Markaziy osiyo xalqlari tarixi


“Islamskoe gosudarstvo Afganistan


Download 0.9 Mb.
bet84/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

3.Islamskoe gosudarstvo Afganistan”. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy kafedrasida tarixiy o‘lkashunoslik fani o‘quv qo‘llanmasida “Islamskoe gosudarstvo Afganistan” mavzusi keltirilgan bo‘lib, unda sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston davlatiga kiritilishi, u yerda qo‘llanilgan qurol-yarog‘lar va harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hududlar haqida fikr yuritiladi. Bu qo‘llanma internet ma'lumotlarini to‘plash orqali 2010 yilda nashr qilingan.
4. Yu.V. Gankovskiy “Istoriya Afganistana” (Qadimgi davrdan to hozirgi kungacha)// Moskva. “Mыsl”-1982 yil. Ushbu asarda Afg‘oniston hududida qadimdan mavjud bo‘lgan davlatlar, shuningdek mustaqil afg‘on davlatining tashkil etilishi, sulolaviy urushlar, metropoliya davlatlarning bu hududni istilo etishga urinishlari, yosh afg‘onlar harakati, sovet-afg‘on munosabatlari va 1978 yildagi aprel voqyealari keltirib o‘tiladi. Mazkur mavzuni qamrab olishda 316-337-betlardan foydalanildi.
5. Mir G‘ulom Mahmud G‘ubor (1895-1978y) “Afg‘oniston dar maasiri tarix”. Qobul- hijriy 1345-yil. Mas'ul muharrirlar Yu.V. Gankovskiy, V.G.Korgun, dariy tilidan rus tiliga tarjima qiluvchi tarjimon- Mulloshoh Davlatov. Asar XX asr 20-yillarida paydo bo‘lgan intellegensiya ahli vakili bo‘lgan, AXDP a'zosi, deputat Mahmud G‘ubor tilidan hikoya qilinadi. U Omonullaxon, Bachai Sako davrlarida bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqyealarni ruhoniylarning qarshi harakatlari haqida ma'lumotlar to‘plab borgan. Kitobning to‘ldirilmagan qismi 1967 yilda nashr qilingan. Yu.V.Gankovskiy, V.G.Korgun ushbu asarni tarixshunoslik nuqtai nazari bo‘yicha tahlil etadilar. Ushbu asarning Paktiyo provinsiyasi va Bagramdagi voqyealar qismidan foydalanildi. (187-191 betlar)
6. “Istoriya Vostoka” 6-tom. “Vostok v noveyshiy period (1945-2000 g)”//Moskva-2008g. R.B.Ribakov, L.B.Alaev, V.Ya.Belokrenitskiy, D.D.Vasilev, R.G.Langa, V.V. Naumkin tomonidan yozilgan mazkur kitob Afg‘oniston tarixini 70-80-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini yoritishga xizmat qiladi. Unda Najibullo davri, A.Do‘stum, Ahmadshoh Ma'sud etnik lagerlari o‘rtasidagi kurashlar keltirib o‘tiladi. Mazkur manbaning 465-498-betlaridan foydalanildi.
7. “Understending var Afganistan” by Joseph J. Collins. Nashional Defense University Press. Washington D.C-2011ear. Asarda 1979 yil 25 dekabrda afg‘on askarlari kiyimini kiygan KGBning “Alfa” bo‘linmasining prezidentlik saroyini ishg‘ol etishidan boshlangan va 1989 yilgacha davom etgan harakatlar haqida ma'lumotlar beradi. Mazkur manbaning 25-36-betlaridan foydalanildi.
8. Sharqiy Turkistonning XX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, tashqi siyosatining ayrim yo‘nalishlari V.A.Moisevaning «Sinszyan v sovetsko-kitayskix otnosheniyax (1917-1987 gg.)» nomli maqolasida ifodalab berilgan.
9. Sharqiy Turkistonning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli 1998 va 1999 yillarda yozib nashr qilingan 2 tomlik V.A. Barminaning “Sovetskiy Soyuz i Sinszyan» monografiyasida ham ko‘rsatib berilgan.
10. “SSSR i Kitay”, Moskva-2003y. Dmitriy Borisovich Slavinskiy qalamiga mansub mazkur asarda Sobiq Ittifoqning Xitoy bilan itimoiy va iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalari, xitoy komunistlariga amaliy jihatdan yordam berganliklari keltirib o‘tilgan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling