Markaziy osiyo xalqlari tarixi
S Respublikalarning Markaz tomonidan totalitar boshqarilishi. Milliylik uchun kurashning kuchayib ketishi. J
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
S Respublikalarning Markaz tomonidan totalitar boshqarilishi. Milliylik uchun kurashning kuchayib ketishi.
J Sovet davlati tomonidan 1985 yilda e'lon qilingan qayta qurish siyosati, mamlakatda qator demokratik islohotlarni o‘tkazishga harakat qilmasin o‘zini oqlamadi. Butun mamlakat bo‘ylab markazning o‘z jilovini qo‘ldan bermaslikka bo‘lgan harakati sezilib turdi. Milliy respublikalarda o‘yg‘onib kelayotgan o‘zlikni anglash jarayoniga har qanaqasiga to‘sqinlik qilish kuchayib ketdi. Qayta qurishning dastlabki davrida sho‘ro tuzumini saqlab qolish maqsadida bir taraflama ish olib borildi va ko‘proq zohiriy natija olish ko‘zlandi. Iqtisodiyot tuzilmalarini qayta qurish, ularning moddiy bazasini qaytadan tuzish, yangi texnologiyalar, yuksak boshqaruv tuzilmalarini joriy etish yo‘li bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning jadal rivojlanishini ta'minlash ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda xalq xo‘jaligini takomillashtirish yuzasidan ayrim tajribalar amalga oshirildi. Markaziy Osiyo respublikalarida bir qancha sanoat sohalari, qurilish va transport korxonalari, ko‘pgina kolxoz brigadalari, sovxozlar bo‘limlari xo‘jalik hisobi yoki brigada pudratiga o‘tkazildi. Biroq deyarli isloh qilinmagan, vazirlik va idoralarning ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan usullar bilan to‘ralarcha ish olib borishi yangi sharoitlarda xo‘jalik yuritish afzalliklarini ham, mehnat jamoalari va sotsialistik korxonalar to‘g‘risidagi Ittifoqda birinchi bor qabul qilingan qonunlarni ham yo‘qqa chiqardi. Zo‘rayib borayotgan iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik ijtimoiy adolatga siyosiy yo‘l bilan erishish mumkinligiga ishonchsizlik o‘yg‘otdi. Shu sababdan mintaqa xalqlarining ko‘pchilik qismi ro‘y berayotgan siyosiy hodisalarga befarqlik bilan qaradi. 1989 yil ikkinchi yarmidan Markaziy Osiyo xalqlarining uyg‘onishini ta'minlashga, bu respublikalarda yashab turgan barcha millat va elatlarning milliy-madaniy rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga doir ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tadbirlarni markazdan mustaqil ravishda ishlab chiqishga harakatlar kuchaydi. Ammo bu yo‘lda Markazning qarshiligi nihoyatda qattiq bo‘lishi kuzatildi. Qozog‘istonda mustaqil davlat tuzish yo‘lidagi intilishlarda qarama-qarshiliklar kuzatildi 1989 yil bahoridagi SSSR Xalq deputatlari se'zdida qatnashgan respublika vakillari sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlaridan iborat edi. Kuzda Oliy Sovet qozoq tilini davlat tili, rus tilini millatlararo so‘zlashuv tili, deb e'lon qildi. Kompartiya rahbari N. Nazarboev respublika ko‘p millatli jamiyati birligini va Gorbachyovning SSSRni saqlab qolishga urinishlarini qo‘llab-quvvatladi. Oliy Sovet 1990 yil bahorida uni Prezident etib sayladi, oktabrda esa, qarshiliklarga qaramay, Qozog‘iston suverenitetini e'lon qildi. Hukumat 70 foizi ittifoq markazi ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralarni respublika mulkiga aylantira boshladi. Moskvadagi avgust to‘ntarishini (xuntasini) respublika rahbariyati jimlik bilan kutib oldi, so‘ngra hukumat amalda tarqalib ketgan kompartiya mulkini milliylashtirdi. Qozoq va rus xalqlarini hamjihatlikka va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab qolishga chaqirgan Nazarboev 1991 yil oxiridagi umumxalq saylovlarida yana Prezident etib saylandi. Ammo Oliy Sovet Qozog‘iston mustaqilligi to‘g‘risida hammadan keyin - 1991 yil 16 dekabrda deklarasiya qabul qildi. Qirg‘izistonda yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg‘iziston demokratik harakati» mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da'vat etdi. Uning ta'sirida Oliy Kengash 1990 yil dekabrida suverenitet deklarasiyasini qabul qildi va SSSR ni konfederasiyaga aylantirishga ovoz berdi. Moskvada g‘alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo‘lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko‘ra, Oliy Kengash Qirg‘izistonning siyosiy suverenitetini e'lon qilishga va, hatto, kompartiyani taqiqlashga majbur bo‘ldi. 1991 yil oktyabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akaev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o‘tmish bilan bahslashmasdan olg‘a yurish»ga da'vat etdi. Qirg‘izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, Akaevning o‘z «jamoa»si yo‘qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko‘rsatishi hamda urug‘-aymoqlar o‘rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan millatlararo mojarolar ta'sirida murakkablashgan edi. Ammo ba'zi respublikalar uchun an'anaviy bo‘lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992 yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari - sobiq sovet-kommunist arboblar va turli urug‘larning rahbarlari ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug‘ildi. Shunga qaramasdan, 1993 yil may oyida oldinga qadam qo‘yishga, ya'ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e'tirof etildi, ammo xususiy mulk cheklab qo‘yildi. Qirg‘iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va ikki palatali parlament - Jo‘qorg‘i Kengesiga ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo‘lgan hukumat parlamentga bo‘ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o‘zgartirildi. 1994 va 1995 yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o‘zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi. Hukumatda o‘z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o‘zini himoya qilish maqsadida A. Akaev 1994 yil boshida prezidentga ishonch to‘g‘risida referendum o‘tkazdi va ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000 yildagi parlament saylovlarida Akaevni qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo‘lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akaevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akaev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000 yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to‘rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinroq kechdi. 1990 yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to‘xtagandan so‘ng, yanada tezlashdi. 1995 yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991 – 1993 yillarda Rossiya Federasiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo‘lsada, dotasiyalarning to‘xtashi va daromadning qisqarishi byudjetni parchaladi va yirik inflasiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o‘sishini to‘xtatishga urinishlari zoe ketdi. Maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va jinoyatchilikning o‘sishiga olib keldi. 1991 yildayoq hukumat Xalqaro valyuta fondi (XVF) ishtirokida xo‘jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993 yilda esa milliy valyuta - som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflasiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi. 1998 yilga kelib davlat qo‘lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o‘tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo‘lga qo‘yildi va banklar tizimi yaratildi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling