Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet58/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Turkmaniston respublikasi suveriniteti to‘g‘risidagi deklarasiya Oliy Kengash tomonidan 1991-yil avgustida qabul qilindi. Oliy Kengash kompartiya rahbari S. Niyozovni rais etib sayladi. SSSR amalda parchalanib bo‘lganidan so‘ng, 1991 yil oxirida referendum asosida Turkmaniston mustaqillikka erishdi va umumxalq saylovlarida Niyozov uning Prezidenti etib saylandi. «Biz o‘ziga xos yangi jamiyat quramiz va unga o‘z yo‘limiz bilan boramiz», - degan edi Niyozov o‘z yo‘li haqida.
Prezident turkman an'analarining tiklanishini qo‘llab-quvvatladi va ko‘pchilikka zarar yetkazmasdan islohotlarni amalga oshirish va yaqin kelajakda Iroq hujumidan qutqarilgandan keyin mashhur bo‘lgan Quvaytdagidek umumiy farovonlikni va'da qildi. Bu aholini o‘ziga rom qilar va umid uyg‘otardi.
Millatlararo mojarolar, tarqoq liberal va demokratik guruhlarning chiqishlari 90-yillarning boshida bostirildi, ularning rahbarlari hibsga olindi yoki muhojirlikka ketishdi.
Tojikistonda milliy va siyosiy tiklanish jarayonlariga diniy-radikal kuchlar aralashdi. 1991 yilda radikal demokratlar tub o‘zgarishlarni talab qilgan Demokratik partiyani tuzishdi. Shu bilan bir qatorda, musulmon jamoalar kuchaydi, masjidlar qurildi. Islom tiklanish partiyasi («Partiyai Vahdati islom») sezilarli obro‘ga ega bo‘ldi va islom aqidaparastlari guruhlari paydo bo‘ldi. Qayta qurish kompartiya tarkibida kelishmovchiliklarga olib keldi. Kutish pozitsiyasini egallagan partiya rahbariyati Oliy Kengash tomonidan tojik tilining davlat tili, deb e'lon qilinishiga rozi bo‘ldi, ammo boshqa o‘zgarishlarga to‘sqinlik qildi. 1990 yil fevralida Dushanbedagi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlarga qurolli kuchlar safarbar qilindi va o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.
Islomchilar va demokratlarning raqiblari mahalliy urug‘lar va ularning qurollangan dastalari rahbarlarini birlashtirgan Xalq frontini tashkil qilishdi. Ular tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, mamlakat shimoli - Xo‘jand shahrida Oliy Kengash chaqirishga erishishdi. Oliy Kengash raisi etib mahalliy yetakchilardan biri - I. Rahmonov saylandi va yangi hukumat tuzildi. Bu yangi hukumat Afg‘onistondagi uning dushmanlariga yaqin bo‘lgan islomchilarning kuchayishidan tashvishga tushgan Rossiya Federasiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Dushanbeda joylashtirilgan Rossiyaning 201-motoo‘qchi diviziyasi yordami bilan xalq fronti otryadlari 1992 yil dekabrida Dushanbeni qo‘lga oldi va 1993 yil bahorigacha mamlakatning katta qismini o‘z nazorati ostiga o‘tkazdi.
Islom tiklanish partiyasi va demokratlar tomonidan tashkil qilingan Birlashgan muxolifat Afg‘oniston hamda Eronda tayanch topdi. Uning otryadlari Tojikistonda harakatda bo‘ldi. Butun mamlakatni shafqatsiz fuqarolik urushi qamrab oldi. Muxolifatga yon bosgan afg‘on muhojirlari ham bu urushga aralashib turdi. Jinoiy guruhlar tartibsizliklardan foydalanib, giyohvand moddalarni yetishtirish va yetkazib berish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Muxolifatning qarshiligiga qaramasdan, 1994 yilda hukumat o‘tkazgan referendumda I. Rahmonov taklif qilgan konstitutsiya ma'qullandi. U Prezident etib saylandi. Parlament - Majlisi Oliy saylovlari ham o‘shanda boshlanib, 1995 yil fevraligacha davom etdi. Saylovni hukumat nazorat qilib bordi va Prezidentga yetarlicha xayrixoh bo‘lgan hukumat tuzildi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling