Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Nazorat savollari:
1. Elat, qabila, xalq va millat tushunchalarini izohlab bering?
2. Markaziy Osiyoga I ming yillik o‘rtalarida qaysi turkiy elatlar 
ko‘chib kelgan?
3. Tub aholi orasida qaysi qadimgi turk elatlari uchragan?
4. Xun imperiyasi qaysi davrda hukmronlik qilgan edi?
5. Turkiy tillar guruhiga qaysi tillar kiradi?
6. Hind-yevropa tillari oilasini tasniflang?
7. Eroniy tillar guruhiga kiruvchi tillar qaysi xalq va hududlarda 
tarqalgan?
8. Hozirgi kunda “Markaziy Osiyo” atamasi bilan qaysi hududlar 
qamrab olingan?
45


I ll BOB. 0 ‘ZB EK X A LQ I ETNOLOGIYASI 
---- ------------------------
M avzuga oid tayanch s o (z va iboralar: о ‘zbekxalqi, O'zbekiston 
Respublikasi, о ‘zbek xalqining shakllanishi, etnos, paleoantropologik 
materiallar, kraniologik materiallar, O'rta Osiyo ikki daryo oralig(i 
tipi, dolixokefal, braxikefal, sug'drylar, qadimgi aholi, o ‘troq va 
chorvador aholi, a n’anaviy x o ja lik madaniyati, moddiy madaniyat, 
milliy kiyimlar, marosimiy taomlar, an ’anaviy turar-joylar.
3.1. 0 ‘zbek xalqining shakllanish jarayoni
0 ‘zbek xalqining asosini hozirgi 0 ‘zbekiston hududida qadimdan 
o ‘troq yashab, sun'iy sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan 
mahalliy sug‘diylar, baxtariylar, xorazmiylar, qadimiy farg‘onaliklar, 
sak-massagetlar va qang‘lar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. 
Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda 
Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan kelgan etnik komponentlar ham 
o ‘zbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma'lum. Ushbu 
qabila va elatlar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarida so‘zlashgan. 
Shuningdek, o‘zbek xalqi tarixan shakllangan 90 dan ortiq urug‘ 
etnoelementlar ham mahsulidir. О ‘zbek xalqi startalarining bu kabi 
tarkibi va tizimli tahlili jarayonida mintaqaning o‘ziga xos etno- 
regional 
xususiyatlari 
ham 
hisobga 
olinadi. 
Aynan 
o ‘zbek 
urug‘larining ijtimoiy-tarixiy o ‘mi tahlil etilganda, uning nafaqat 
o‘zbek xalqi etnogenezini o ‘rganishdagi ahamiyati oydinlashadi, shu 
bilan birga uning umumturkiy makroetnosida tutgan tarixiy o ‘rni va 
ijtimoiy mavqyei yuzaga chiqadi.
Qarluqlarda, xuddi Turk xoqonligi jamoalarida bo‘lganidek, urug‘ 
boshlig‘i - bek, jabg‘u deb atalgan bir qancha urug‘ aymoqni, 
aymoqlar uyushmasi esa elni tashkil etgan. Ushbu urug‘ning tuzilish 
tartibi (tizimi) qarluqlarda VIII asr o ‘rtalarigacha saqlanib kelgan. 
Qarluqlar yettisuvni egallagach (VIII asrning 60-yillari), yabg‘uning 
xizmat vazifasi kengayadi. Endi yabg‘u bir urug‘ni boshlig‘i emas, 
balki qarluqlar egallagan hududlardagi barcha urug‘lar va o‘troq 
aholini boshqaradigan bo'ldi. Endi u urug‘lar ittifoqining yabg‘usidir. 
Avvallari yabg‘u urug‘ va aymoqlar yig‘inida saylansa, endi u
46


yabg‘ular yig‘inida, ya'ni urug‘ boshliqlari tomonidan saylanadi. 
Ittifoqni boshqarishda unga tobe urug‘, aymoq va yabg‘ular, ayniqsa, 
o‘troq viloyatlar hukmdorlariga eltabarlik unvoni joriy etiladi. Bek va 
eltabarlar bir vaqtni o‘zida harbiy sarkardalar hisoblangan. Mazkur 
tartib qarluqlarda to 840-yilgacha, ya'ni Qarluq davlati tashkil 
topgunga qadar davom etgan.
VIII asr Movarounnahr va Xuroson xalqlari tarixida arablarga 
qarshi 
kurash 
bilan 
o‘tdi. 
Mahalliy 
aholini 
ularga 
qarshi 
qo‘zg‘olonlarining oxiri ko‘rinmas edi. G‘arbiy Turk xoqonligi dulu 
va nushubilar orasidagi hokimiyat uchun ichki kurashlar tufayli 
tanazzulga uchragach (740-y.), Sharqiy Turkistonning g ‘arbiy 
viloyatlari (Qashg‘ar, Xo‘ton va Yorkent), Farg‘ona vodiysining 
shimoliy-sharqiy qismi qarluqlar qo‘liga o‘tdi. 766-yilda qarluqlaming 
zarbasi bilan yettisuvda tashkil topgan Turkesh xoqonligi (707-766- 
yy.) ham tugatildi.
Qarluqlar yettisuv va Sharqiy Turkistonning g‘arbiy viloyatlari va 
Farg‘ona vodiysining shimoliy-sharqiy hududlarini egallaganlariga 
qadar, ushbu joylarda qadimdan turkiy arg‘un, tuxsi, o ‘g‘iz, 
qarluqlaming ilk ajdodlari, turkesh, az, uz hamda yag‘mo urug‘lariga 
tegishli etnik guruhlar yashab kelardi. Ular ushbu zaminga kirib 
kelgan qarluqlaming yangi urug‘ ittifoqi jamoalari bilan yonma-yon 
va aralashib, yashay boshlaydi. IX asming 40-yillariga kelib yuqorida 
qayd etilgan katta hududiy doirada Qarluqlar davlati tashkil topadi. 
Qarluqlar davlati tarkib topgan hududlarda (568-740) 200 yil 
davomida G ‘arbiy Turk xoqonligi hukmronlik qilib, turkiy etnik 
qatlamning ushbu hududlarda son jihatidan ko‘paygan. Turk xoqonligi 
hududiy doirasida yashagan urug‘ ittifoqlari va siyosiy uyushmalarda 
iqtisodiy hamda madaniy hayot rivojlandi. Xoqonlikning barcha 
hududlari aholisiga tushunarli yozuv va til shakllandi. Xoqonlik 
davrida tashkil topgan ayrim etnik uyushmalar (o‘g‘uz, uyg‘ur, qarluq, 
qipchoq, qirg‘iz, dulu (dug‘lat) va boshqalar o‘rta asrlar davomida 
vujudga kelgan qator elatlar (o‘zbek, uyg‘ur, turkman, qirg‘iz, qozoq 
va qoraqolpoq)ning shakllanishiga asos bo‘ldi.
Arab tarixchisi at-Tabariy VII-VIII asrlarda Balx, Tohariston, 
Badxiz, Ko‘xiston, Seraxs, Chog‘aniyon, Buxoro, Choch va Farg‘ona 
aholisining asosini turkiy qavmlar tashkil etadi, deb qayd qilgan edi. 
Muallifhing yozishicha, ushbu qavmlar orasida qarluqlaming о ‘mi 
katta bo‘lgan. Yozma manbalarga ko‘ra, Somoniylar bilan Qarluqlar


davlati o ‘rtasida ma'lum chegara belgilansa-da, ammo hozirgi zamon 
tasaw uridagi 
aniq 
chegara 
bo‘lmagan. 
Turkiy 
urug‘lar 
Movarounnahrga Sirdaryoning shimoliy hududlaridan erkin ko‘chib 
yurgan. Ma'sudiyning fikricha, qarluqlar X asrda butun Farg'ona, 
Shosh va ulaming atroflarida yashagan.
Turkiy urug‘laming Movarounnahrga tinch va osoyishta kirib 
kelishi arablargacha ham, ulaming hukmronligi davrida ham, hatto 
Somoniylaming turkiy urugMami kirib kelishiga qarshi chegara 
hududlarida mudofaa devorlarini barpo etishlariga qaramay, uzluksiz 
davom etar edi. Buning oqibatida ularning o ‘troq hayotga ko‘chishi va 
tub yerli aholining turklashuvi tezlashdi, Movarounnahming turkiy 
qavm va urug‘lar keng tarqalgan hududlarida mazkur qabilalaming 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tarkibi 
va 
etnosiyosiy 
jihatdan 
birlashishi 
ta'minlandi.
Xuddi shunday tarixiy sharoit 0 ‘rta Osiyo turkiy qavmlari 
hayotida IX asrga kelganda o ‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ayni 
vaqtda turk etnik qatlami orasida feodallashish jarayonlari ham jadal 
kechmoqda edi. Mazkur jarayon oliy hokimiyatdan mustaqil siyosat 
yuritish uchun intilayotgan yuqori tabaqa vakillarining o‘zaro uzluksiz 
urushlari va talonchilik yurishlari bilan birga sodir bo‘lmoqda edi. 
Chorvador mintaqalarda beboshliklarga barham berish uchun kuchli 
davlat hokimiyati kerak edi. Ana shunday kuchli davlat hokimiyati 
ma'lum bir yetakchi urug‘ asosida tarkib topadi.
Shubhasiz, etnoslaming o ‘zaro yaqinlashish jarayonlarida ma'lum 
bir etnik guruh yetakchi rol o ‘ynaydi. Boshqa etnik guruhlar ana shu 
yetakchi guruh (urug‘) atrofida jipslashib, u bilan til va etnomadaniy, 
hududiy hamda iqtisodiy-xo‘jalik jihatdan yaqinlashib boradi. 
Etnogenetik jarayon nihoyasiga yetganda, aniq bir hududda 
joylashgan etnik birliklar ma'lum rivojlanish pog‘onalaridan o ‘tib, bir- 
birlari bilan qorishib, bir tilda yoki bir-birlariga yaqin lahjalarda 
so‘zlashuvchi va qarashlari ko‘p jihatdan umumiy bo‘lgan siyosiy 
uyushma tashkil topadi. IX asrda turk dunyosidagi ana shunday 
siyosiy uyushma Qarluq ittifoqi edi. Ushbu turkiy urug‘laming Qarluq 
ittifoqi hududiy doirasida, taniqli tilshunos N. A. Baskakov ta'biri 
bilan ifodalaganda, aynan qarluq shevasi asosida shakllandi.
Qoraxoniylar davlatining ta'sir doirasi yettisuvdan to qadimgi 
Farg‘onaning sharqiy hududlari va Sirdaryoning o‘rta havzalarigacha 
cho‘zilgan edi. Elshunos K. Shoniyozov to ‘g‘ri ta'kidlaganidek, IX -X
48


asrlarda siyosiy hokimiyat Movarounnahrda somoniylar qo‘lida 
bo‘lsa-da, uning shimoliy, shimoliy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy 
viloyatlari Qarluq-Qoraxoniylar davlati doirasida o‘zbek elati 
shakllangan edi. Aynan ushbu yirik turkiy etnomadaniy hududiy 
yaxlitlik o‘zbek xalqi etnogenezi tarixida muhim fundamental asos 
sifatida xarakterlanadi.
IX-X asrlarda elat bo‘lib shakllangan o‘zbek ajdodlarining 
umumiy nomi (etnonimi) bo‘lmasa ham, ularda o‘zligini anglash 
hissiyoti kuchli edi. 0 ‘zbek elati qo‘shni urug‘lar bilan yaqin tilda 
(turli lahjalarda) so‘zlashgan bo‘lishlariga qaramasdan, o‘zIarini ba'zi 
xususiyatlari bilan (madaniyati, til lahajasi, urf-odatlari, diniy 
e'tiqodlari va boshqalar) ulardan farq qilgan. Boshqacha qilib 
aytganda, “ular (masalan, uyg‘iirlar va qirg‘izlar) va “bizlar 
(“qarluqlar” va “xoqoni iklar)” degan iboralar bilan bir xalqni ikkinchi 
xalqdan (ayrim xususiyatlarini hisobga olib) ajratish hissiyoti pay do 
bo‘lgan.
Etnik nom va o ‘zligini anglashdan tashqari ma'lum bir xalqning 
etnik birlik (elat) bo‘lib yetish darajasini belgilovchi yana bir qancha 
boshqa ko‘rsatkichlar (iqtisodiy, madaniy, siyosiy, til, hudud birligi va 
boshqalar) ham mavjud. Qarluqlar davri (IX-X)da ular hukmronlik 
qilgan katta hududda bir qancha o ‘troq, yarim o‘troq va yarim 
ko‘chmanchi etnik guruhlar yashar edi.
Bu etnoslar ustida yozma manbalar hamda dala tadqiqotlari orqali 
tadqiqot olib borilishi nafaqat turg‘un aholi moddiy va ma'naviy 
madaniyati balki, kirib kelgan xalqlaming xo‘jalik yuritish shakli, 
oilaviy munosabatlari, moddiy madaniyati, e'tiqodiy qarashlari, 
mahalliy aholi bilan munosabatning turli ko‘rinishlari (savdo-sotiq, 
madaniy)ni yorituvchi ishlami yaratilishiga olib keldi1.
Xullas, 
hozirgi 
0 ‘zbekiston 
va 
uning tevarak-atrofidagi 
hududlarda uzoq vaqt davom etgan etnogenetik jarayonlar natijasida
ya'ni sug‘diylar, xorazmiylar, bohtariylar va saklaming shu zaminda 
bronza davridan boshlab, ular bilan yonma-yon yashab kelayotgan 
turkiyzabon urug‘ hamda qavmlari bilan aralashuvi natijasida o‘zbek 
xalqi XI-XII asrlarda uzil-kesil shakllandi. Mazkur etnogenetik 
jarayonlar o‘zbek xalqining moddiy va ma'naviy madaniyati hamda 
hozirgi kundagi antropologiyasida ham o ‘z aksini topgan.
‘М аматалиев A.P. Фаргона воднйсн этнография с ннинг урпшилиши (Мустакиллюс йиллари нжткмонм- 
гуманнгар журналлардаги маколалар асоснда). Уз МУ хабарлари. №4/1. 2011. 154 б.
49


0 ‘zbek xalqi shakllanish jarayoni kelib chiqishiga ko‘ra, qarluq, 
qipchoq va o ‘g‘uz komponentli turkiy etnik hamda etnografik 
guruhlaming faol assimilyasiyasi va konsolidatsiyasi natijasidir. Kelib 
chiqishi turkiy bo‘lgan turkmanlar, ozarbayjonlar va anatoliya 
turklaming etnogenezida o‘g‘uz etnik komponenti, qozoq, qoraqalpoq, 
qirg‘iz 
hamda 
boshqirdlaming 
shakllanishida 
esa 
qipchoq 
komponenti, 
uyg‘urlaming 
shakllanish 
tarixida 
esa 
qarluq 
komponentni ta'siri yaqqol seziladi.
0 ‘zbek xalqining shakllanishida esa yuqorida ko‘rsatilgan barcha 
uch etnolingvistik komponentlaming ta'sirini ko‘rish mumkin. Mazkur 
holat esa o‘zbek xalqining etnik jihatdan ko‘p komponentliligi etnik, 
lingvistik, antropologik, madaniy jihatdan xilma-xil va rang-barang 
boMishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, o‘zbek xalqi madaniyatining 
boy va serqirra ekanligi, o ‘troq shahar madaniyatiga dasht chorvador 
madaniyati elementlaming qorishib ketganligi mana shu assimilyasiya 
jarayonlarining natijasi ekanligidan dalolat beradi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling