Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S XX asr so‘nggi choragi XXI asr boshlarida Sharqiy Turkiston


Download 0.9 Mb.
bet86/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S XX asr so‘nggi choragi XXI asr boshlarida Sharqiy Turkiston.
J Sharqiy Turkistonda XX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. XKP hokimiyatni to‘la egallagach, 1949 yilning 1-oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatda sotsializm qurilishini e'lon qildi. 1950 yil 30 iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln ga yer bo‘lib berildi. Xuddi shunday tadbir Sharqiy Turkistonda ham amalga oshiridi. Xitoy xalq respublikasi tashkil topgan vaqtda (1949 yil) Sinszyanning iqtisodiy ahvoli nihoyatda yomon ahvolda edi. Sanoat achinarli darajada qoloq va hatto hyech qanaqa temir yo‘l mavjud bo‘lmagan. Deyarli hyech qanday sanoat korxonasi mavjud emasdi. Ba'zi bir hududlarda oziq ovqat yetishmasligi tez-tez ocharchilikka ham sabab bo‘lgan. 1949 yil 25 sentyabr kuni hokimiyat Sinszyan tinchlik va ozodlik tashkiloti qo‘liga o‘tadi. 1955 yil 1oktyabrda Sinszyan avtonom viloyati tuzilganligi e'lon qilinadi. 1954 yilga kelganda Sinszyandagi hukumatni qizil armiya qo‘mondoni nazorat qilib turgan. Sinszyanda 1954 yil o‘rtalaridan boshlab kollektivlashtirish amalga oshirila boshlandi. Shu maqsadda 34ta sovxoz, 8 ta kolxoz tuzildi. 65% ga yaqin dehqonlar uch viloyatda ham yerlarga ega bo‘ladilar. 1956 yilgacha qishloq xo‘jaligi shirkatlari tuzildi. Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi bilan bu o‘lkada industrlashtirish ham boshlandi. Bu borada SSSR XXRga katta yordam ko‘rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi. XXRda ham xalq xo‘jaligi, SSSRda bo‘lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953-1957 yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo‘lgan xomxayollik XKP rahbariyatini (Mao Szedun boshchiligidagi) ham chetlab o‘tmadi. 1958 yilda XKP «Katta sakrash» deb atalgan (1958—1962) yangi bosh yo‘lni tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi. «Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e'lon qilingan kommunizmni qurishning asosiy vositasi haq to‘lanmaydigan mehnat bo‘lishi zarur edi. Bu narsa «uch yillik qattiq mehnat — o‘n ming yillik baxt-saodat» shiori ostida o‘tishi kerak edi. Qishloq xo‘jaligi shirkatlari o‘rniga o‘rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq kommunalari tuzildi. Bu kommunalar Tarbag‘atoy va Ilida ham kuzatildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo‘jaligi 2,5 baravar o‘sishi mo‘ljallandi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo‘ysundirildi. Ular ishga saf tortgan holda borardilar. Biroq tez orada XXRda «Katta sakrash» barbod bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Hatto, ayrim hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi. Shu tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Oqibatda Mao Szedun siyosatiga qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao Szedun siyosatini qattiq tanqid qila boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag‘on siyosatini qo‘lladi. Bu siyosat Xitoy tarixiga, «buyuk proletar madaniy inqilobi» nomi bilan kirgan. 1966 yildan boshlangan va 1976 yilgacha davom etgan «Madaniy inqilob», aslida, jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni amalda yo‘q qilishni anglatar edi. Buning oqibatida ko‘plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag‘on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi. «Xunveybin» lardan 100 mln ga yaqin kishi jabr ko‘rdi. Mamlakat 500 mlrd. yuan zarar ko‘rdi. 1976 yil sentyabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To‘rtlar to‘dasi (bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997 yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun yo‘lini xato deb e'lon qildi. «Katta sakrash» va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi 1978 yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi.
Sovet Ittifoqi parchalanib, Markaziy Osiyoda mustaqil respublikalarning tashkil topishi uyg‘ur xalqining mustaqillik uchu4n bo‘lgan kurashiga yangi turtki berdi. Uyg‘ur xalqi bugungi kunda hanuz o‘z davlatiga ega bo‘lmagan yagona yirik turkiy xalq hisoblanadi.
1992 yildan etnik ayirmachilik harakatlari boshlandi. Bu harakatlar 1997 yil G‘ulja voqealariga qadar davom etdi. Shundan so‘ng faollik bir qadar pasaydi. Ammo ba’zi uyg‘ur tashkilotlari va Xitoy hukumati o‘rtasida kurashlar davom etdi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-1997 yillar davomida Sharqiy Turkistonda Xitoy hokimiyatiga qarshi sifatida 700 dan ortiq qurolli harakatlar, portlashar sodir bo‘ldi. Faqatgina 1996 yil aprel oyining o‘zidan boshlab, 65 mingdan ortiq kishi aksil-xitoy namoyishlarida qatnashdi, 17 bor hukumat qo‘shinlari bilan qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi6.
1996-1999 yillar orasidagi kurashlarda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Hozirgi kunda terrorizmga qarshi xalqaro miqyosda kurash ketayotgan bir vaqtda ba’zi siyosatshunoslar Sharqiy Turkistonda uyg‘urlarning mustaqillik uchun siyosiy kurash kechmayapti, balki oddiy terroristik xurujlar bo‘lib, Xitoy hukumati ularga qarshi har qanday yo‘llar va usullar bilan kurashishi kerak deb hisoblay boshlamoqdalar. Bunday qarashni ba’zan xorijdagi uyg‘ur tashkilotlarining o‘zlari ham tasdiqlamoqda. Masalan, agar Iudhur Information Agency (Uyg‘ur Axborot agentligi) ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Sharqiy Turkistonda “separatizm va noqonuniy diniy faoliyatni yo‘q qilish”ga qaratilgan “Zarba” nomli xitoy kampaniyasi ketmoqda. Bu tashkilot keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu kampaniya davomida 13 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 6 mingdan ortiq o‘q otar qurol, 70 ming patron va 80 tonna portlovchi moddalar qo‘lga olingan.
Hozirgi kun Sharqiy Turkiston siyosiy hayoti keskin qarama-qarshiliklarga to‘la. Bir tomondan, Xitoy davlati iqtisodiy jihatdan borgan sari rivojlanib, mahalliy aholi turmush sharoiti yaxshilanib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Pekin Sinszyan Uyg‘ur Avtonom rayoni etnik balansi tarkibida xitoylik (xan)lar umumiy foizini oshirishga va shu yo‘l bilan Islom dini ta’sirini to‘xtatishga urinmoqda. Bu esa, faqat, radikal kayfiyatdagi xalq vakillarining ozodlik uchun kurashini kuchaytirmoqda xolos. Bu kurash portreti juda ham murakkabdir.
1992 yil dekabr oyida Istambulda bo‘lib o‘tgan “Sharqiy Turkiston” nomli Butunjahon uyg‘ur forumi uyg‘ur xalqining mustaqillik uchun kurashini qo‘llab-quvvatladi. Bu voqea rasmiy Pekin tomonidan katta norozilik bilan kutib olindi, jahon hamjamiyati esa bunga jiddiy e’tibor bermadi.
1990 yil 5 aprel Barin voqealarida ozodlik uchun kurashda milliy va diniy uyg‘unlik namoyon bo‘ldi.
Ma’lumki, separatizm, asosan, hal etilmagan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar zamirida vujudga keladi va kuchayadi. Omma esa umumiy ijtimoiy vaziyat keskin darajada yomonlashgan va siyosiy tizim bu muammolarni bartaraf etishga qodir bo‘lmay qolgan davrdagina uyg‘onadi va junbushga keladi. Shuning uchun ham, Sharqiy Turkiston iqtisodiyotidagi o‘sish radikal kayfiyatdagi insonblar safining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin.
Hech kimga sir emaski, uyg‘urlar yashaydigan hudud, butun Markaziy Osiyo kabi, Turkiya, Eron va AQShning geosiyosiy manfaatlari to‘qnashgan hudud doirasiga kiradi. XX asrning 90-yillaridan boshlab, bu davlatlar Rossiya va Xitoyning mazkur mintaqadagi ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilmoqdalar. Turkiya o‘zining panturkizm (“Sharqning barcha turklari,birlashingiz!”) g‘oyasi va Eron Islom dini orqali Sharqiy Turkistonda o‘z ta’sirlarini o‘rnatishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyat qozonmadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari esa xalqaro tashkilotlar, jumladan, xorijdagi uyg‘ur tashkilotlari orqali mintaqani o‘z ta’siri ostiga urinishi ham samarasiz ketmoqda. Buni so‘nggi paytlardagi TIbet atrofidagi mojarolardan ham bilish mumkin.
Xitoy ham o‘z navbatida bu hududni o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Xitoyliklarni bu yerga ko‘chirib olib kelib joylashtirish shu maqsad uchun qaratilgan siyosat hisoblanadi. Umuman, 2000 yilga kelib Sharqiy Turkiston aholisi tarkibi quyidagicha edi:


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling