Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


i Markaziy Osiyoda yashayotgan xalqlar


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

i Markaziy Osiyoda yashayotgan xalqlar 
j orasida turkiy tillarning uch xil guruhi
)•.
tarqalgan
0
Janubiy-
g ‘arbiy
(o‘g‘uz)


O cg‘uz tillar guruhi VIII-XIII asrlar davomida o ‘g ‘uzlar va X I- 
XII asrlarda saljuqiylar orasida shakllangan. Ushbu tillarga turkman 
tili ham kiradi. Mazkur shevalar odatda, ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi 
guruhni 
Turkmanistoning 
g ‘arbiy 
tumanlari 
va 
Toshhovuz viloyatining ko‘pchilik qismiga tarqalgan yovmut, 
Turkmanistonning Qizil 
Arvotidan Bayramaligacha cho‘zilgan 
markaziy tumanlarida qo‘llanayotgan tekin, Qoraqalin tumanining 
go‘klan, Saraxs tumani bilan hozirgi Turkmanistonnng shimoliy 
qismida tarqalgan salir, Elatan va Paxtabozor tumanidagi sariq hamda 
Turkmanistonning Chorjo‘y va Kerki viloyatlarida muomalada 
bo ‘lgan ersari shevalari tashkil etadi.
Ikkinchi guruh shevalari (no‘xurli, oynovli, xasarli va boshqalar) 
Eron bilan 0 ‘zbekistonga chegaradosh tumanlarda keng tarqalgan.
Qipchoq guruhi qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoq tillaridan iborat.
0 ‘zbek till Mazkur til o ‘zbek xalqining milliy va 0 ‘zbekiston 
Respublikasining davlat tilidir. Ushbu til lingvistik geneologik 
tavsifga ko‘ra, turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga kiradi. 0 ‘zbek 
tili, asosan, 0 ‘zbekiston, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston, Tojikiston, 
Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari, Rossiya 
Federatsiyasi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur 
muxtor tumani, AQSh, Germaniya va boshqa mamlakatlarda 
tarqalgan.
X l-X il asrlardan eski turkiy tildan ajrala boshlagan eski o‘zbek 
tili o ‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida murakkab etnogenetik va 
etnolingvistik jarayonlami bosib o ‘tdi. Ana shu etnogenetik va 
siyosiy-tarixiy jarayonlar o ‘zbek tili tarixida ma'lum darajada iz 
qoldirdi.
Tarixan turli ilmiy manbalarda eski o‘zbek tili “turkiy”, 
“turkcha”, “chig‘atoy tili”, “chig‘atoy turkiysi”, singari nomlar bilan 
atalib kelgan. Xususan, mashhur sayyoh X. Vamberi (“Chig‘atoy tili 
darsligi”, 1867) va uning izidan bir qator g ‘arb olimlari XIII-XIX 
asrlar oralig‘idagi eski o ‘zbek tilini noto‘g‘ri ravishda “chig‘atoy tili” 
.d eb nomlagan edi. Vaholanki, m o‘g‘ullar istilosi davrida hozirgi 
kunda o ‘zbeklar nomi bilan yuritiluvchi xalqning madaniyati, tili va 
adabiyotiga mo‘g‘ullaming biron-bir sezilarli ta'siri bo‘lgan emas, 
boshqacha 
ifodalaganda, 
eski 
o‘zbek 
tilining 
Chig‘atoy 
va 
mo‘g ‘ullarga hyech qanday aloqasi yo‘q, aksincha, mo4g‘ullar 
Movarounnahrda yashovchi etnoslaming yuksak madaniyatidan
38


bahramand bo‘lgan. Buning ustiga, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabi buyuk shoir va mutafakkirlar o‘zlari ijod 
qilgan tilni “turkiy”, “turkcha” deb atab, uni boshqa turkiy tillardan 
alohida ajratib ko‘rsatadilar.
Qirg‘iz till Shimoliy va janubiy qurama shevalaridan tashkil 
topgan bo‘lib, uning shakllanish jarayoni qadim zamonlarga borib 
taqaladi. Unga milodning boshlarida Yenisey atroflarida yashagan 
qadimgi qirg‘iz qabilalarining tili asos bo‘lgan. Keyinchalik qipchoq, 
shuningdek, mo‘g‘ul tillarining ta'sirida bir muncha o‘zgarishlarga 
uchragan.
Qozoq till Mazkur til bir qancha qadimiy qabilalar va boshqa 
tillar asosida tashkil topgan bo‘lib, uch asosiy shevaga bo'tinadi: 
g ‘arbiy, shimoli-sharqiy va janubiy. G‘arbiy sheva alshin qabilalar 
ittifoqi tilidan paydo bo‘lgan. Shimoli-sharqiy sheva arg‘in, nayman, 
qiray, qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalarining umumiy tilidan kelib chiqqan 
bo‘lib, hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat, 
janubiy sheva uysin, jaloyir, qang‘li, dug‘lat va boshqa qabilalar 
tillaridan kelib chiqqan.
Qoraqalpoq tili qadimda bulg‘or va o‘g‘uz tillari ta'sirida 
rivojlanib kelgan. Keyinchalik bir qancha birlashmalar, masalan, 
pecheneg (X-XI asrlar) va qipchoq (Xi-XIII asrlar) qabilalar 
ittifoqlariga, Oltin 0 ‘rda davlati (XIII-XV asrlara) tarkibida, so‘ngra 
XV asrgacha Katta No‘g‘oy o‘rdasi, keyin qisman esa o ‘zbek va 
qozoq tillari ta'sirida shakllana borgan.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki tili ikki asosiy shevadan tashkil topgan: 
shimoliy-sharqiy va janubiy-g‘arbiy. Birinchi (shimoliy-sharqiy) 
shevada hozirgi Qoraqalpog‘iston Resputsblikasining Taxtako‘pir va 
Mo‘ynoq tumanlarida yashayotgan aholi vakillari so‘zlashadi.
Uyg‘ur tili Mazkur til o‘zbek tiliga yaqin bo‘lsa ham, ko‘p 
jihatdan undan keskin farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Ushbu 
tilning shakllanish jarayoniga qadimiy uyg‘urlarining ta'siri katta 
bo‘lgan. Hozirgi uyg‘ur tili ikki tarmoqqa: MDH uyg‘urlari va 
Shinjon uyg‘urlarining adabiy tillariga boiinadi. MDH uyg‘urlarining 
adabiy tiliga uyg‘ur tilining shimoliy shevalari asos bo‘lgan. Shimoliy 
shevalarga kuchi-turfon va taranchi yoki gulja shevalari ham kiradi.
Tojik tili g‘arbiy Eron tillari guruhiga kiradi. Ushbu tilda, asosan, 
tojiklar so‘zlashadi. Arab xalifaligi va Somoniylar hukmronligi 
davrida sug‘d tili o‘miga tojik tili ishlatila boshlahgan. Mazkur
39 
if*':....


jarayon, ya’ni sug‘d tilining tojik tili tomonidan siqib chiqarilishi 
jarayoni ikki asrdan ortiq davom etadi. Shuningdek, ushbu tildan 
tojiklardan tashqari Buxoro yahudiylari, 0 ‘rta Osiyo loMilari va 
arablari hamda ballujiylarining bir qismi foydalanishadi.
Tojik tilining yag‘nob shoxobchasi (eroniy tillaming sharqiy 
guruhiga mansub va Tojikistondagi Yag‘nob daryosi vodiysida 
tarqalgan til. Unda so‘zlashuvchilar 2,5 ming nafar kishiga yaqin. 
Yag‘noblar o ‘z hududlaridan tashqari va tojiklar orasida faqat yag‘nob 
so‘zlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadi. 0 ‘z yozuviga ega emas
yozma til sifatida tojik tili qoMlaniladi) sug‘d tili shevalarining biridan 
kelib chiqqan. Hozir Yag‘nob daryosining o ‘rta oqimi atrofidagi 
vodiyda joylashgan baland tog‘lardagi qishloqlar va Varzob daryosi 
vodiysidagi aholi ham yag‘nob tilida so‘zlashadi. Mazkur til ikki xil 
shevaga boMinadi: g‘arbiy sheva va Yag‘nob daryosining etagida esa 
sharqiy sheva.
G ‘arbiy Pomir guruhiga shug‘non, rushon, yozg‘ulom, ishkoshim 
va vohan tillari kiradi. Shug‘non-rushon guruhiga esa shug‘non, 
rushon, bartang va oroshar tillari kiradi.
Baluj till Eroniy tillaming shimoliy-g‘arbiy guruhiga kirib
Turkmaniston hududida yashayotgan balujlar ushbu tilning g ‘arbiy 
(Xuroson) shevasida gaplashadi. Midiylar tilini shevalarining biridan 
mazkur til paydo bo‘lgan.
K urd tili Eroniy tillarining shimoliy-g‘arbiy guruhiga taalluqli 
bo4ib, kurmanji, kurdi va bir qancha shevalarga boMinadi. Kurdlar 
Turkmanistonda yashaydilar. 
Tadqiqotchilaming 
fikricha, 
ular 
Xurosondan kelib qolgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling