Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Buryatlar —
o ‘zlarini burayat deb atab,'Rossiya Federatsiyasining 
Buryatiya Respublikasining asosiy aholisi hisoblanadi. Hozirgi kunda 
ulam ing 286 ming nafar kishini tashkil qiladi. Ular Rossiya 
Federatsiyasida 461 ming, dunyo bo‘yicha esa 600 ming kishidan 
ortiq. Buryatlar (bulag‘atlar, exiritlar, harinlilar va x o‘ndxolrlar) 
M o‘g ‘ulistonning shimoli va Xitoyning shimoliy-sharqida ham 
yashaydi.
Buryatlar mongoloid irqiga mansub bo'lib, buryat tilida 
s o ‘zlashadi. Ular orasida budda, lamaizm, shuningdek, xristianlik 
(pravoslavie) tarqalgan va qadimiy diniy e'tiqodlar (shomonlik) ham 
saqlangan.
Buryatlar ikki qismga bo ‘lingan: g ‘arbiy o ‘troq chorvadorlar va 
dehqonlar. Ular XX asrning 20-30-yillarida o ‘troqlashgan.
195


Buryatlar xo ‘jaligini asosan, chorvachilik tashkil etadi, ba’zi 
tuman (aymoq)larda dehqonchilik, ovchilik va hunarm andchilik bilan 
ham shug‘ullaniladi.
Saxalar
- rus m anbalarida “yakutlar” deb qayd etilgan. Ular 
Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasining tub aholisi (466 ming) 
hisoblanadi va Rossiya Federatsiyasida saxalardan jam i 478 ming 
kishi yashaydi. Shuningdek, saxalar Am ur, M agadan va Saxalinsk 
viloyatlari, Taym ur va Evenk muxtor o ‘lkalarida ham tarqalgan. Ular 
Lena daryosi o ‘rta oqimi, Janubiy Oldan va Vilyuda, qism an 
Olekmaning quyi oqimi va chekka shimol hududlariga joylashgan.
Saxalar tili turkiy tillam ing sharqiy tarm og‘iga m ansub b o‘lib, 
saxa tilida so‘zlashadi. Dindorlari - pravoslavlar.
“ Saxa” etnonim ining kelib chiqish tarixi ju d a murakkab. Ular 
Baykal ko‘lidan Lena daryosining o ‘rta oqimi b o ‘yiga k o ‘chib kelib 
(X -X V asrlar), tub aholi (evenklar va yukagirlar) bilan qo‘shilib 
ketgan: M ilodning dastlabki davrida Saxa hududiga evenklam ing 
ajdodlari ko‘chib kelgan.
“ Saxa” etnonimi milodiy П asm ing birinchi yarm ida Lena 
daryosining o ‘rta oqimi va Baykal sohillaridan kelgan turkiy 
qabilalam ing qadimgi paleosiyo va tungus tillaridagi elatlam ing 
o 4zida singdirishi natijasida paydo bo ‘lgan.
X -X V asrlarda Baykal k o ‘li atrofidan kelgan turkiy qabilalar 
bilan tub aholi aralashib, saxa xalqi vujudga kelgan. XVII asrda 
saxalaming katta guruhi Lena, Yana, Indigirka va boshqa yirik 
daryolaming vodiylariga yoyilib, mahalliy aholi bilan aralashib 
ketgan. Saxalaming etnik birlashuvi XVII asm ing 20-30-yillarda 
Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin tugallangan.
Saxalar turkiyzabon xalqlardan uzoqlashib ketgan. Chorvachilik 
bilan shug‘ullansalar-da, lekin o ‘z qo‘shnilari — shim olda yashovchi 
ovchilik xo'jaligini yurituvchi kichik etnoslardan keskin farq 
qilmaydi. Shuningdek, saxalar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan 
shug‘ulanadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling