Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet120/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990 yillar) endi jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Xususan, bunday vazifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987 yil yanvarida yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.
Jamiyatda sodir bo‘layotgan voqyealar, hodisalarga o‘sha davrda kun tartibiga qo‘yilgan “ko‘proq demokratiya” shiori ostida baho berish rasm bo‘ldi. To‘g‘ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi. Bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o‘zgartirish haqidagi Qonun (1989 yil dekabr)ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi.
Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi: Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emas edilar.
Ma'lumki, qayta qurish “yuqoridan” boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a'zolari unga katta umid bog‘ladilar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlar kishilarda ertangi kunga “porloq kelajak” ka ishonch ruhini yanada uyg‘otdi. Biroq 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi uquvsizlik, demokratiya va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi – bularning barchasi jamiyat a'zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Bu jarayon Markaziy Osiyo respublikalarida qayta qurish siyosatining amalga oshirilish jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘ldi.
Birgina misol qayta qurish jarayoni ijtimoiy intizomni yanada mustahkamlash uchun “antialkogol kampaniyasi“ olib borilishi mobaynida Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘plab uzumzorlar yo‘q qilindi.
Qayta qurish siyosatini amalga oshirish yo‘lidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy ziddiyatlar Qozog‘istonda ham o‘zini ko‘rsatdi. 1986 yil 16 dekabrda Qozog‘iston Kompartiyasi MQ raisi D. Kunaev o‘z lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga “partiya soldati” nomi bilan mashhur bo‘lgan G. Kolbin tayinlandi. Vaholangki, D.Kunaev Qozog‘iston Kompartiyasi MQ raisligini egallagan tub millat vakili bo‘lib, aksariyat davrlarda bu lavozimni rus millatiga mansub davlat arboblari boshqarib kelishgan edi. Davlat boshqaruviga Qozog‘istonda tug‘ilmagan va yashamagan, begona millat vakilining qo‘yilishi qozoq xalqida milliy his-tuyg‘ularni junbushga keltirdi. Qozoq xalqidagi milliy uyg‘onish jarayonlarini to‘xtatib bo‘lmas edi. Qozoq xalqining milliy davlatchiligi va o‘zligini tiklash borasidagi chaqiriqlar 1986 yil 17 dekabrda Olma-Otada qozoq ishchilari va talabalarining chiqishlari bo‘lishiga olib keldi. Namoyish kuch bilan tarqatildi. Bu Sovet rahbariyatining qayta qurish siyosatining asosiy jihati bo‘lgan oshkoralik va demokratiyani qabul qilaolmasligini, ittifoqdagi xalqlarning milliy tiklanish jarayonlariga tish-tirnog‘igacha qarshi ekanligini ko‘rsatdi.
Shunga qaramasdan qozoq milliy madaniyati, adabiyoti va san'atini qayta tiklash, davlat boshqaruvini milliylashtirish borasidagi say'-harakatlar to‘xtab qolmadi, aksincha yanada jonlanib ketdi. Stalin davrida qatag‘oga uchragan qozoq adabiyotchilari, ma'rifatparvarlarining nomlari va asarlari qayta tiklandi. Milliy vatanparvarlarni o‘zida birlashtirgan “Adelat” tashkiloti Stalin totalitar rejimining Qozog‘istonga nisbatan amalga oshirgan noo‘rin siyosatlarini o‘rganish, Stalin davrida badnom qilingan tarix va madaniyatni qayta tiklashni faol o‘rgangan bo‘lsa, “Qazaq TSh” ma'rifatchilik harakati qozoq tilini qayta tiklash va rivojlantirish masalari bilan faol shug‘ullandi. Biroq madaniyati “internatsionallashib kegan” milliylikdan uzoqlashib ketgan shimol aholisini milliylashtirish muammosi hozir ham saqlanib qolmoqda.
Qayta qurish mobaynida mamlakatda ekologik muammolar ham ko‘tarib chiqildi. 1987 yilda “Balxash va Orol muammosi bo‘yicha Ijtimoiy Qo‘mita” nodavlat tashkiloti tashkil topdi. Atrof-muhit muammosi bo‘yicha shug‘ullanuvchi bunday tashkilotlar, Jambul, Toldiqo‘rg‘on, Ust-Kamenogrorsk shaharlarida ham paydo bo‘ldi. Chimkentdagi “Yashillar harakati” Pavlodarda atrof-muhitgan katta zarar yetkazayogan qo‘rg‘oshin zavodining chiqindi sexlarini yopishni talab qilishardi.
Sovet rahbariyati e'lon qilgan qayta qurish boshqa ittifoqdosh respublikalarda bo‘lgani kabi Qozog‘istonda ham mustaqil davlat maqomiga erishish yo‘lidagi kurashlarga o‘zi bilmagan holda yo‘l ochib berdi. Tabiiyki, mustaqil davlat tuzish masalasi bilan shug‘ullanuvchi siyosiy tashkilotlar, partiyalar paydo bo‘ldi. 1986 yil yozida “Jeltoksan” harakati paydo bo‘ldi. Mazkur harakat 1986 yil dekabr chiqishlarida ishtirok etgan va nohaq hibsga olinganlarni oqlab chiqdi. “Jeltoksan” harakati 1990 yilda shu nomdagi partiyaga aylandi. Partiya o‘z dasturida Qozog‘istonni SSSRdan ajralib chiqib, mustaqil davlat tuzish bosh maqsadi ekanligini e'lon qildi. Partiyaning o‘sha paytdagi lideri X. Kojaxmetov Qozog‘istonda yadro qurolini saqlab qolish, Xitoy va Rossiyaga qarshi “tiyib turuvchi vosita” sifatida foydalanish g‘oyasini partiya dasturiga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling