Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Balujlar.
0 ‘zlarini “baluch” yoki “baloch” deb ataydilar, asosan, 
Pokiston (6,2 mln. kishi) va Eron (2,5 mln. kishi)da yashaydi. 
Shuningdek, A fg‘oniston (567 ming), Turkmaniston (28,3 ming kishi) 
va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 9 mln. kishi 
atrofida bo‘lib, baluj tilida so‘zlashadi va islom dinining sunniy 
mazhabiga e'tiqod qiladi.
Balujlar ko‘chmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan 
shug‘ullanadi. Arab geograflarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 
balujlar Kermon (Eronning janubi-sharqidagi shahar) va uning sharqiy 
qismidagi 
Seyiston 
viloyatida 
yashagan 
hamda 
ko‘chmanchi 
chorvachilik bilan shug‘ullangan. Balujlar ushbu hududlarga arablar 
istilosidan taxminan 300 yil a w a l kelib joylashgan. Ingliz olimi M. 
Longudos Deymosning ma'lumotlariga ko‘ra, balujiaming vatani 
Shimoliy Eron bo‘lib, eftaliylaming shimoliy Eronga qilgan hujumi 
(VI asr) natijasida, ular Kermonga kocchib ketgan. Keyingi asrlarda 
yaylovlam ing tanqisligi tufayli ulami asta-sekin sharqqa siljishga 
majbur etgan. X I-X IV asrlar davomida balujlar yashagan hudud 
hozirgi Balujiston joylashgan yerlarigacha kengaygan. XIX asming 
oxiri - XX asming boshlarida Afg‘oniston va Eron Seyistonida 
yashovchi balujiaming bir qismi Turkmaniston Respublikasi, Mari va 
Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) viloyatlariga kirib kelib joylashgan.


Balujlaming 
ayrim 
guruhlari 
Farg‘ona 
vodiysi 
va 
quyi 
Qashqadaryodagi Baluch qishlog‘ida ham yashagan.
Markaziy 
Osiyo 
balujlari 
asosan, 
Turkm aniston 
(Mari 
viloyati)ning shahar va qishloqlarida joylashgan, ko‘proq Bayramali 
tumanida yashaydi. Ular qisman Tojikistonda ham yashab, asosan, 
chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Balujlaming turar-joylari boshqalam ikidan ancha farq qiladi. Ular 
orasida gedan nomi bilan mashhur bo ‘lgan uy asosiy yashash maskani 
vazifasini o‘tagan. Chodim ing ustiga echki junidan qalin qilib 
to ‘qilgan, to ‘q jigarrang to ‘qilgan mato yopilgan. Qishda yarim 
yerto‘la yoki loy suvoqdan qilingan “qora uy”larda yashagan. 
Erkaklari ishton, sholvor, oq ko‘ylak, jum ag, oq yoki qora chit 
gazlamadan tikilgan nimcha (voskat) kiyib yurgan. Oyoqlariga 
turkman poyafzalini kiyib, boshlariga qalin salla o‘raydilar.
Ayollari ham sholvor, ko‘ylak va jum ak kiyib, boshlariga ro‘mol 
o ‘raydi hamda ro‘mol ustidan durracha, ya'ni chargat va pat taqib 
oladi. Q o‘sh ro‘mol ustidan у ana chodir tashlab yuradilar.
Taomlari orasida tandir non, turli pishloqlar, qovun va tarvuzni 
ko‘p tanovul qilinadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling