Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S AQSh, Rossiya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlari. J


Download 0.9 Mb.
bet81/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S AQSh, Rossiya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlari.
J Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari integratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, unga mintaqadan tashqari davlatlar, xususan dunyoning rivojlangan mamlakatlari ta'siri mintaqa istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. AQSh, yevropa davlatlari Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy bu o‘rinda o‘zlarining geostrategik manfaatlari korrelyasiyasi va raqobati bilan alohida ajralib turishadi.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo energetika resurslarini o‘zlashtirishda dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro siyosiy markazlar tomonidan o‘zaro keskin kurash olib borilmoqda. Buni Rossiya va yevropa o‘rtasidagi yangi energetika siyosati borasidagi munozaralar, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi gaz tranziti borasidagi tortishuvlar, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi Turkmaniston va Qozog‘iston energiya resurslarini o‘zlashtirish borasidagi masalalar, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi energiya resurslaridan siyosiy instrument sifatida foydalanish borasidagi kurash ma'lum muammolarga sabab bo‘lmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh va Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarini mintaqaviy integratsiya istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida baholash maqsadga muvofiq.
“Sovuq urush” tugaganligiga qaramasdan AQSh Rossiya bilan geopolitik ta'sir hududlarini kengaytirish maqsadida raqobatlashib kelmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi ushbu jarayonda asosiy ob'ekt sifatidagi rollardan birini o‘ynaydi. O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiyaning mintaqadagi tashqi siyosiy passivligi natijasida AQSh bu geosiyosiy makonda o‘zining iqtisodiy va harbiy siyosiy manfaatlari uchun qulay vaziyatni yaratishga erishdi. Demokratik prinsiplarni ta'minlashga haddan oshiq urg‘u berish, xalqaro maydonda mintaqa davlatlarining milliy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamaslik, ularda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarida moddiy-moliyaviy yordamning juda ham kamligi Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasida o‘zaro ishonch va munosabatlarni kuchsizlanishiga olib keldi. Qirg‘izistondagi Botkent voqyealari va O‘zbekistonning Surxon vohasi chegara hududlarida terroristik harakatlar NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturi doirasidagi terrorizmga qarshi kurash mexanizmini ishga sola olmadi. Natijada mintaqa davlatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida yaratilayotgan yangi xavfsizlik tizimiga katta ahamiyat bermoqdalar. Shu bilan birga MDH doirasidagi Kollektiv Xavfsizlik Bitimi Tashkilotiga (KXBT) bo‘lgan yondashuv Markaziy Osiyo davlatlarida kuchaydi.
Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitining o‘ziga xosligi va Afg‘oniston hududidagi qabilalararo mojarolarning tarixiy jihatlari faqatgina terrorizmga qarshi kurashish orqali AQSh mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlay olmasligini bildiradi. Terrorizm, narkotik moddalarni noqonuniy tarzda yetishtirish va savdo sotig‘i bilan shug‘ullanish, qabilalararo qarama-qarshiliklar, qurol kontrabandasi singari xalqaro xavfsizlikka tahdidlarning o‘zaro bog‘langanligi afg‘on muammosining murakkabligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo‘jaliklari birlashuviga AQShning ular o‘rtasidagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni shakllanishiga o‘zaro ayri yondashuv siyosatini olib borishi ma'lum muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Qirg‘iziston Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo qilib olingan bir vaqtda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonning ushbu tashkilotga a'zo bo‘lishiga AQSh siyosiy kuchlari doirasida ma'lum bir ma'noda mone'lik mavjudligi o‘z ta'sirini ko‘rsatib kelmoqda. AQSh qonunchiligidan “Jekson-Venik tuzatishi”ni olib tashlamaganligi buning yaqqol misolidir.
Sobiq Ittifoq parchalanganidan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasi geosiyosiy jihatdan yana “katta o‘yin” maydoniga aylandi. Dunyoning kuchli davlatlari mintaqani o‘z ta'sirlari ostiga tushirishga intilishsa, unga kiruvchi davlatlar esa xalqaro munosabatlarda mustaqil sub'ekt sifatida shakllanishga intila boshladilar. 90-yillarda Rossiyaning mintaqada belgilovchi ta'siri ancha susayib ketgan bir vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari “katta og‘a” bilan tengma-teng munosabatlarni ro‘yobga chiqarishga intildi va buning uddasidan chiqdi. Bugungi kunda Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy rivojlanishi uchun ahamiyatga molik sohalar quyidagilardan iborat bo‘lib, bu: Aviatsiya sanoati, kosmosni tadqiq qilish, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, atom energiyasi, transport.
Markaziy Osiyo va Rossiya hamkorlik munosabatlari doirasida yaqin kelajakda rejalashtirilgan Kaspiy orqali o‘tkaziladigan gaz quvurlari mintaqa gaz va neft zahiralarini iste'molchiga yaqinlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, mavjud infratuzilmalarni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirilayotganligi ham ikki tomonlama aloqalar takomiliga xizmat qilmoqda. 2007 yil 12 mayda Rossiya, Turkmaniston, Qozog‘iston davlatlari Kaspiy chegara hududlari orqali Markaziy Osiyo “Markaz” yo‘nalishini qayta ta'mirlanishi va undan yiliga 10 mlrd kub turkman gazi Qozog‘iston orqali Rossiyaga yetkazib berilishi rejalashtirildi. Turkmaniston va Qozog‘iston hukumati mazkur gaz transportirovkasini Kaspiy dengizi suv osti quvurlari va Xitoy yo‘nalishida rivojlantirishlari mumkinligini hamda mahsulot narxini o‘zaro kelishib olishlari zarurligini ham ma'lum qilmoqdalar. Ma'lumki, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston dunyodagi juda katta energetika manbalariga ega. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy integratsiyalashuvida energetika sohasidagi mavjud muammolar ma'lum qiyinchiliklarni paydo qilmoqda. Bu bevosita mintaqa davlatlarining amalda yagona energetika tarif va tranziti doirasida kelishuvga amal qilinmayotganligi va suv ham energetikadan foydalanishda ham umumiy kelishuvga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
AQSh bilan mintaqaviy raqobatlashuv Rossiyani Markaziy Osiyodagi transport yo‘llarini o‘z geosiyosiy manfaatlariga mos shakllantirishdan to‘sib keldi. Rossiyada siyosiy barqarorlikning ta'minlanishi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik siyosatini olib borilishi unga nisbatan mintaqa davlatlarida munosabatlarni tranparenlashtirish ishtiyoqi sezilarli darajada o‘zgardi.Afg‘oniston va Kavkazorti mintaqasidagi notinchlik va qurolli mojarolarning avj olish tahdidi Transkavkaz transport koridori kelajagini tang holatga qoldirdi. Shu bilan birga AQsh Eronning atom energetikasi sohasidagi o‘zgarishlarini tashqi siyosiy siquv ostiga olishi Markaziy Osiyo davlatlarini Kichik Osiyo orqali o‘tadigan transport yo‘llarini qurish imkoniyatini chekladi. Mintaqa davlatlari uchun har qanday tashqi salbiy ta'sirdan himoyalangan transport koridorlari yo‘nalishlari faqat Rossiya hududini kesib o‘tadi. Masala shundaki, ushbu koridorlar Rossiyaning bir tomonlama ta'siri ostiga tushib qolmasligi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatlarini cheklamasligi ham maqsadga muvofiqdir.
Mustaqillikga erishilgandan so‘ng ko‘pchilik tahlilchilar va chet davlat arboblari Rossiya va Markaziy Osiyo hamkorligi uzoq muddatga bormasdan tanazzulga uchrashini bashorat qildilar. Ammo, mintaqaning geosiyosiy jihatdan muhim geografik makonda joylashganligi sababli Rossiya va mintaqa davlatlarining o‘zaro ta'sirlashuvi kamaymadi. O‘tgan asr 90-yillarida munosabatlar korrelyasiyasi bir xil ko‘rinish olsa, 2000-2001 yillarga kelib hamkorlik konstruktiv tus ola boshladi.Bunday o‘zaro hamjihatlik mintaqa davlatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi qiyinchiliklari va boshqa bir qator ichki ishlarida ba'zi bir rivojlangan davlatlarning doimiy ravishda aralashuvini bartiraf etish bilan shartlangan.
Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mintaqa davlatlarining Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), yevrAzESning o‘rni sezilarli bo‘lib kelmoqda. ShHTda xalqaro terrorizm, zo‘ravonlik ekstremizm, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish, narkotik va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xavfsizlikni boshqa yana yangi tahdidlari va shakllariga qarshi harakat qilish va ularni neytrallashtirish mexanizmlari yaratilishi hamda samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. yevrAzES iqtisodiy hamkorlik konsepsiyasi zamirida yuzaga kelgan bo‘lib, harbiy-siyosiy jabha uning faoliyatidan tashqarida. Bu ikki xalqaro tuzilmaning xavfsizlik ob'ektlari turlicha. MOHT esa bir vaqtning o‘zida yuqorida so‘z yuritilgan har ikkala tashkilot faoliyat doirasiga tegishli masalalarni qamrab oladi. Shuning uchun ham Strategik sherikchilik Bitimi va Ittifoqchilik Shartnomasida aytib o‘tilgan xalqaro tuzilmalar ichida tomonlarning umumiy manfaatlari chizgilari bo‘lishi har ikkala xalqaro shartnomaning ahamiyatini kuchaytiradi. ShHT ning xalqaro maydondagi rolini oshib borishi, yevrAzES-MOHT integratsiyasi, kelajakda xalqaro vaziyatdan kelib chiqqan holda yanada muvofiqlashuvini va Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasini faqat shu mintaqaning geografik makoni bilan cheklanib qolmasligini taqozo etadi.
Bugungi kunda xalqaro munosabatlarda yangi ko‘rinishdagi “Buyuk ipak yo‘liga” bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi bir jihatdan yangi transevroosiyo transport kommunikatsiyasi rivoji uchun tarixiy zaruriyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi qator davlatlar uchun “milliy manfaatlar” maydoni, yangi tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa bir qator bilvosita sabablar vaji yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
YEVRAZESga a'zo davlatlar har xil iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini boshdan kechirmoqdalar. Iqtisodiy taraqqiyot ko‘lamining xilma-xilligi va jahon bozorlarida narx-navrning o‘zgarib turishi hamda inflyasiya oqibatida bu tashkilotga a'zo davlatlarning eksport mahsulotlari narxining oshishiga olib kelmoqda. Jumladan: Belorussiyada dori-darmonlar, muzlatkichlar, neft mahsulotlari, yuk mashinalari va buldozerlarga ehtiyoj ham, narxlar ham oshib bormoqda. Rossiyada-neft xom ashyosi, metallurgiya mahsulotlari, temir yo‘llari va tramvay yo‘llarini ta'mirlash uchun transport vositalari, dvigetellar va elektr generatorlar, avtomobillar va oziq-ovqat mahsulotlarining tannarxlarining oshishi kuzatilmoqda. Tojikistonda-paxta tolasi, qayta ishlanmagan alyuminiy va alyuminiy mahsulotlari, oziq-ovqatlarning narxi tobora oshmoqda. Qozog‘istonda-paxta tolasi, po‘lat prokatlari, rudalar va qimmatbaho metallar konsentratlarining narxi kundan-kunga oshmoqda. Qirg‘izistonda-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari urug‘lari, tamaki mahsulotlari, paxta tolasi, qurilish materiallari va qora metallurgiya mahsulotlari narxi ham ko‘tarilib bormoqda. Shuning uchun ham integratsion jarayonlar hosilasi o‘laroq a'zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik tizimini shakllantirishga mo‘ljallangan shartnomalar bilan birga har xil huquqiy statusga ega ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tartiblar, model-qonunchilik hujjatlari ishlab chiqish ko‘payib ketdi.
Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy sheriklarining ko‘pchiligi MDH davlatlaridan so‘ng Osiyo va Tinch okeani xavzasida joylashgan Yaponiya, Malayziya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlar tashkil qiladi. Bu Markaziy Osiyo davlatlarini keng miqyosdagi iqtisodiy va investitsion aloqalar olib borishiga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyoning geosiyosiy holati undagi davlatlarning bir-biriga qarama-qarshi tashqi siyosat yuritishidan zarar ko‘radi. Buning oldini olish uchun mintaqa davlatlari xalqaro muammolarga bo‘lgan yagona tizimli yechimlarni ishlab chiqishlari va bu yechimlar tashqi siyosiy izchillik va ustuvorlik tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda onlayn tarzda efirga uzatildi. Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslariga xorijiy internet nashrlarida alohida e’tibor qaratilgan. BMT rasmiy saytida (un.org) yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini O‘zbekiston siyosati va iqtisodiyoti to‘g‘risida qisqacha sharh berishdan boshladi, oxirgi yilda mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda global o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi. «Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti". BMT bilan hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston demokratik huquq va erkinliklarni mustahkamlash sari qator muhim choralar ko‘rganini, jumladan, xorijga chiqish vizalari bekor qilinganini ta’kidladi. TASS axborot agentligi (tass.ru) O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib O‘zbekiston maqsadi demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat tub islohotlar amalga oshirayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi. «Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak», deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. U Assambleya ishtirokchilariga mamlakatning barcha hududlarida Prezident qabulxonalari tashkil etilgani haqida xabar qildi. Ularga murojaat qilgan bir milliondan ortiq fuqarolar o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi". O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining tashrifidan so‘ng inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. «Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi», deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi axborot agentligi. Davlatimiz rahbarining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga oid fikrlari ham xorij media olamida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston AQSh Prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir, deb ta’kidlaydi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). Prezident O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga bundan buyon ham hissa qo‘shadi, deb qayd etdi, deb yozadi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va valyuta siyosatining liberallashtirilishi AQSh biznes hamjamiyatida O‘zbekistonga nisbatan qiziqish uyg‘otdi", deb ta’kidlaydi. «O‘zbekiston Prezidentining Nyu-Yorkdagi nutqi – xorijda mamlakatimiz haqida shakllangan bir xil qolipdagi tushunchalarni maksimal darajada lo‘nda va ishonarli o‘zgartirganining tasdig‘idir. Mohiyatan, bu BMT Nizomida mustahkamlangan inson huquqlari ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro hamkorlik subyektlarining o‘zaro munosabatlariga doir tamoyillarga to‘liq va so‘zsiz sodiq bo‘lgan davlatning yangi qiyofasini namoyish etadi. Vaqt qat’iy chegaralangan, auditoriyada shundoq ham axborot ko‘p bo‘lsa-da, nutqda fikrlarni qisqa bayon qilish usuli e’tiborni tortadi, deb yozadi axborot portali. Pragmatik siyosiy muhitda an’anaviy ravishda yaxshi qabul qilinmaydigan uzun, tarjima qilish murakkab gaplar, tarixga nazar va lirik chekinishlar yo‘qligi e’tiborga molik. Uning hamkorlarga aytadigan har bir fikri chuqur o‘ylangan. Har bir xatboshi – u fakt yoki tezis bo‘lsin, atigi bir gapdan iborat bo‘lib, tezda xotirada muhrlanishga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev atigi bir yil ichida O‘zbekistonda aynan nimalar o‘zgargani, mamlakatni nimalar tashvishga solayotgani, mavjud global muammolar sharoitida kelajakni qanday ko‘rayotganini maksimal darajada sodda shaklda auditoriyaga yetkazishga intildi. Fikr va bayonning tiniqligi ilgari surilgan takliflar bilan birga, Prezident sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, deyishga asos beradi. Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev «Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir», dedi hamda «Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim»ligini ta’kidladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling