Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Kiyim-kechaklarI
Qadimda qozoq oilalari o ‘zlari uchun zarur 
kiyim lam i xonadonning o ‘zida qo‘lda tikkanlar. Yupqa namat — kigiz, 
teri va charm kiyim tikish uchun zarur materiallar hisoblangan, lekin 
M arkaziy Osiyoning qo‘shni etnoslaridan olib kelinadigan chit va 
shoyi gazlamalardan ham foydalanilgan.
Kiyim-kechaklar ko‘chmanchi hayot tarziga moslab tikilgan. 
Erkaklam ing kiyimi ko‘ylak, ishton, beshmet, chopon, temak (jun 
qalpoq), do‘ppi, kumis, beldik, kamar, etik va paypoqdan, ayollaming 
kiyimi esa bo‘riq (qizlar kiyadigan bosh kiyim), saukel (yosh 
juvonlam ing bosh keyirni), kemshek (ayollar bosh kiyimi), ko‘ylak, 
shapan, yengsiz kamzul va beshmetdan iborat boMgan. Qish kunlari 
qo 4y terisi, ba'zan tulki va bo‘ri m o‘ynasidan tikilgan uzun po‘stin,
shuningdek, chakmon (shekpen) ham kiyilgan.
147


Qizlar sochlarini m ayda qilib o ‘rib, kokil uchlarini ikkita qilib 
birlashtirgan. Ayrim ovullarda qozoq ayollari shop kiyib, ya'ni 
sochlarini maxsus xaltaga solib yurgan.
Taqinchoqlari
Qozoq ayollari asosan, boshlariga xilma-xil bezak 
va taqinchoqlar taqishni yaxshi ko'rgan. Qizlar kokillariga tanga va 
kumush bezaklar tikilgan lentalar o ‘ragan bo ‘lsa, ayrim joylarda
masalan, G ‘arbiy Q ozog‘iston hududlarida bosh kiyimga biron-bir 
bezak qadash odat bo‘lgan. Q uloqlariga turli xil ziraklar, b o ‘yinlariga 
esa bilakuzuk va turli taqinchoqlar taqish keng tarqalgan.
Taomlari
Ko‘chm anchi qozoq oilalari sigir va qo‘y sutini sog ‘ib 
olingandan so‘ng ichishni yoqtirgan. Darhol sutdan qatiq ivitilib, 
ayron tayyorlangan. Qozoq xalqining eng sevimli ichim ligi qim iz 
hisoblangan. U lar tuyachilik bilan ham shug‘ullangan. B ug‘doy 
unidan bo ‘g‘irsoq, qiviqsha, tandir va juqa nonlar tayyorlangan.
Qozoqlar, ayniqsa, pishirilgan go‘sht (yet) va kulshetay ham da 
beshbarmoq taomlarini sevib tanovul qiladi. XIX asr o ‘rtalaridan 
boshlab choy ichish keng tarqala boshlandi. B o‘za ichish qozoqlar 
ichida azaldan ma'lum boMib, uni bug‘doy, suli v a guruchdan 
tayyorlaganlar. Baliq va parranda go‘shti kam ishlatilgan, shuningdek, 
sabzavot va mevalar ham tanovul qilingan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling