Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi, etnik tarixi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

2.3. Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi, etnik tarixi 
va lingvistik tuzilishi
Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda 
lingvistik tasniflash muhim ahamiyatga ega. Mazkur mintaqada 
yashovchi xalqlaming tillari rang-barang bo‘lib, tarixan qadimiy va 
zamonaviy ko‘rinishga ega.
Turkiy tillar. Mintaqa aholisining ko‘pchiligi Oltoy oilasining 
turkiy tillar gumhiga kiradigan til va shevalarda so‘zlashadi. Ushbu 
guruhga o ‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, uyg‘ur va tatar 
tillari kiradi. Turkiy tilda so‘zlashadigan kishilar butun mintaqa 
aholisining taxminan 60 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Umuman 
olganda, turkiy tillarda so‘zlashuvchilaming umumiy soni 130 million 
nafardan ortiq aholini tashkil etadi.
Ayrim lingvistlar turkiy tillami m o‘g‘ul hamda tungus-manjur 
tillari bilan birga qo‘shib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradi. Jumladan
ye. D. Polivanov va G. Y. Ramstedt kabi tilshunoslaming fikricha, 
ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qo‘shish hisobiga 
kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga ko‘ra, turkiy tilning tarixi 
oltoy tillari bir til bo‘lib tashkil topgan qadimdan, ya'ni oltoy davridan 
boshlanadi. Oltoy bobo tili (asos til) dastlab ik k ig a - tungus-manjur va 
turk-mo‘g‘ul tillariga, so‘ngra turk-mo‘g‘ul tili ham ikkiga - turk va 
mo‘g‘ul tillariga ajralgan. Lekin, turkiy tilning oltoy tillariga genetik 
aloqadorligi haqidagi masalaga hamon taxmin darajasida qaralmoqda.
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir 
chiziq bo‘ylab cho‘zilgan ulkan geografik hududda tarqalgan o‘zbek, 
uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, 
karagas, shor, turkman, ozarboyjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, 
chuvash, qo‘miq, no‘g ‘oy, qorachoy-bolqor, tofa va chuvash kabi 25 
dan ortiq til tushuniladi.
Eng qadimgi turkiy yozma yodgorlik (Urxun-Enasoy yozuvi)lar
VII-XI asrlarga mansub boMib, ular asosan, qabrtoshlar ko‘rinishida 
Shimoliy Mo‘g ‘uliston, Qirg‘iziston, Yenisey daryosining yuqori
36


qismi, Talas vodiysi va boshqa joylardan topilgan. Brahma va sug‘d 
yozuvlarida bitilgan qadimgi turkiy yodgorliklar ham uchraydi 
(Sharqiy Turkiston va 0 ‘rta Osiyo). Keyinchalik uyg‘ur va arab 
alifbolari asosidagi turkiy yozuv Sharqqa (Qoshg‘ar, 0 ‘rta Osiyo, 
Oltin 0 ‘rda hududi, Volgabo4yi) va g ‘arbda (Saljuqiylar davlati, 
Ozarboyjon, Turkiya va b. hududlar) rivojlandi. Xitoyda yashovchi 
uyg‘urlar XI asrdan hozirgacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan 
foydalanadi.
Hind-Yevropa til oilasining eroniy guruhiga tojiklar, balujlar, 
kurdlar, forslar va boshqalar kiradi. Tojiklardan tashqari yag‘nob, 
shug‘non, rushan, vohan, bartang, yozg‘ulom, ishkashim, bajo‘yr 
hamda bir qancha boshqa Pomir xalqlari ham mavjud.
Mintaqada yashovchi ruslar, ukrainlar, beloruslar, dunganlar, 
koreyslar, yahudiy, mahalliy lo‘li va arablar ham bir nechta til 
turkumiga oid xalqlaming avlodlari hisoblanadi. Demak, Markaziy 
Osiyo polietnik mintaqa hisoblanib, mazkur hududda yuzdan ziyod 
millat va elatlar umrguzaronlik qiladi. 0 ‘zbekistonning Buxoro va 
Samarqand viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida yashaydigan Buxoro 
yahudiylari va 0 ‘rta Osiyo lo‘lilari tojik tilida so‘zlashadi.
Eroniy tillar guruhiga kiradigan til va shevalarda gaplashadigan 
oz sonli xalqlardan ballujiylar, 
kurdlar va fors-eroniylardir. 
Turkmanistonda yashaydigan ballujiylar o‘z ona tilining Xuroson 
shevasida, Xurosondan kelib qolgan kurdlar esa Turkmanistonning 
Ashxobod va Mari viloyatlarida yashaydi hamda o‘zaro Xuroson 
shevasida so‘zlashadi. Eroniy-forsiy xalqning bir guruhi (Buxoro va 
Samarqand shaharlari atroflari) turli tarixiy davrlarda Erondan ko‘chib 
kelgan. Buxoro eroniylari eroniycha, Samarqand forsiylari esa asosan, 
tojik va o‘zbek tillarida so‘zlashadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling