Birja
|
Биржа
|
Brokers
|
(lotincha “burse” - hamyon) – standartlar, ya'ni andozalar yoki namunalar bo‘yicha sotiladigan ommaviy tovarlarning muntazam foydalaniladigan savdo shakllaridan biri.
|
Bojxona
|
Таможня
|
Custom-house
|
davlat chegarasidan o‘tadigan va o‘tkaziladigan mol-mulklar hamda transport vositalarini nazorat qiluvchi, shuningdek yuk egalaridan belgilangan tartibda boj (poshlina) va boshqa yig‘imlarni undiruvchi davlat muassasasi.
|
Bosmachilik
|
Грабитель
|
Robber
|
Istiqlolchilik harakati. 1918 yilning boshidan to 1919 yilning o‘rtalarigacha Markaziy Osiyoda davom etgan xalqlarni milliy ozodlik harakatiga sovet mustamlakachiligi davrida berilgan nomi. Millat qahramonlariga nisbatan berilgan butunlay noto‘g‘ri nom.
|
Geopolitika
|
Геополитика
|
Geopolitics
|
(yunoncha “Geo” – yer va “Politike” – davlatni boshqarish san'ati, geosiyosat) – davlatlar tashqi siyosatini amalga oshirishga geografik omillar (davlat egallab turgan hududning qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik ekanligi, dengizga yaqinligi, tuprog‘ining serhosilligi, tog‘ va dashtu cho‘llarning ko‘p yoki kamligi va hokozolar) ga alohida urg‘u berish.
|
Globallashuv
|
Глобальный
|
Global
|
(globalizatsiya) – lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “qurralashuv” deb tarjima qilish mumkin.
|
|