Markaziy osiyo xalqlari tarixi


partiyalar, harakatlar, siyosiy klublar, birlashmalar soni 103 taga yetdi


Download 0.9 Mb.
bet53/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

partiyalar, harakatlar, siyosiy klublar, birlashmalar soni 103 taga yetdi. Mamlakatni mustaqil davlatga aylantirish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishga bo‘lgan intilishlar kuchayib bordi. Milliy va siyosiy uyg‘onish jarayoni faollashib borgan sari Qozog‘iston Kompartiyasining nufuzi tushib, uning davlat boshqaruvidagi roli zaiflashib bordi. Yuqoridagi ilg‘or o‘zgarishlar Qozog‘istonning mustaqil davlatga aylanishi uchun zamin tayyorladi.
Qozog‘istonda bo‘lgan milliy va siyosiy tiklanish jarayonlari Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida ham faollashdi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistonda milliy tiklanish jarayonlari tarix, madaniyat, urf-odatlarni qayta tiklash jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib bordi. Ammo bu respublikalarda kompartiya rahbariyati oshkoralikni boshqarib turar, «norasmiy elementlar» rivojlanishiga to‘sqinlik qilar va islohotlarning yo‘nalishi, muddatlari hamda ko‘lamini belgilab berardi.
70-80 yillarda Qirg‘iziston iqtisodiyoti rivojlanishi ekstensiv xarakterga ega edi. Iqtisodiyot va siyosat tizimida qayta qurish muhimligi ravshan bo‘lib qoldi. Qayta qurish davrida “Qirg‘iziston demokratik harakati” tashkiloti rol o‘ynadi.
1985-91 yillardagi qayta qurish SSSRda islom harakatining rivojlanishini yuzaga keltirdi. 1990 yilda Dushanbeda ommaviy tartisibzliklar amalga oshirildi.
Ma'muriy – buyruqbozlik, demokratiyani bo‘g‘ish, xalqlarning milliyligini yo‘q qilish siyosatidan voz kechaolmagan Sovet Ittifoqining qayta qurish siyosati amalda shu tariqa mag‘lubiyatga uchradi va Ittifoqning parchalanishini tarixiy qonuniyatga aylantirdi. Bu demokratiya, bozor iqtisodiyoti, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning yana bir g‘alabasi edi.


S Qatag‘onlarning yangi to‘lqinini boshlanishi. “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi”ning o‘ylab topilishi. Mintaqada milliy o‘zlikni anglash jarayonining kuchayishi.
J 1982 yil rahbarlikni qo‘lga olgan Y.V.Andropov mamlakatda kadrlarni tanlash va joylashtirish yo‘lida qattiqqo‘llik siyosatini kuchaytirdi. U «Partiya, davlat va mehnat intizomining har qanday buzilishiga qarshi qat’iy kurash olib borish lozim»ligini ta’kidladi. 1982 yil KPSS MQ ning plenumi ham aynan partiyada mafkuraviy, ommaviy siyosiy ishining muhim masalalariga bag‘ishlandi. Plenumning kun tartibvda KPSS MQ Bosh kotibi Y.V.Andropov ma’ruzasi asosida mafkuraviy ishdagi asosiy vazifalarni belgilab berdi. Doimiy tashviqot bilan birga iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy tartibdagi chora-tadbirlarni belgilash lozimligi aytildi. Ularni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, ijtimoiy fanlarni kengaytirish va partiya ishlariga tayyorlanayotgan kadrlarni o‘qitishda partiya faoliyatining nazariy tomonlarini chuqur singdirish va bunday tayyorlangan kadrlarni mas’ul ishlarga joylashtirib, ularning ishlashi uchun sharoitlar yaratib berishi ta’kidlandi. Mehnat intizomini mustahkamlash va kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish ishida O‘zbekiston SSR Mehnat davlat komitetiga katta vazifalar yuklatildi. U respublika korxonalari va tashkilotlarida, vazirliklarda, davlat tashkilotlari va idoralarida ishchi kuchlaridan foydalanishni davlat yo‘li bilan nazorat qilishni kuchaytirish, yangidan ishga tushiriladigan muhim ob’ektlar ro‘yxatini belgilash, ularning ishchi kuchlariga ehtiyojini aniqlab, kadrlar tayyorlash va butlashni nazorat ostiga olish kabi muammolarni hal etishi kerak edi. Uning davomi sifatida 1983 yil avgustda SSSR Ministrlar Sovetining «Mehnat intizomini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilinib, bunda mehnat intizomini butun choralar bilan yaxshilash yo‘llari ko‘rsatilib o‘tildi va uning buzilishiga qarshi kurash usullari belgilab berildi. Barcha kadrlarni, rahbar xodimlarni, mehnatkashlarni kommunistik ruhda tarbiyalashda, davlat rejalarini bajarishda mafkuraviy va tashkiliy jihatdan ta’minlashdagi ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida kadrlarning markscha-lenincha o‘quvini tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Natijada partiya g‘oyalarini o‘rganish kadrlar bilan ishlashning asosiy vazifasiga aylandi. KPSS MQ qoshidagi Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi, Oliy partiya maktabi, Respublika kompartiyalari qoshidagi partiya maktablaridan yanada keng foydalanish yuzasidan vazifalar belgilandi. Kommunistik qurilishning amaliy va nazariy o‘rganuvchilariga alohida dasturlar tuzildi. 1984 yil oktyabr oyidagi KPSS MQ plenumida bu masalaga yana alohida to‘xtalib, marksizm-leninizm g‘oyalariga, kommunizm qurilishi ishiga sadoqatlilik kadrlarning asosiy fazilati sifatida baholandi hamda xodimlar ish faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirdi. Kadrlar siyosatida nazoratning har qanday shaklini - xalq nazorati, ishchi nazorati, ma’muriyat, jamoat tartibi organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat boshqaruvning ta’sirchan omili bo‘lishi ta’kidlandi. Har bir rahbar, yuqori tashkilotlargina emas, shu bilan birga omma ham doimiy nazorat ostida bo‘lishi kuchaytirildi. Biroq rahbariyat tarafidan mavjud tizimning ichki g‘ayri-mantiqiy qurilish, inson omilining istak-mayllari inobatga olinmaganligi evaziga yo‘lqo‘yilgan xatolar uchun ko‘rsatiladigan aybnomasi, mahalliy millat rahbarlari gardaniga tushdi. Ular mamlakatda bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning asosiy sabablarini mahalliy kadrlar layoqatsizligi bilan bog‘ladi.
Markaz chizib bergan yo‘ldan borish O‘zbekiston respublikasi rahbariyatining ham asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. Oliy partiya maktabi, partiya va sovet mafkurasi kadrlar malakasini oshirish kurslarida O‘zbekiston Oliy Soveti deputatlari, qishloq partiya qo‘mitalari kengashlari raislari, viloyat partiya qo‘mitalari, Oliy sovet prezidiumlari mas’ul xodimlari o‘qitildi. Respublika partiya tashkiloti kadrlarni g‘oyaviy chiniqtirishda barcha amallarni ishga soldi. Kadrlarni partiya va davlat intizomiga qattiq rioya qilish va topshirilgan ish uchun javobgarlikni chuqurxis etish, umumiy aytganda, inson omili ikkinchi darajali bo‘lib shakllandi. Oqibatda kommunistik mafkura va hukmron g‘oya oldida fuqaro o‘zini nochor xis etadigan, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olmaydigan bo‘lib qoldi1.
Ana shunday vaziyatda xalqning erkin mehnat qilishga bo‘lgan rag‘bati so‘ndirildi. Mustaqil fikrlaydigan, yuz berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil baho beradigan, xalq manfaatini o‘ylagan, uning ongiga nur, qalbiga ziyo bag‘ishlashga intilgan, vijdon va aql bilan ishlashga, xurriyat uchun kurashga chorlagan kadrlar o‘zboshimchalikda turli xil usullar bilan ayblanib, kommunistik partiyaning chizig‘idan chiqmaydigan «kadrlar» tomonidan so‘roq-tergovga tutilar, ma’naviy jihatdan badnom qilinar, ba’zan esa hatto jismoniy mahv etilardi. Natijada bunday noxaqliklardanogoh bo‘lib turgan xalq butunlay umidsizlikka tushib, jamiyatga, partiyaga, siyosatga, davlatga ishonchi yo‘qoldi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Hayotga befarq qarash, loqaydlik aksariyat ko‘pchilikning yashash tarziga aylandi. «Sovet kishisi» o‘z soyasidan cho‘chib yashaydigan bo‘lib qoldi. Chunki yuragining tubiga qo‘rquv bilan qoziq qilib qoqilgan tobelik, mutelik tuyg‘usi uni tirik murda holiga solib qo‘ygan edi»2.
Ma’muriy - buyruqbozlik tizimi iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirishda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish borasidagi besamar urinishlar barobarida vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining yil sayin «gullab-yashnayotganligi», mutlaqo «tangliksiz» holda rivojlanayotganpigi haqidagi, KPSS tanlagan «sotsialistik taraqqiyot yo‘lining to‘g‘riligi» kabi ilgaridan hammaga ma’lum bo‘lgan aqidalar yangrashda davom etdi. Biroq sovet davlatining o‘z xalqiga nafaqat moddiy boyliklar, balki ijtimoiy kafolat va erkinliklarni ham ta’minlashga qodir emasligi kun sayin ma’lum bo‘lib bordi. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tanglik holatlari kuchayib bordi. Butun jamiyat ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Markaz M.S.Gorbachev boshchiligidagi yuqori partiya-sovet rahbariyati jamiyatda islohotlarni tezlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblardi. 1985 yilning aprelida KPSS MQning plenumida sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohotlar o‘tkazish amal qilib olindi. Bu yillardagi partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni «turg‘unlik» illatlaridan tozalashga, islohotlarni amalga oshirib, oddiy inson ehtiyojlariga alohida e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi. Kadrlar siyosatidagi eskirib qolgan shakllar va usullar, jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlarning birlikda emasligi, hokimiyat bo‘g‘inlari va iqtisodiyotni boshqarishda demokratiyaning, markaz bilan milliy o‘lkalar o‘rtasida bir nisbatning yo‘qligi, inson omilining yetarli darajada hisobga olinmaganligi qoralandi. Rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo‘l qo‘yish, mahalliy sovet organlari vakolatlari kengaytirilishi, barcha sohalarda fikr erkinligi nazarda tutilib, davlat tizimini isloh qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko‘proq mustaqillik berilishiga qaratilishi, qishloq xo‘jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan respublikalarga markaz mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkuraviy hukmronligida ma’lum bir cheklashlarni amalga oshirishi zarur edi.
1983 yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy Qo‘mitasi rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onga yo‘l ochildi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan mash'um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.
Mash'um nomlar bilan atalgan kompaniyavozlik davrida yo‘l qo‘yilgan xatolar, poraxo‘rlik, qo‘shib yozish, mansabni suiste'mol qilish kabi illatlar ochib tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq Ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga qolaversa Markazga ham tegishli edi.
Markaziy matbuotning ba'zi bir mualliflari Kavkaz, Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining yuziga qora chaplashga harakat qila boshladilar. Bu hududlarda yashagan millatlar o‘z vaqtida mavjud jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashganlar. Ular sotsialistik qonunchilikni buzilayotgani haqida Moskvaga arz qilishgan, biroq ularning o‘zlari, ya'ni “suvni loyqalatuvchilar” quvg‘inga uchraganlar.
1983 yilning oxirida respublikada juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O‘zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o‘rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling