Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

h 
f,
■X}
:
I» : ■ '
I
в
Й;
Qadimgi greklaming “Iliada va “Odisseya” dostonida 
yaqin qo‘shni elatlar to‘g‘risida afsonaviy ma'lumotlar 
keltirilgan bo‘lsa, ulaming Kichik Osiyo va Qora dengizning 
shimoliy qirg‘oqlarida “Buyuk kolonizatsiyasi” (mil. a w . VII— 
V asrlar)dan keyin tevarak-atrofdagi xalqlar to‘g ‘risida 
bilimlari doirasi yanada kengaydi va va asta-sekinlik bilan 
boyib bordi.
s" 
- - - - -
Ayniqsa, Gerodotning noyob etnologik ma'lumotlar bilan 

mashhur 9 jildlik “Тарих” asari nafaqat oddiy etnologik 
kuzatuv, shu bilan birga tadqiqiy xarakterga cga boy manbaga 
aylangan.
Buyuk Iskandaming Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga 
kelgan katta imperiya G‘arbdan Sharqqacha bo‘lgan ulkan hududlarda 
yashagan xalqlaming turmush madaniyatini o‘rganishda yangi bosqich 
vazifasini bajardi. Ushbu davrda greklaming umumiy madaniy 
saviyasida ham o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi va natijada etnologiya 
fanining barcha sohalari gurkirab o‘sdi. Ellinizm davri (Ellin -
“ Ellada” so4zidan olingan sifat bo‘lib, greklaming eng qadimgi 
nomi)da grek madaniyati Sharqda Hindiston va 0 ‘rta Osiyo, G‘arbda 
esa Pireney yarim oroli hamda Britaniyagacha tarqalib, mahalliy 
xalqlaming madaniyati bilan aralashib, ular o‘rtasida yangi hamda boy 
ma'lumotlar bilan to‘ldirildi.
9


ETN O LO G IY A T A D Q IQ O T
USULLARI
Л
-
* *
Etnologiya
Mazkur fanning
Etnologiya boshqa
fani, boshqa
uslubi muayyan
fanlar qatori o‘ziga xos
fanlar singari
dunyoqarash va
maxsus tadqiqot usullari
o ‘ziga xos
nazariyalar
va atamalariga ega.
maxsus
(metodologiya) bilan
Ayniqsa, u
tadqiqot
bog‘liq bo‘lib, o‘z
antropologiya,
usullari va
tadqiqotlarini ayrim
arxeologiya, lingvistika, 
j
maxsus
fan sohalari bilan
sotsiologiya va
atamalariga
aloqador holda
san'atshunoslik kabi 
j
ega.
amalga oshiradi.
fanlar yutuqlaridan 
j
unumli foydalanadi. 
j
Ma'lumki, “xalq” tushunchasi bir nechta ma'noga ega. Ba'zan 
oddiy tilda bir to‘p kishilami yoki avomni “xalq” deb hisoblasak, 
boshqa holatda esa bir nechta elat va millatlardan tashkil topgan davlat 
yoki mamlakat aholisini ham “xalq” deb ataymiz. Aslida, “xalq” so‘zi 
arabchada “yaratmoq” degan ma'noni anglatadi, lekin o ‘zbek tilida 
ushbu atama muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnologiyada 
xalq ma'nosida “etnos” atamasi qo‘llaniIadi. Etnoslar muayyan tarixiy 
davrning mahsuli sifatida ayrim shaxs yoki kishilaming istagi bilan 
emas, balki ob'ektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va 
rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslaming joylashuvi, ulaming 
mazkur mintaqaning tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligi 
yoki boshqa yerdan migratsiya natijasida ko‘chib kelganligini 
kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik ma'lumotlardan 
foydalanadi. 
Ulaming qaysi 
irqqa oid ekanligini aniqlashda 
antropolgiya fani yordam beradi. Etnografiya “s o f’ irqlami emas, 
balki tarix taqozosi bilan o ‘zaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklami 
o ‘rganadi. Antropologiya esa u yoki bu xalq yoxud etnik birlikning 
jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
10


Aholining joylashuvi, o ‘sish dinamikasi, tevarak-atrofning ta'siri 
va migratsiyasi kabi masalalami o‘rganishda tarixiy-geografik va 
demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning ma'naviy 
madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, folklor va 
badiiy adabiyot bilan hamkorlikda o‘rganiladi.
Mazkur fanlaming o‘zaro bog6liqligi tufayli keyingi yillarda 
qo‘shaloq ilmiy sohalar ham vujudga keldi. Masalan, etnogenez va 
etnik 
tarix 
muammolarini 
o‘rganishda 
etnik 
antropologiya, 
paleoetnografiya va etnolingvistika kabi sohalar samarali ish olib 
bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlami teran va keng 
miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o‘tkazilayotgan sotsiologik 
tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada, etnosotsiologiya va 
etnopsixologiya singari yangi ilmiy sohalaming vujudga kelganligi 
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, tabiiy-geografik 
sharoitga qarab madaniylashmagan o‘simliklami yetishtirish va 
yow oyi hayvonlami xonakilashtirish hamda urchitish kabi o‘ziga xos 
turmush 
xususiyatlariga 
ega 
bo‘lgan 
elatlaming 
xo‘jalik 
xususiyatlarini 
o‘rganishda 
etnografiya 
bilan 
hamkorlikda 
etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi fan sohalari vakil lari ham 
ish olib bormoqda.
Xalqlami o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma- 
xil manbalar hamda usullaridan foydalanadi. Etnoslarning ko‘p qirrali 
va rang-barang hayotini o‘rganishda ulaming kundalik turmush tarzini 
bevosita kuzatish asosida har hududning o‘zidan to‘plangan 
materiallar asosiy hamda eng manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq vaqt 
mobaynida yashash va kuzatish yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar eng 
samarali ekanligini mashhur etnograflar - L. G. Morgan, N. N. 
Mikluxo-Maklay va V. G. Bogorazlar alohida qayd etgan. Bunday 
tadqiqotlar usuli statsionar tadqiqot deb ataladi. Lekin, afsuski, 
hozirgi sharoitda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa 
muddat davomida va ayrim mavsumlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar 
ekspeditsiyaga xos usul bo‘lib, mavsumiy usul deb ataladi.
Dala-etnografik tadqiqotlarda asosan, axborotchilardan suhbat 
yo‘li bilan yozma yoki diktafon orqali ma'lumotlar to‘plash, muayyan 
maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va 
marosimlari, xalq sayillari va o ‘yinlarini kuzatish, ularda bevosita 
ishtirok etish hamda ulami jiddiy o‘rganish (yozish, chizish va rasmga 
olish) kabi usullar qo‘llaniladi. Zamonaviy texnika vositalari
и


yordamida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat hamda 
diktofonga audio yozuvlami yozish) va an'anaviy dala yozuvlarida 
xalq ma'naviy hayotining ob'cktlari hamda ko‘rinishlari (an'analar, 
marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlar va shu kabilar) aks etadi. 
Ba'zida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va ma'naviy 
madaniyat namunalari 
muzeylar kolleksiyasi 
uchun yig‘iladi. 
Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan, maxsus anketalar tarqatish 
yo‘li bilan o ‘tkazi!adi va ular keyinchalik kompyuter dasturlari 
asosida tahlil qilinadi.
Etnografiyada “madaniyat” deyilganda, asosan, inson qoMi va 
aql-idroki bilan yaratilgan barcha moddiy hamda ma'naviy boyliklar 
tushuniladi. Aslida, rus tilidagi “kultura” atamasi lotincha so‘z bo‘lib, 
“ishlab chiqarish”, “yasash” va “yaratish” degan ma'nolami anglatadi. 
“0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “madaniyat” so‘zining etimologik 
mohiyati berilmasdan, umumiy tarzda “Jamiyatning ishlab chiqarish, 
ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari 
majmui” deb ta'riflangan. Etnologik jihatdan moddiy madaniyatga 
xo‘jalik va transport vositalari, turar-joylar, uy-ro‘zg‘or va badiiy 
buyumlar hamda jihozlar, kiyim-kechak va bezaklar, shuningdek, 
milliy 
taomlar 
kiradi. 
Ma'naviy 
madaniyat 
deyilganda esa, 
etnoslaming milliy his-tuyg‘ulari va tabiati, urf-odat va marosimlari, 
xalq o‘yinlari va sayillari, raqs va kuylari, folklor namunalari, diniy 
tasavvurlari va hokazolar tushuniladi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling