Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 ‘zbek xalqining shakllanish tarixi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

3.2. 0 ‘zbek xalqining shakllanish tarixi
0 ‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik va boy tarixiga ega. Xalqimiz 
juda katta davr ichida bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlardan 
o‘tib, murakkab jarayonlar davomida elat va so‘ngra millat bo‘lib 
shakllangan. Mazkur jarayonlami o ‘rganish etnografiya fanining 
bugungi kundagi eng dolzarb vazifalaridan bin hisoblanadi.
Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘ida Markaziy Osiyoning aholisi 
jihatidan eng yirik davlat — 0 ‘zbekiston Respublikasi yastanib yotadi. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
Statistika 
qo‘mitasining 
ma'lumotlariga 
ko‘ra, 
davlatimiz 
tarkibiga 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahri kiradi. Viloyatlar ichida 
maydoni jihatidan eng yiriklari Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo
Samarqand va Surxondaryodir. Respublika tarkibida 172 ta tuman (11 
ta Toshkent shahri tumanlari bilan birga), 150 ta, shu jumladan, 
Respublika va viloyatga bo‘ysunuvchi 31 ta shaharlar mavjud. 
Bundan tashqari, 110 ta shaharcha, 2620 ta qishloq fuqarolar yig‘ini 
va 10997 ta qishloq aholi punktlari mavjud. O‘zbekistonda 34 million 
nafardan ^iyod aholi yashaydi (2020-yil 1 iyul), shundan 27 mln 
nafardan ortig‘i (81,7 foiz)ni o‘zbeklar tashkil etadi. Mamlakatimizda 
130 dan ziyod millatlar va xalqiar yashaydi,- •*


Respublikada o‘zbeklami barcha viloyat, tuman va qishloqlarda 
uchratish mumkin. Surxondaryo va Xorazm viloyatlari aholisining 
aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil etadi. Boshqa joylarda o ‘zbeklar 
turli millat vakillari bilan birga yashaydi. Lekin, hamma yerda ular 
ko‘pchilikni tashkil etadi. QoraqalpogMstonda o ‘zbeklar - To‘rtko*l, 
Beruniy, Amudaryo va Ellikqal'a kabi janubiy tumanlarda yashaydi.
0 ‘zbeklar Respublika aholisining asosiy qismini tashkil etib, 
so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ularning soni 30,9 mln (2020-yil). 
Shuningdek, o‘zbeklar Markaziy Osiyodagi eng ko‘p sonli xalq bo‘lib, 
qo‘shni Tojikistonda 3 milliondan ziyod (2020-yil), Qirg‘izistonda 2 
million 
(2020-yil), 
Qozog‘istonda 

million 
(2020-yil), 
Turkmanistonda 900 mingdan ko‘proq, Afg‘onistonda 4 milliondan 8 
milliongacha, Rossiyada 700 ming kishi (2020-yil), mehnat 
muhojirlari soni 2188000 (2017—2019-yillar), Saudiya Arabistonida 
550-600 
ming 
nafar, 
AQShda 
50-80 
ming, 
Xitoy 
Xalq 
Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, qolaversa, Turkiy a, 
Germaniya, 
Latviya, 
Ukraina 
va Belorus 
kabi 
uzoq xorij 
mamlakatlarda ham yashaydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zbeklaming 
umumiy soni 50 milliondan ortiq (2018-yil) kishini tashkil etadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling