Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

afg'oni (kovuli)
deb 
ataydi. Bundan tashqari, lo‘li gumhlari azaliy vatanlari b o ‘lgan 
Hindistonni tark etgach, 0 ‘rta Osiyoga kelishlaridan oldin ko ‘p vaqt 
mobaynida Arab mamlakatlarida kun kechirgan bo ‘lishlari ham 
mumkin. Bunga lo‘lilaming shevasida arab tiliga xos bo'lgan k o‘plab 
so‘zlaming uchrashi va ular o ‘zlarining yashirin tillari (argo)ni 
“arabcha” deb, o ‘zlarini esa “arablaming amakivachchalari” deb 
nomlashlari dalil bo‘ladi.
'.r. 
Lo‘lilaming yana bir guruhini 
afg‘on yoki m o‘g ‘at qovuli
deb 
ataganlar. 0 ‘z navbatida afg‘onlar ham uch guruhga bo‘linadi: qaval,
178


chistoniy va parya. XX asm ing 20-yillarida Surxondaryodagi 
Sariosiyo va Yurchida Q oratog4 Io‘lilari yashagan, shuningdek
Surxon va Hisor vodiylarida ham ulam i uchratish mumkin edi. 
Hisorda ulam ing katta mozori, ya'ni xilxonasi ham b o ‘lgan. Olimlar 
“mahalliy 
lo‘lilar”ning 
M arkaziy 
Osiyoga Hindistondan kirib 
kelganligi va bunga ko‘p vaqt bo ‘lganligini qayd etadi. Jumladan, 
tadqiqotchi A. P. Barannikov ushbu fikmi asoslash maqsadida, 
Abulqosim Firdavsiyning “ Ш охнома” dostoniga murojaat qiladi. 
Dostonda Eron shohi Bahrom G o ‘r (V asr)ga Hindistondan tortiq 
sifatida 12 ming lo‘lilar yuborilgani haqida ma’lumot keltiriladi.
Shuningdek, lo ‘lilar to ‘g ‘risida Zahiriddin M uhammad Bobum ing 
“ Бобурнома”, A bulg‘oziy Bahodirxonning “Ш ажарайи турк” va Mir 
M uhammad Am in Buxoriyning “ Убайдулланома” asarlarida ham 
m a'lum otlar mavjud. 
Buyuk Am ir Tem um ing Hindistonga qilgan 
yurishlari davrida ham loMilaming o ‘z vatanini tark etishi kuchaygan. 
Sohibqiron 
Hindistondan 
qaytayotganida 
ko‘pIab 
ustalami 
Samarqandga olib kelgan. Ulam ing orasida lo‘lilar ham mavjud edi. 
Samarqandda Am ir Temur davrida lo‘lilar mahallasi bo‘Iganligi 
haqida ma'lum otlar mavjud. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona, 
Q o‘qon va Qarshi kabi yirik shaharlar hamda ba'zi qishloqlaming 
chekkalarida loMilaming mahalla va to ‘p (to‘por)lari bo‘lgan.
179


M arkaziy Osiyo loMilari asosan, o ‘ziga xos sheva bilan tojik tilida 
so‘zlashadi, ya’ni ular argo (o‘ziga xos jargon) uslubiga ham ega. 
Ammo, Tojikistonning Dushanbe, Hisor, KoMob va Q o‘rg ‘ontepa kabi 
hududlari, shuningdek, 0 ‘zbekistonning Buxoro viloyatida istiqom at 
qilayotgan lo iila m in g ba'zi lari o ‘zbek tilida gaplashadi.
M arkaziy Osiyo lo ‘lilarining an'anaviy m ashg‘ulotlari asosan, 
dallollik, zuluk sotish, yog‘ochlardan turli uy-ro‘z g ‘o r buyum larini 
tayyorlash, panshaxa, ketmon, g ‘ildirak to ‘g ‘i 
va gupchagini 
charxlash, do ‘ppi, belbog‘ tikish ham da qalaydan xalqa yasash 
kabilardan iborat boMgan. Shu bilan birga, zargarlik va chachvon 
tayyorlash ham ulam i faoliyatining bir qismini tashkil etgan. Ayollari 
tilanchilik, folbinlik va xalq tabobati bilan m ashg‘ul boMgan.
LoMilar asrlar davom ida ham ma yerda muttasil quvgMnda boMgan 
va och-yalahg‘och kun kechirgan. O ctm ishda loMilaming ko‘pchiligi 
ijtimoiy foydali m ehnat bilan emas, asosan, tilanchilik bilan 
shug‘ullangan. XX asrning 20-yillaridan so ‘ng lo‘lilam ing o ‘troq 
madaniy hayot kechirish va ijtimoiy foydali m ehnatga jalb etishga 
alohida ahamiyat berildi. Sho‘ro hukumati k o ‘chm anchi loMilami 
o ‘troq hayot va foydali m ehnatga jalb etish bo‘yicha muhim qarorlar 
qabul qildi. Jumladan, 1933-yilda “LoMilami ishlab chiqarish, ta'lim 
muassasalari va rahbarlik faoliyatlariga jalb etish” to ‘g ‘risidagi 
hukumat qarori hamda 1956-yilda Sobiq Ittifoq Oliy Kengashi 
Rayosati lo iila r haqida “Daydilik bilan shug‘ullanayotgan lo‘lilami 
mehnatga jalb etish haqida”gi Qonunni qabul qildi.
Markaziy Osiyo lo‘lilari vaqtlar o ‘tishi bilan o ‘troq hayot 
kechirib, turmush darajasi tobora yuksalib bormoqda. Ular hozirgi 
davrda jam oa xo‘jaliklari, shirkatlar va sanoat korxonalarida 
ishlashmoqda. Turli idoralarda faoliyat ko ‘rsatuvchi ziyoli loMilar 
qatlam salmoqli foizni tashkil etadi. Lo‘li bolalarining aksaiiyati 
maktabga jalb etilgan, yoshlari esa o ‘rta maktab va oliy o ‘quv 
yurtlarida ham ta'lim olmoqda.
LoMilarda qadimdan endogam (ichki) nikoh hukmron boMgan
biroq hozirgi kunda atrofdagi xalqlar bilan o ‘zaro munosabatlar tobora 
yaqinlashib, aralash nikohlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. 
Qadimda jamiyatdan biqiq yashagan loMilaming keyinchalik xo ‘jaligi 
va madaniyati taraqqiy etib borishi natijasida, ular atrofdagi aholiga 
yanada 
yaqinlashib, 
o‘zaro 
do‘stlik 
va 
ishonch 
yanada 
mustahkamlandi. Nikoh marosimlari asosan, xonadonlarda, yaqin


qarindoshlar ishtirokida o ‘tkaziladi. T o‘ylar qizg‘in v a j o ‘shqin o ‘tishi 
odat tusiga kirgan. T o ‘yga taniqli polvonlar ham taklif etilib, 
g ‘oliblarga ot, h o ‘kiz va pul berilgan.
L o‘lilam ing qon-qarindoshlik guruhi (to‘p, to ‘por)ga obro‘li 
oqsoqol rahbarlik qilgan. T o‘p va to ‘por shu oqsoqol nomi bilan ham 
atalgan. 0 ‘zbek xonliklarida lo‘lilaming oqsoqollari maxsus yorliq 
bilan tasdiqlangan va ularga muhim vazifalar yuklatilgan. L o ‘Iilar to ‘p 
va to‘pori oqsoqollari hamda boshqa qarindoshlari to‘y, dafh va 
boshqa marosim larda bir-birlariga har tom onlama yordam bergan. 
Katta tadbirlarga esa asosan, ota rahbarlik qilgan.
Markaziy Osiyo lo‘lilari e'tiqod jihatidan musulmon sunniylari 
hisoblanadi. Shuningdek, lo‘li!arda islomgacha bo‘lgan jin, pari, 
alvasti va ziyon-zahm at haqidagi tasavvurlar jud a kuchli saqlanib 
qolgan. 
n
L o‘lilarda s^n'atga bo‘lgan ishtiyoq tobora kuchaymoqda, “Jo ‘gi” 
qo ‘shiq dastalari xalq shodiyonalari va bazmlarda xizmat qilmoqda.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling