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va etnografiyasini o ‘rganishda 
XIX asrda tashkil etilgan ilmiy jamiyatlaming roli nihoyatda kattadir. 
Rus 
Geografiya 
jamiyatining 
Turkiston 
bo‘limi, 
tibbiyot, 
antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston 
boMimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari to ‘garagi, Turkiston 
qishloq xo‘jalik jamiyati, Xomutov to ‘garagi, 0 ‘rta Osiyo olimlar 
jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston bo‘limi, sharqshunoslik 
jamiyatining Toshkent bo‘limi, Turkiston tabiatshunoslari va vrachlari 
jamiyati, Turkiston tibbiyot jamiyati hamda Farg‘ona va Samarqand 
vrachlari jamiyatlari - ushbu muassasalar koMamining naqadar keng 
ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Shunday qilib, XIX asming ikkinchi yarmi - XX asming 
boshlarida o ‘zbeklar va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlarini 
etnologik jihatdan o ‘rganishda muhim qadamlar tashlangan edi. 
Mustamlakachilik siyosatiga amal qilib kelgan fanning tor doiradagi 
ta'limoti va cheklangan imkoniyatlariga qaramay, o‘sha davrdayoq 
Turkiston xalqlari tarixi va etnografiyasiga oid boy ma'lumotlar 
keyingi tadqiqotlar uchun muhim fundament vazifasini bajargan edi.
1917-yildan so‘ng tadqiqotchilar, shu jumladan, etnograflar 
orasida tabaqalanish boshlandi. Ya'ni, ayrimlari yangi tuzum tarafdori 
bo4Isa, boshqalari esa sovetlarga qarshi kuchlar tomoniga o ‘tib ketdi. 
Ammo, rus olimlari an’analarini davom ettirib, yosh etnograflami 
tayyorlashda o ‘z hissalarini qo‘shdilar. Masalan, etnograf va 
sharqshunoslardan N. G. Mallitskiy, M. S. Andreev, A. A. Semyonov 
hamda A. A. Divaevlar 0 ‘rta Osiyo Davlat universitetida qolib, o ‘z 
ilmiy ishlarini davom ettirdi.
0 ‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘zbeklar etnografiyasi 
bo‘yicha maxsus kurs kiritilib, etnografiya fanining tashviqotchisi N.
S. Likoshinning bu boradagi faoliyati diqqatga sazovor. Keyinchalik 
O lrta Osiyo Davlat uni vers itetining maxsus fakultetiga aylangan 
Sharq instituti o ‘quv rejasida etnografiya faniga alohida e'tibor 
berilganligi tufayli sobiq talabalar orasidan yirik olimlar yetishib 
chiqdi.
XX asming 20-yillarida o ‘zbek xalqi etnogenezi va urug‘ 
qabilaviy tuzilishi, ijtimoiy hamda oilaviy turmush tarzi, xo‘jaligi va 
boshqa masalalarga oid bir necha etnologik asarlar paydo bo‘ldi. Ilk 
nashrlardan professor ye. D. Polivanov va etnograf L. P. 
Potapovlaming ishlari diqqatga sazovordir. G. Golser o ‘zbeklaming
24


dehqonchilik xo‘jaligi to‘g‘risida kitob chiqargan bo‘lsa, F. Gavrilov, 
M. S. Andreev va A. N. Samoylovichlar esa hunarmandchilikka 
bag‘ishlangan asari ami yaratdi.
Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqlari 
etnografiyasiga oid qator masalalar atroflicha o‘rganilmagan, ayniqsa, 
o ‘zbek xalqi etnogenezi, moddiy va ma'naviy madaniyati bo‘yicha 
amalga oshirilgan tadqiqotlar yetarli emas. Ushbu muammolami 
mamlakatimiz va jahon etnografiya fanining qo‘lga kiritgan so‘nggi 
yutuqlariga asoslangan holda hal etish mumkin.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling