Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Milliy taomlari
Q irg‘izlar mavsumga qarab xilma-xil tartibda 
ovqatlanishga odatlangan, lekin taom lam ing turlari unchalik ko‘p 
emas. Qadimda ko‘pincha un va donning yetishm asligi sababli asosan, 
sut va go‘sht mahsulotlari bilan tirikchilik qilingan. Kun issiq kezlari 
asosan, sut va sut mahsulotlari, qishda esa un, don, shuningdek, 
pishloq, sariyog4 va sho‘rtak suzma iste'mol qilingan.
Qirg‘izlarda mehmonga alohida hurmat ko ‘rsatiladi. Boshqa 
turkiy xalqlarda bo ‘lgani singari qirg‘izlarda ham mehmonni hurmati 
uchun qo‘y so‘yilib, qo‘noq osh tayyorlanadi. Q o‘noq osh tarzida 
qo‘yning tanasi qozonga solib pishiriladi va eng shirin joyi mehm onga 
tortiq qilinadi.
K o‘pchilikning kundalik taomi har xil suyuq oshlardan iborat 
bo‘lgan. Qirg‘iz tili bilan ifodalaganda, maqsim bilan jarm a ichilgan. 
Maqsim - suli talqoni yoki tuyilgan а ф а unidan tayyorlansa, jarm a 
pishirish uchun esa а ф а yoki bug‘doyni yog‘och kelida qaynab turgan 
suvga solingan. Atala sovuganidan keyin ozgina solod, ya’ni k o ‘kat va 
un qo‘shilgan.
170


Oshqovoqdan sho‘rva va chuchvara pishirilgan yoki o ‘zini 
qaynatib dimlat) istemol qilingan. Tandirda non yopilib, buursoq 
pishirilgan, kurd (suzma), pishloq tayyorlangan. Kul qo‘rida kumuch, 
choymo tokoch, jupqa, non, qattama (qatlama), toytokoch, quymoq, 
kesm a osh, sirguruch va boshqa taom lar pishirilgan. Sho‘rva, 
beshbarmoq, quuroq, quurma, kuygan o ‘pka, olobo va kulchatoy 
taomlari ham sevib iste’mol qilingan. So‘nggi vaqtiarda jarkop, manti 
va lag4mon pishirish keng tarqalmoqda.
Oila va ma'naviy madaniyati
Qirg‘izlarda yaqin-yaqingacha 
o ‘zida patriarxal an'analarning ba'zi qirralarini saqlab qolgan alohida 
(kichik) oila hukmron hisoblangan. Qirg‘izlarda oilaning asosini oila 
b o sh lig i, xotini va farzandlari, ba'zan esa ota-ona tashkil etgan. Nikoh 
tuzish sovchilikdan boshlangan. Shu bilan birgalikda beshikkerti, bola 
tug‘ilishi bilan yoki tug‘ilmasidan unashtirib qo‘yilishi bilan bog‘liq 
urf-odatlar mavjud bo ‘lgan. Shuningdek, ushbu xalq vakillari orasida 
levirat va sororat ham keng tarqalgan. Ba’zan opa-singillar yoki 
qarindoshlar o ‘rtasida qalin toMamasdan almashtirish hollari ham 
bo ‘lgan. Qizlar o ‘z roziligi bilan o ‘g‘irlangan, lekin qiz o ‘g ‘irlash 
bilan kuyov qalin to ‘lashdan ozod bo ‘lmagan. Qalin miqdori turli xil 
bo ‘lib, kuyov tomonning iqtisodiy holatiga bog‘liq edi. Qalin asosan
chorva hayvonlari bilan to ‘langan, keyinroq esa kiyim va sep 
buyumlari bilan o ‘m i qoplangan.
Q irg‘izlarda qizlar 13-15 yoshda turmushga berilgan. 0 ‘tmishda 
ota urug‘i tomonidan yetti pushtigacha yaqin boim agan qarindoshligi 
bor oiladan xotinlikka olingan bo‘lib, keyinchalik ushbu udumga amal 
qilinmay qo‘ydi.
Xullas, oila ko ‘p hollarda patriarxal tartiblar asosiga qurilgan. 
Oila boshlig‘i oiladagi barcha holatlar va hatto farzandlaming 
taqdirini ham hal qilgan: Oiladagi barcha yumushlar: bola tarbiyasi, 
hayvonlarga qarash, kiyim tikish va boshqa mayda-chuyda ishlar 
ayollaming zimmasiga yuklangan.
Agardia, o ‘tmishga yanada teranroq nazar tashlansa, ayollaming 
jam iyatdagi roli boshqacharoq namoyon bo‘ladi. Chunonchi, qirg‘iz 
xalq dostoni bo‘lgan “Manas”da o ‘z eriga hatto qiyin harbiy ishlarda 
ham ko ‘maklashgan jasoratli ayollar timsoli saqlanib qolgan (masalan, 
M anasning xotini qiyofasida).

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling