Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
O‘zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi. 80-yillar o‘rtalarida iqtisodiy hayotda sustlashtirish mexanizmi to‘la shakllandi. 1985 yil aprelidan so‘ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. SSSRda yetishtiriladigan paxtaning 65% pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning 80-90% qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi. O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta'minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos. Paxtaning atigi 10% O‘zbekistonda qayta ishlanardi. 1981-1985 yillarda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi. 1986-1990 yillarda O‘zbekistonda po‘lat quyish kamaydi, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish 9,4 ming donadan 5,8 mingga, traktorlar 26,4 mingdan 21,1 mingga, ekskavatorlar 1576 donadan 964 ga kamaydi. 1985-1990 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida paxta va u bilan bog‘liq xo‘jalik tizimi saqlanib qolaverdi. 80-yillarning o‘rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi. 1986-1987 yillarda uning o‘sishi 10,7 foizgacha deb belgilangani holda, amalda 1,4 foizga yetdi. O‘zbekiston aholisi 6 foizga ortdi. 1988-yilgi bunday ko‘rsatkich umumittifoq ko‘rsatkichidan 3 marta kam bo‘ldi. 1986-1990 yillarda respublikaning asosiy ishlab chiqarish fondlari 21 foizga yetdi, davlat byudjetidagi daromadlar esa 7 mlrd so‘mga ko‘paydi. Iste'mol uchun sarflanadigan milliy daromad 4,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. 1988 yil O‘zbekistondagi korxonalar mahalliy byudjetga 10 mln so‘mgina mablag‘ ajratdilar. 1985-1990-yillarda qishlok xo‘jaligidagi mehnat unumdorligining o‘rtacha yillik hajmi har bir kishi-soat hisobida o‘tgan besh yildagiga nisbatan jamoa xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalarida 1,5 foizga, davlat xo‘jaliklarida esa 16,1 foizga kamaydi. 1985 yil O‘zbekistonda amalga oshirilgan mahsulot eksportining 65 foizi in'om shaklida Hindiston, Afg‘oniston, Mongoliya davlatlariga jo‘natildi. 1987 yil O‘zbekiston eksportining hajmi 32522 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 515,1 ming so‘mi Yaponiya va Turkiyaga to‘g‘ri kelardi. 1991 yil O‘zbekiston eksportining 79 foizini xom ashyo mahsulotlari, 11 foizini mashinalar, texnika vositalari, asbob-uskunalar, 6 foizini xalq iste'mol mollari, 4 foizini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi. 1985-1990-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida 70-yillar boshlarida avj olgan iqtisodiy turg‘unlik yana kuchaydi. Respublika hududining 5 foizida 65 foiz sanoat korxonalari joylashgan edi. Sanoatda qo‘l kuchi mehnati 48,7 foizni, qurilish kompleksida 51 foizni, yengil sanoatda 50 foizni, oziq-ovqat sanoatida 45,5 foizni tashkil etgan. Iqtisodiy islohotlar 1987 yil e'lon qilindi. 1986-1987 yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha birorta samarali yo‘l izlanmadi. 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun'iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo‘lib qolaverdi. 80-yillarning 2-yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta'sir etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag‘onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo‘ldi. 1990 yil o‘rtalaridan boshlabgina O‘zbekistonning yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun jiddiy harakat boshladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling