Topshiriqlar variantlari:
Mavzu tarixshunosligi va adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
Mavzu doirasidagi tarixiy shaxslar biografik ma'lumotlari.
Mintaqaning markaz tomonidan totalitar boshqarilishi.
Respublikalarda milliy erkinlikning cheklanishi.
Mustaqillik uchun kurashning kuchayishi.
“Сase study”
Markaziy Osiyo respublikalarining markaz tomonidan totalitar boshqarilganligini o‘rganish. Mintaqa respublikalarida milliy erkinliklarning cheklanishiga baho berish.
Mintaqa xalqlarining mustaqilligi uchun kurashinin kuchayishini sabablarini ko‘rsatish.
Nazorat savollari:
Markaziy Osiyo mintaqasida “Sotsializmning to‘la va uzil-kesil g‘alaba”si va uning mohiyati haqida nimalar bilasiz?
Markaziy Osiyo xalqlarining adabiyoti deganda nimalarni tushunasiz?
Mintaqa xalqlarining madaniy hayoti to‘g‘risida nimalar bilasiz?
Mintaqada san'atning rivojlanishi haqida gapirib bering.
Qozog‘istonda bozor iqtisodiga o‘tish yo‘llari va uning muvaffaqiyatlari zamirida nima yotadi?
Qirg‘izistonda siyosiy beqarorlikning sabablarini aytib bering.
Turkmaniston bozor iqtisodiga qanday o‘tmoqda?
Tojikistonda I. Rahmonov hokimiyatni mustahkamlash uchun qanday ishlarni amalga oshirdi.
Markaziy Osiyo respublikalari davlat boshqaruvi shakllarini qiyosiy tahlil qiling.
Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilligini qo‘lga kiritilishida katta rol o‘ynagan tarixiy shaxslarni ayting.
Nima uchun Tojikiston respublikasida siyosiy beqarorlik kuchli bo‘ldi?
Markaziy Osiyo respublikalarining qayta qurish siyosatiga jalb etilishidan ko‘zlangan maqsad nima edi?
Qatag‘onlarning yangi to‘lqinining boshlanishi nechanchi yillardan boshlangan?
“Paxta ishi”, “o‘zbek ishi”ning o‘ylab topilishi va bu ishlarda qancha odam qoralandi?
Mintaqada milliy o‘zlikni anglash jarayonining kuchayishi qaysi voqealardan boshlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |