Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
‘zbeklarning qadimgi ajdodlari tarixi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
0 ‘zbeklarning qadimgi ajdodlari tarixi. So‘nggi yillarda
Vatanimiz va unga tutash bo‘lgan hududlarda keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar hamda qadimgi yozma manbalaming tarixiy tahliliga ko‘ra, o ‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi qator xronologik bosqichlar (bronza va ilk temir, antik, ilk o‘rta asrlar va o‘zbek ajdodlarining alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllangan davrlari)dan iborat. Uning birinchi xronologik bosqichi so‘nggi bronza va ilk temir davrlariga tegishli bo‘lib, aynan ushbu davrdan boshlab o ‘zbek xalqi ikki etnik ildiz asosida rivojlangan. Uning birinchi ildizi o ‘troq dehqonchilik madaniyati etnik komponentlaridan iborat bo‘lsa, ikkinchisi esa bronza va ilk temir davrining chorvador qabilalari etnik komponentlaridan tarkib topgan. Amudaryo va Sirdaiyo oralig‘ida so‘nggi bronza davridan yuqorida nomlari qayd qilingan turli qabila va elatlaming etnik jihatdan dastlabki aralashuv jarayoni sodir bo‘lgan. Aynan mazkur davrda mintaqada yuz bergan assimilyasiya jarayonlari natijasida antik davrga kelib, o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topgan edi. 51 Ma’lumki, m il.aw . Ill asrda Sirdaryoning o ‘rta oqimida turkiy va so‘g‘diylar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topgan. Qang‘ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlaming iqtisodiy, siyosiy hamda etnomadaniy aloqalaming tobora rivojlanishi natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, yangi turkiy etnoslar - qang‘ar elati paydo bo‘ldi va o ‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllandi. Tarixiy va arxeologik tadqiqotlarda ushbu madaniyat “Qovunchi madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlaming ta'kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, Markaziy Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi sug‘diylar hamda qang‘arlaming tashqi qiyofalarida hozirgi o ‘zbek va voha tojiklariga xos 0 ‘rta Osiyo ikki daiyo oraligi antropologik tipi to'liq shakllangan. Akademik K. Shoniyozovning ta’kidlashicha, turkiy tilning Markaziy Osiyoda keng tarqalishida qadimgi xun va usun hamda ulaming tarkibidagi barcha turkiyzabon qabilalaming hissasa juda katta bo'lgan, albatta. Mazkur qabilalar ta’sirida miloddan aw algi I - milodiy I asrlar davomida o ‘tmishda sharqiy eron til turkumidagi turg‘un xalqiar (saklar, massagetlar, sug‘diylar, xorazmliklar va boshqalar) hamda qabilalaming ma'lum bir qismi til jihatdan batamom turkiylashgan edi. Xun, usun va boshqa turkiy qabilalaming salmoqli qismi yettisuv, Movarounnahr va Xorazm yerlarida yashovchi aholi, jumladan, qang‘arlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Ana shu etnik, iqtisodiy va madaniy yaqinlashish jarayonida, tub yerli etnos asosida turkiy tilda so‘zlashuvchi yangi etnos - qang‘arlar vujudga keladi. Aynan miloddan aw algi I - milodiy I asrlarda Sirdaryoning o‘rta oqimlarida yashovchi xalqning alohida etnos bo‘lib shakllanishi uchun asosiy omillar mavjud edi: siyosiy tuzum, iqtisodiy va madaniy hayot birligi, umumiy hudud hamda etnik nom (qang‘ar) vujudga kelgan edi. Ammo, ushbu elat antik bosqichda vujudga kelgan va o‘z davriga xos siyosiy hamda etnik birlik edi. Qang‘ davlatining yemirilishi bilan (milodiy V asr o‘rtalari) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi, yangi siyosiy hamda etnik birliklar vujudga keladi. VI asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo etnosiyosiy maydonida G ‘arbiy Turk xoqonligining paydo bo‘lishi mintaqa xalqlari, shu jumladan, 'V zbek xalqi etnogenezi va davlatchilik tarixida muhim o ‘rin egallaydi. Ayniqsa, bu o ‘rinda G ‘arbiy Turk xoqonligining 52 o ‘zbeklar etnogenezida sezilarli o‘mi bo‘lib, mazkur davlat 568-740- yillar oralig‘ida hukmronlik qilgan. G‘arbiy Turk xoqonligi haqida qadimgi turk bitiklari (VTI-VIII asrlar)da, Xitoy yilnomalari (VI-X asrlar)da va VII-VIII asrlarga tegishli sug‘diy tildagi bitiktosh hamda numizmatik materiallarda ma'lumotlar qayd qilingan. Turk xoqonligi mafkurasiga ko‘ra, “el” deb atalib, qadimgi tarixda u bilan bog‘liq “mangu el”, “tangri (ilohiy) el” va “turk eli” kabi iboralar paydo boMgan. El va xoqon hokimiyatining Tangri tomonidan Ashina xonadoniga “turk budun (xalqi)”ga in'om qilinganiga ishonilgan. Xoqonlikning davlat mafkurasi negizida “turk” etnosi, ya'ni “mangu el”ning mustaqilligini saqlab turish bilan birga, uning boshqa etnoslar ustidan hukmronlik qilishi yoki do‘stona munosabatlar o‘matishini ta'minlash yotgan. Ushbu mafkura bitiktoshlarda xoqonlar tomonidan xalqqa qilgan murojaatlari “Turk buduni (xalqi)”, “Turk beklari va buduni”, “Turk, 0 ‘g‘uz beklari, buduni” va “Turk Sir budun” kabi iboralar bilan boshlanishi, uning mustaqil yashashi va egallangan hududlarda hokim tabaqaga aylanishini ta'minlagan. Xitoy yilnomalarida Turk xoqonlari unvonlarining tarkibiy qismi sifatida “da tujyue (“buyuk turk”)” iborasi uchraydi. Bu esa qadimgi turklar o ‘z davlatini “Buyuk Turk qag‘anlig‘i” shaklida ulug‘lashini ifodalaydi. Xoqonlik katta bir imperiya miqyosidagi davlat edi. Uning tarkibiga Sharqiy Turkiston (Kumul, Turfon, Qorashahar, Kucha, Qoshg‘ar va Xo‘tan), Movarounnahr va unga tutash hududlar — Choch, 0 ‘tror, Isfijob, Farg‘ona, Ustrushona va Sug‘d (Samarqand, Maymurg‘, Kushoniya, Panch, Kesh hamda Naxshab), Buxoro, Tohariston, Xorazm, Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston (Kashmir, Qobuliston va Zobuliston), shimoliy-sharqiy Eron - Janubiy Turkmaniston (Dehiston, Gurgon va Marv) hududlari kirgan. Shunday qilib, VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi birinchi navbatda, Sirdaryoning o ‘rta havzalari, umuman, butun 0 ‘rta Osiyo hududlarini egallab olgan edi. Ammo, buning oqibati o‘laroq, ilk o‘rta asrlarga kelganda Sirdaryoning o ‘rta havzalarida turk-sug‘d etnomadaniy, etno-psixologik va etno-siyosiy maydon tarkib topdi. “Qovunchi madaniyati” asosida qang‘ar elati, uning bazasida hozirgi zamon o‘zbek xalqiga xos antropologik tip - “0 ‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” uzil-kesil shakllandi. V III-X asrlar davom ida va undan keyin ham turkiyzabon xalqlar ham da qabilalam ing kattagina qismi o ‘z etnik nom lari bilan bir vaqtda, Turk xoqonligi davrida turk ekanliklarini esdan chiqarmay kelganlar. T urk xoqonligi hududida “Turk” atam asi bilan nomlanib kelgan qabilalar qaerda yasham asinlar, bir-birlarini qardosh hisoblaganlar. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling