Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet78/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Tayanch so‘z va iboralar: Markaziy Osiyo, integratsiya, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Xitoy, AQSh, OPeK, energetika, energoresurslar, hamkorlik, o‘zaro aloqalar, transport kommunikatsiyalari. Markaziy Osiyo, diplomatik munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, geosiyosat, manfaatlar, Chet davlatlar, rivojlangan davlatlar, rivojlanish, urf-odatlar, an'analar, rasmiy tashriflar, xalqaro tashkilotlar, integratsiya, xalqaro huquq, komunikatsiyalar, siyosiy muloqotlar.


S Respublikalarning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida integratsiyalashuv jarayonlari.
J Markaziy Osiyo mintaqasida mustaqil davlatlarning o‘zaro aloqalarini rivojlantirish borasida qator amaliy ishlarni olib borayotganligi barchaga ma'lum. Bugungi kunda mintaqada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida integratsiyalashuv jarayonlari jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilmoqda. Ulardan biri transport kommunikatsiyalari tarmoqlaridagi hamkorliklar bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Transport aloqalari, ularning sifat darajasi, diversifikatsiyasi mamlakat rivojlanishining asosiy indikatorlaridan biri bo‘lib, uning regional hamda global xo‘jalik munosabatlariga qay darajada aloqador ekanligini aniqlab beradi. Ko‘p tarmoqli temir hamda avtomobil yo‘llari, truboo‘tkazgichlar va elektr tarmoqlari davlat ichida turli hududlarni tejamkorona bir-biriga bog‘lash imkonini beradi va o‘z navbatida, ularning bir maromda faoliyat yuritishiga zamin hozirlaydi. Shuningdek, bu mamlakatga davlatlararo hamkorlik hamda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar doirasida o‘zining integratsiyaviy imkoniyatlarini oshirish imkonini yaratadi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, transport aloqalarini zamonaviylashtirish va rivojlantirish masalasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ularning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati, shu qatorda, butun mintaqaning ahamiyati ko‘p jihatdan mazkur muammoning yechimiga bog‘liq.
Transport sohasi vakillarining xalqaro hamjamiyati garchi yuqori darajadagi qiziqishini yashirmayotgan bo‘lsada, biroq turlar bo‘yicha (temiryo‘l, aviatsiya, avtomobil, trubo o‘tkazgichlari) transport tizimlarining faoliyat yuritish samarasi hamda transport tizimlarining davlat ichki va xalqaro strategiyalari masalalarini turlicha muhokama qilishmoqda. Transkontinental transport-koridorlari hamda magistral trubo o‘tkazgichlari muhokamalar predmetiga aylanganda, ular alohida siyosiy keskinlik kasb etadi. Bu holatda ular diversifikatsiyasi bo‘yicha yangi transport-iqtisodiy tizimlarni qurish zarurligini ilgari surib, siyosiy tagma'no bilan milliy-davlat manfaatlari haqida so‘zlay boshlashadi.
Agar xalqaro va davlatlararo hamkorlik o‘z-o‘zini inkor etuvchi manfaatlar, kelajakdagi kelishmovchiliklar asosida olib boriladigan bo‘lsa, so‘zsiz, diversifikatsiya tizimi ahamiyatga molik bo‘lib qoladi.
Jahon iqtisodiyotining transport sohasida davlatlararo, hududlararo va transmintaqaviy integratsiyalashuvi yo‘lidan borilsa, hamkorlikdagi sarmoyalar va minimal sarf-harajatlar borasida samaraliroq yo‘llarni tanlansa, ushbu tizimni yaroqli, deb qabul qilsa bo‘ladi.
Integratsiyalar tizimi, nuqtai nazarimizga ko‘ra, xalqaro transport sohasi vakillari uchun afzalroq bo‘lib tuyuladi.
Qarama-qarshi muammolar yechimini siyosatchilar hukmiga qoldirishar ekan, transport aloqalari va transport infratuzilmalari mutaxassislari ayni damda iqtisodiyotning ushbu sohasi bo‘yicha davlatlarning o‘zaro ta'sirining yangi tamoyillarini muhokama qilish va takliflarini kiritish uchun yaxshi imkoniyatga egalar.
Biroq, bizga ayonki, transport sohasi hamjamiyatida asosiy masala – o‘zaro hamkorlik modelining qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida qarashlar umumiyligi mavjud emas. Mutaxassislarning ma'lum qismi faqat “lokomativ” davlatlarning transport imkoniyatlariga asoslanibgina ish olib borish kerak, deb hisoblasa, ularning- qolgan qismi har bir davlat, ya'ni transport-iqtisodiy jarayon sub'ekti uchun samarali vositalarni izlash yo‘lidan borish kerak, deb hisoblashadi.
“Lokomotiv”larga tayanib ish ko‘rish tarafdorlarining vajlari aniq ma'noli hamda asoslidir. Boisi, ular texnik imkoniyatlarga shunchalik tayanishadiki, soha yangi turdagi transportirovkaga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi.
Transport tizimlari rivojlanishining ikkinchi modeli yevroosiyo mintaqasida transmintaqaviy transport koridorlari hamda magistral trubo o‘tkazgigichlari ko‘rinishida tizim ishlab chiqishga asoslanadi. Shunday koridorlar uchta bo‘lishi ko‘zda tutilgan: Sharq-G‘arb, Shimol-Janub hamda qayta bunyod etilgan «Buyuk Ipak yo‘li».
Markaziy Osiyoning transport salohiyatini amalga oshirish masalasi borasida shartli ravishda ikkita o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarni ajratish mumkin. Birinchisi - Markaziy Osiyo Davlatlarining transport integratsiyalarini tezlashtirish imkoniyatlarini- topish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish. Ikkinchisi – yevroosiyo mintaqasining yirik yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchi bo‘lgan yetakchi iqtisodiy markazlari bilan transport sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning birinchisi, aynan esa, hudud ichidagi transport integratsiyasini tezlashtirish doirasida iqtisodiy va siyosiy tusdagi qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tish lozim. Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy va sanoat sohasidagi integratsiyalashuvi, ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish, savdo aloqalarini yanada rivojlantirish hamda o‘zaro sarmoya kiritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan tadbirlarni kuch bilan nazorat ostiga olish, poydevor shartlarining asosiga aylanishi kerak. Ushbu asosga tayanmasdan turib ichki hududlararo transport aloqalarini to‘liq rivojlantirib bo‘lmaydi. Aynan tarmoqlangan xo‘jalik aloqalari aloqa sohasida faqat qog‘ozlardagi emas, balki haqiqiy hamkorlik o‘rnatishga imkon beradi.
Ayni damda shunday urinishlar YeIH va ShHT singari hududiy integratsiyalashgan birlashmalarda olib borilayotgan bo‘lsa-da, ularning samarasi sezilmayapti. To‘g‘ri, qator yechimlar topilmoqda, hatto ikki tomonlama darajada ham. Ammo, ularning amaliy tatbig‘i qoniqarli darajada emas. Avvalambor, qabul qilinayotgan yechimlar mexanizmlarini yaratish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish eng og‘riqli nuqtalardan biridir. Bundan tashqari, tomonlarning yashirin ishonchsizligi ham sarmoyadorlar uchun ma'lum noqulayliklar tug‘diradi. Shu bilan birga iqtisodiy sohada hamkorlikni chuqurlashtirish salohiyati muhim. Masalan, Osiyo Taraqqiyoti Bankining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, (OTB) Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining 2007-2008 yillarda o‘sishi kutildi. 2007 yili mintaqa davlatlari YaIM 7,4-8,6% atrofida bo‘ldi.
Birinchi yo‘nalishning texnik hosilasi bo‘lgan ikkinchi shart foydalanilayotgan aloqa transportlari, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, qonuniy huquqiy asoslarni muvofiqlashtirishdir. Ta'kidlab o‘tish kerakki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari transport strategiyasida milliy va xorijiy yuk tashuvchilari uchun qulay muhit yaratish muhim ahamiyatga ega. Ushbu shartning muhimligini barcha yaxshi anglab turibdi, bu esa xususan, tariflar va soliq sohasida qonuniy hamda huquqiy asoslarni rasmiy darajada muvofiqlashtirish uchun zamin yaratadi.
Transport aloqa sohalarida integratsion jarayonlarni rivojlantirishning uchinchi sharti yangi marshrut va koridorlarni ko‘paytirish orqali jahon bozoriga yo‘l topishdir.
Yuk tashishning yangi marshrutlarini kashf etish va ular bo‘ylab tovarlar hamda insonlar tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avvalo, hududiy va xorijiy yuk jo‘natuvchi hamda qabul qiluvchilarga tanlash imkoniyati beradi, bu esa, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo transport tizimlarining haqiqiy integratsiyalashuviga olib keladi. Yuk jo‘natuvchi qulay sharoitlarni hisobga olgan holda ishonch bilan marshrutlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Masalan, o‘zbekistonlik yuk jo‘natuvchi Yevropaga eksport qilayotgan vaqti yukni yetkazishning beshta yo‘lidan birini tanlashi mumkin. Birinchi ikki yo‘l, bu Kaspiy dengizi portlari – Turkmanistonning Turkmanboshi hamda Qozog‘istonning Aktau shaharlari orqali, Astraxan yoki Janubiy Kavkaz mamlakatlari bo‘lsa, uchinchi yo‘nalish Qozog‘iston va Rossiya bo‘ylab temir yoki avtomobil yo‘llaridir. To‘rtinchisi – Turkmaniston va Janubiy Eron orqali, beshinchisi – havo yo‘llari orqali yukni manzilga yetkazish usullaridir.
Bunday ajratishlar natijasi o‘laroq xorijiy hamkorlarning bevosita ishonchi ortishi hamda Markaziy Osiyo aloqa tizimining imiji yaxshilanishi kutiladi.
Yo‘nalishlar bo‘ylab ajratilgan, ammo bir vaqtning o‘zida, integratsiyalashgan aloqa infratuzilmasi hududning tashqi siyosiy va iqtisodiy xavflarga bardoshini sezilarli darajada oshiradi. Shu tariqa, qandaydir sabab tufayli bir marshrutning ishdan chiqishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda qo‘shimcha yuklarni qabul qila oluvchi qo‘shimcha yo‘nalishdan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ushbu masalani ko‘rib chiqishda muhim jihat shundan iboratki, uni o‘ta “siyosatlashtirib” yubormaslik zarur. Yo‘nalishlarga ajratish qarama-qarshilik emas, balki raqobatga asoslanishi lozim. Shu bilan birga bozor raqobatidan cho‘chish kerak emas. Boisi, bu rivojlanishning ajralmas qismi bo‘lib, taraqqiyot bosqichining ma'lum bir bosqichida ko‘p hollarda, biznesda bo‘lgani singari yo‘naltiruv aloqalarini o‘rnatish imkonini berishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, hududning transport sohasidagi o‘zaro hamkorligi muqarrar holatdir, chunki Markaziy Osiyo davlatlarining hyech biri aloqa borasida to‘laligicha o‘zini-o‘zi ta'minlay olmaydi.
Markaziy Osiyoning transport va tranzit salohiyatidan maksimal darajada foydalanishning ikkinchi asosiy sharti yevroosiyo mintaqasining ayni damda eng yirik yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilari bo‘lgan iqtisodiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdir. Bular birinchi navbatda yevropa Ittifoqi va janubiy hamda janubi-sharqiy Osiyo, Uzoq va Yaqin Sharq, MDH davlatlaridir. Hozirgi kunda ushbu yetakchi mintaqaviy bozorlar o‘rtasidagi tovar almashinuvi bir yilda 600 mlrd. dan ortiqni tashkil etmokda. Ichki mintaqaviy aloqalarning sust rivojlanishi, xavf-xatarlarning mavjudligi, transportirovkaga baland narxlar qo‘yilishi natijasida yuklarning asosiy qismi dengiz transporti, xususan, Hind okeani orqali tashiladi. Bugungi kunda ushbu aloqalar jahonda ahamiyati bo‘yicha Atlantika va Tinch okeanidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Hind okeaniga jahon tovar aylanmasining 30 foizi to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga Osiyo va yevropaning tovar aylanmasi kelgusida yuqori o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etishi kutilar ekan, tahmin qilish mumkinki, Hind okeani aloqalari yuklar tashish bo‘yicha ma'lum qiyinchiliklarga duch keladi. Tabiiyki, bu yerda Mallak bo‘g‘ozi va Suesh kanali singarilarning o‘tkazish xususiyati sustligi pand beradi.
Turkiyaning Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlaridagi holat ham ushbu muammo vujudga kelishi muqarrar ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu bo‘g‘ozlar tobora ortib borayotgan Rossiya va Qozog‘iston nefti tranzitini ta'minlab berish bo‘yicha qator jiddiy muammolarga duch kelmoqda.
Shu tariqa, Markaziy Osiyo ikki istiqbol oldida turibdi, deb aytish mumkin: ularning biri bugungi kunda janubiy okean-yo‘lidan o‘tkazilayotgan yuklarni o‘ziga jalb etish va G‘arb-Sharq hamda Shimol-Janub yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha hajmda o‘tkaziluvchi yuklarni tashishda ishtirok etish. Markaziy Osiyoning tabiiy ustunliklaridan biri shundan iboratki, u G‘arbiy yevropa va Xitoy, Shimoliy yevropa hamda Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo o‘rtasida geografik jihatdan qulay joyni egallagan. Bu esa janub tomondan yevrosiyoni aylanib o‘tishi kerak bo‘lgan yuklar transportirovkasi vaqtini ancha tejaydi.
Masalan, agar an'anaviy dengiz yo‘li orqali Osiyodan yevropaga yuklar o‘rtacha hisobda 30-35 kunda olib o‘tilsa, Markaziy Osiyoning dengiz va temir yo‘llari orqali olib o‘tiladigan “Shimol-Janub” yo‘nalishi bo‘yicha ushbu amallarni 10-12 kun barvaqtroq amalga oshirsa bo‘ladi.
Shu jihatdan qaraganda, yuk jo‘natuvchilar va tranzit mamlakatlar uchun ma'qul keladigan narxlarda vaqt va geografik omillarga tayangan holda foydani muvofiqlashtirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Biroq Markaziy Osiyo aloqalari bugungi kunda, ayniqsa, muammoli hududlarda kamchiliklarsiz, ayni kelishilgan narxlarda ishni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Agar ushbu band bo‘yicha o‘zaro ta'sirning yuqori samarali darajasiga erisha olish mumkin bo‘lsa, aytaylik, “Shimol-Janub” yo‘nalishi bo‘yicha har bir konteynerdan 2 ming. dollar tejalganda, bu hududiy va ichki mintaqaviy aloqalar foydasi bo‘lardi.
Tranzit-davlatlar ham sezilarli daromadlarga erishgan bo‘lardi. YEIH bosh kotibi Grigoriy Rapota ta'kidlaganidek, Sharqiy Osiyodan Shimoliy yevropaga yuborilayotgan yuklarning 1 % gina mazkur tashkilotga a'zo davlatlar hududidan o‘tadi. Agar YeIH a'zo davlatlar o‘z transport salohiyatini rivojlantirishga harakat qilishsa, yuklar hajmi 10 % gacha ortishi mumkin. Pullarga hisob-kitob qilinganda ushbu mablag‘ milliardlab dollarlarni tashkil etadi.
Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini ko‘rib chiqar ekanmiz, uning trubo o‘tkazgich va elektroenergiya sektorini jamlagan energetika sohasini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo bo‘ylab bir qancha kuchli gaz va neft o‘tkazgichlari, hududiy elektr o‘tkazgich liniyalari o‘tgan. Ular orasida “Markaziy Osiyo–Markaz” va “Byxopo-Upal” gaz o‘tkazgichlari, “Atirau-Samara”, “Kaspiy trubo o‘tkazgich konsorsiumi” hamda “Atasu-Alashankou” neft o‘tkazgichlari mavjud.
Shu bilan bir qatorda yaqin yillarda mavjud yuk o‘tkazish tizimlarining kengaytirilishi hamda yangilari qurilishi natijasida qo‘shimcha transport kuchlariga talab ortishi mumkin. Buning ikkita sababi bor: a) Xitoy, YeI, Hindiston hamda MDH mamlakatlarida neft, gaz va elektoroenergiya iste'molining o‘sishi; b) Markaziy, Osiyo davlatlarida uglevodorodlar olinishi, elektoroenergiya ishlab chiqarilishining oshishi rejalari.
Ushbu vajlarning keng qamrovliligini quyidagilar tasdiqlaydi. AQSh hukumatining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, XXRda 2006 yilda neft iste'moli taxminan kuniga 7,4 mln. barrelni tashkil etgan. Bu esa 2005 yildagi ko‘rsatgichga qaraganda 500 ming barrel qo‘proqdir. O‘tgan yil mobaynida jahon neft iste'molining 38 foizi Xitoy bozoriga to‘g‘ri kelgandi. Markaziy Osiyoda Qozog‘istonda neft, O‘zbekiston va Turkmanistonda tabiiy gaz ishlab chiqarilish hajmi ortishi, Tojikiston va Qirg‘izistonda yangi elektrostansiyalar qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Shu bois o‘tkazish xususiyatining ortishi, yangi transport kuchlarining ishlab chiqarilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq energiya transportirovkasi va tranzit masalasi yechimi o‘z navbatida mavjud kuchlarni yangilashga sarmoya jalb etish va yetkazish yo‘llarini diversifikatsiya qilish masalalarini ko‘ndalang qo‘yadi. Buni esa ko‘p tomonlama hamkorlik shaklisiz amalga oshirishning iloji yo‘q. Xususan, Turkmanistondan Xitoyga gaz koridorini O‘zbekiston va Qozog‘istonning ishtirokisiz amalga oshirib bulmaydi. Geografik joylashuv ham shuni taqozo qiladiki, loyihaning xom-ashyo bazasi Amudaryoning turkman sohilida joylashgan.
Shu vaqtning o‘zida energetika xom-ashyosining transport va tranzit oqimi diversifikatsiyasi o‘ta siyosiylashtirilgani bois, u geosiyosiy xavflarga to‘la. Bu o‘z navbatida, transport yunalishlari sohasida Markaziy Osiyo davlatlaridagi an'anaviy hamkorlar ishtirokida yangi loyihalarning ikir-chikirlarigacha qayta ishlanishini taqozo etadi. Hamkorlikning shunday modelini ishlab chiqish kerakki, unda barcha tomonlarning qiziqishlari inobatga olinishi, hudud uchun siyosiy havflar susaytirilishi lozim. Transport aloqalari doirasidagi yuqorida ko‘rsatilgan ikki yo‘nalish hamda Markaziy Osiyo bo‘ylab tranzit oqimining faoliyat modeli to‘g‘risida so‘z borar ekan, bugungi kunga kelib, transport sxemalari, tizimlari va koridorlarining transmintaqaviy birlashmasiga asoslangan transport tizimlari yaratish uchun asoslar allaqachon mavjud.
Ammo buning uchun, avvalo, xalqaro profil uyushmasining xalqaro yuklarning huquqiy jihatlarini zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan harakatlari zarur bo‘ladi.
Xalqaro yuklarning huquqiy kafolatlari xalqaro konvensiyalar, davlatlararo kelishuvlar, ishtirokchi-mamlakatlarning tashqi iqtisodiyot borasidagi milliy qonunchiligi asosida aniqlanadi.
Transportchilarning xalqaro faoliyati quyidagilarga asoslanadi:

  • Xalqaro yuklarni o‘tkazish kelishuvi konvensiyasi (XYuUKK);

  • YuXTK kitobi (carnet TIR) dan foydalangan holda xalqaro yuk tashish konvensiyasi, Konvensiya yozilgan yil - 1975, avtomobil, konteyner transporti orqali tashish;

  • Xalqaro dengiz, temiryo‘l va havo yo‘llari orqali yuk tashish sohasidagi asosiy kelishuvlar, xycycan Dengiz kelishuvlari bo‘yicha Gamburg qoidalari (1978 y.); Gaaga Visbiy qoidalari; Bern konvensiyasi - temir yo‘l orqali tashish qoidalari va uning qayta ishlanmasi (1980 y.);

  • Havo yo‘llari orqali yuk tashish, asosan Varshava konvensiya (1955 y.), Gvatemala protokoli. (1971 y.) va Monreal protokoli (1975 y.) ga asoslangan.

Rossiya, MDH davlatlari, Boltiq bo‘yi mamlakatlari, Polsha, Bolgariya, Mo‘g‘iliston, Xitoy, Shimoliy Koreya, Turkiya, Eron temir yo‘l orqali yuk tashishni Ittifoq yillaridan mavjud bo‘lgan, Halqaro yuk kelishuvi haqidagi kelishuv asosida amalga oshirishadi.
Yuk tashishning alohida tizimi qator transmilliy korporatsiyalar va xoldinglarning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan. Ushbu korporatsiyalar qoshidagi maxsus bo‘linmalar “o‘z” “just-in-time” (ayni muddatida) tizimlarining faoliyatini ta'minlaydi. Bunday. bo‘linmalar transport logistikasining ishlab chiqarish bilan, bo‘linishning axborot berish bilan birlashtirilishi sxemalarini ishlab chiqarishadi.
Ushbu logistika tizimlarining tajribasini murakkab infratizim sxemasida faoliyat yuritayotgan “transport koridori”ning zaruratlari uchun qo‘llasa bo‘ladi.
Misol uchun, Yaponiyaning mashhur NEC Logistics Ltd transport-tadqiqot kompaniyasini olaylik. U Yaponiyaning NEC Corporation transmilliy kompaniyasi uchun logistika xizmatlarini ko‘rsatadi: NEC Corporation firmasining “Emperowed by Innovation” deb shakllantirilgan rivojlanish konsepsiyasi logistika tizimlarining shakllanishidagi ilk bosqichga aylandi. NEC o‘zining rivojlanish tamoyilini quyidagicha atadi: Logistics, Solution, Provider (LSP), aynan esa jahon andozalaridagi logistika xizmatlariga intilish, optimal logistika yechimlarini ta'minlash, “ayni muddatida” (LT) tizimiga asoslanish.
Ammo, TMK qoshidagi yirik tizimlarning tajribasiga qaramay, ular mahalliy sanaladi va ularning faoliyati butun transport koridorining maqsad va vazifalarni birlashtirishga emas, balki buyurtmachi, ya'ni korporatsiyaning shartlarini bajarishga qaratilgan.
Transport aloqalar tizimida faoliyat yurituvchi olim va amaliyotchilar qo‘shni davlatlar va iqtisodiy hamkor mamlakatlar o‘rtasidagi rivojlanish strategiyasini sinxronlashtirish haqida o‘ylashlari lozim.
Hozirgacha esa davlatlararo logistika sxemalari ishlab chiqish a'zosiga aylanishdan tashqari hyech bir davlat milliy-davlat talablari to‘siqlarini bosib o‘tolmagan.
Shu tariqa, aksar yuk oqimining aniq yo‘nalishi, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etayotgan qator davlatlar uchun dengiz yo‘lining o‘rnini bosa oladigan, mintaqa ichida haqiqatan ham yaxshi faoliyat olib boradigan, Markaziy Osiyo mintaqasidan o‘tuvchi yuk tashish yo‘nalishini topish muhim masala bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo hududidagi transport aloqalarini yuk oqimi bilan yanada faolroq ta'minlash ham ahamiyatlidir.
Shu o‘rinda g‘oyalardan biri sifatida O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo uchun logistika markazini tashkil etish fikrini ham ko‘rib chiqish mumkin. U Shimol-Janub yo‘nalishi bo‘yicha yuk transportlarini boshqara olishi qator transport bog‘lovlarining yechimini o‘zida mujassam etishi, qayta eksport sohasida turli xalqaro kompaniyalar uchun maydon sifatida chiqa olishi darkor.
Mazkur logistika markazi geografik joylashuv foydalari va qator iqtisodiy hamda transport-tranzit masalalarini uyg‘unlashtira olishi, allaqachon mavjud modellar bo‘yicha rivojlanishi mumkin. Ayni holatda Dubay arab mamlakatini na'muna qilib olish mumkin. O‘zining geografik jihatdan qulay joylashuvi hamda yuk transportlari borasidagi egiluvchan siyosat tufayli ushbu davlat yuk tashish operatsiyalari borasida Yaqin Sharq davlatlari ichida yetakchiga aylandi. Bugungi kunda Dubay kompaniyalari orqali Fors ko‘rfazi hududidagi 50 % dengiz yuklari o‘tkaziladi.
Hatto Latviyaning Ventspils porti ham ayni na'muna bo‘la oladigan modeldir. U G‘arbiy yevropa va MDH davlatlari o‘rtasida yuk aylanish borasida yetakchi logistika markazi hisoblanib, qator qulay logistika sharoitlarini yaratib berar ekan, Markaziy Osiyo - yevropa bo‘ylab tobora ko‘p tranzit va qayta eksport xajmini oshirmokda.
Bunday hamkorlik aloqalarini Markaziy Osiyo davlatlari misolida ham ko‘rish mumkin. O‘zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma'naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an'analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh o‘zbek va turkman xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san'atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarimizning boy merosi o‘zbek va turkman xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan O‘zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mamlakatlarimiz mustaqillikka erishgach, ikki davlat o‘rtasidagi an'anaviy ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqador yangi zamon ruhida rivojlanib bormoqda. Siyosiy, savdo iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishni ikki mamlakat ham ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida qaror topgan samimiy va ishonchga asoslangan munosabat, turli darajadagi muntazam siyosiy muloqotlar buning yaqqol dalilidir.
1991 yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat raxbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga 6 marta kelgan bo‘lsa, O‘zbekiston Prezidenti 5 bor Turkmanistonga tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi. 2010 yilning oktyabr oyida navbatdagi oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi - O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari yakunida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamqorlikni yanada kengaytirishga bo‘lgan intilishlarini tasdiqladilar va ikki do‘st davlatning erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan davlatlararo va hukumatlararo munosabatlar «mexanizmlarini rivojlantirishga intilishini ta'kidladilar.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy Toshkent va Ashxobodning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘oniston muammosini xalqaro tuzilmalar va ushbu mamlakat bilan qo‘shni davlatlar ishtirokida hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonini jadallashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, uyushgan transmilliy jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalarida qarashlari bir-biriga yaqin va o‘xshashdir. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlik mamlakatlarimizning xalqaro maydondagi amaliy va samarali hamkorligiga misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyodagi suv-energetika sohasidagi muammolarga oid masalalar bo‘yicha ushbu muammolarni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan norma va prinsiplari asosida, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari va roziligini inobatga olgan holda muhokama etish lozim, degan qat'iy umumiy pozitsiyani namoyon etmoqda.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami ham keng. Joriy yilning fevral oyida navbatdagi, oltinchi majlisi-o‘tkazilgan O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining samarali faoliyati ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2010 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 200 million AQSh dollarini tashkil etdi. Lekin, bu hali O‘zbekiston va Turkmaniston imkoniyatlariga to‘la mos ko‘rsatkich emas.
O‘zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish va uzatish borasida dunyodagi yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Energiya manbalariga talab yil sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatlarimizning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. Mamlakatlarimiz muntazam yuk tashishda uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini o‘tayotgani O‘zbekiston va Turkmanistonning katta transport salohiyatidan dalolatdir.
Bu haqda so‘z ketganda, Ashxobodda “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar” yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bitimning tarixiy ahamiyatini alohida qayd etish joiz. Ushbu transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilning oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Mazkur ko‘p tomonlama loyihaning hayotga tatbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazining barcha mamlakatlari foyda topadi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. Ushbu sohadagi hamkorlik haqida so‘z borganda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi asnosida imzolangan Madaniy-gumanitar sohada 2011-2013 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ta'kidlash lozim. Dastur doirasida O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san'at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib qyelmoqda. Xususan, Turkmanistonlik san'atkorlar Samarqandda o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilaridir.
Toshhovuzda 2010 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan yorqin va unutilmas voqyealarga boy bo‘lgan O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali xalqlarimizning boy va o‘ziga xos madaniyati namoyishiga aylandi. Ushbu forum mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdagi mushtarak intilishlarining ifodasi, o‘zbek va turkman xalqlari azaliy do‘stligining yorqin ramzi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yil 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida O‘zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan. Prezidentimizning mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi. 
Bu yaqinlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga asos bo‘lmoqda. O‘zbekiston – Turkmaniston aloqalari 2007-yilda imzolangan Do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma asosida izchil taraqqiy etmoqda. 
Oliy darajadagi tashriflar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada ekanidan dalolatdir. O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining bu galgi uchrashuvi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan o‘zaro manfaatli va faol muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. 
O‘g‘uzxon saroyida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka muzokarasi bo‘ldi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. 
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida mustahkam hamkorlik qaror topganini, bu tashrif izchil rivojlanib kelayotgan o‘zaro manfaatli va faol muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta’kidladi.5 
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin davlat tashrifi bilan birinchi bo‘lib Turkmanistonga kelgani uchun minnatdorlik bildirib, bu tarixiy voqea mamlakatlarimiz hamkorligida foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish va aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi. 
Mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirish borasidagi maqsad va yondashuvlari mushtarakligi, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ta’kidlandi. 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Turkmanistonning tashqi siyosati betaraflik, tinchliksevarlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga qurilgan. 
O‘zbekiston va Turkmaniston xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham izchil hamkorlik qilinmoqda. 
Mamlakatlarimizning qo‘shni Afg‘onistonda faqat siyosiy yo‘l bilan barqarorlik o‘rnatilishi borasidagi fikri ham mushtarak ekanligi tasdiqlandi. Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. 
Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. 
O‘zbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi. 
Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda Turkmanistonda yashayotgan o‘zbeklar va O‘zbekistonda yashayotgan turkmanlar muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston hukumati mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa barcha millat va elatlar vakillari qatorida turkman millatiga mansub fuqarolarni ham qo‘llab-quvvatlashga, ularning har tomonlama ijtimoiy, ma'naviy va madaniy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Bu milliy madaniyat, ona tili, urf-odat va an'analarni saqlash va rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 170 ming aholi yashamoqda, 46 maktabda turkman tili o‘qitilmoqda, 24 maktabda o‘qish to‘liq turkman tilida olib borilmoqda.
Yurtimizda 2001 yil 7 mayda tashkil etilgan Respublika turkman madaniyat markazi tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib borilayotgan 7 ta turkman milliy madaniyat markazi ish olib borayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017-yil 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-23-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasidagi ikki tomonlama muzokaralar natijalariga ko‘ra, 1998-yil 31-oktabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2013-yil 14-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga amal qilgan holda, o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralik prinsiplariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi mustahkam tarixiy aloqalar, ikki mamlakat xalqlarining ko‘p asrlik qardoshlik va hamkorlik rishtalariga tayanib, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ahil qo‘shnichilik, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarning strategik sheriklik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash asosida jadal sur’atda va izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish ikki qardosh xalqlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishiga hamda Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan holda, xalqaro maydonda yanada uzviy hamkorlik qilish va harakatlarni muvofiqlashtirishga o‘zaro intilishlarini tasdiqlab, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun oliy va yuqori darajalarda muntazam ikki tomonlama tashriflar va siyosiy maslahatlashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga hamda hukumatlar, parlamentlar va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga sodiq qolgan holda, quyidagilar to‘g‘risida bayonot beradilar: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan paytdan boshlab chorak asr mobaynida hamkorlikning turli sohalarida erishilgan salmoqli natijalarni yuqori baholaydilar hamda ikki davlat strategik sheriklik munosabatlarining yangi tarixiy davrga kirayotganini ta’kidlaydilar. 
2. Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarining mos kelishini tasdiqlagan holda, mintaqa ichki muammolarining barcha jabhalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qarorlarni kelishish va qabul qilish, eng avvalo, ushbu mintaqa davlatlari tomonidan teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birlarining manfaatlarini hurmat qilish asosida amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlaydilar. 
3. Tomonlar xalqaro siyosatning muhim masalalari bo‘yicha pozitsiyalarining yaqinligi yoki mos kelishini qayd etdilar, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga o‘zaro intilishlarini ta’kidladilar hamda xalqaro maydonda, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni jadallashtirish niyatlarini tasdiqladilar. 
4. O‘zbekiston Qozog‘istonning 2017-2018-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashiga muvaqqat a’zoligi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan ustuvor masalalarni ilgari surish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarini olqishlaydi hamda mintaqada barqarorlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash masalalari, shu jumladan, xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalari yuzasidan Qozog‘iston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdordir. Tomonlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona maqomini yanada ko‘tarish tarafdoridirlar. 
5. Tomonlar MDH davlatlarini qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik rivojini ta’minlash maqsadida MDH doirasida hamjihatlikni mustahkamlash va Hamdo‘stlik mexanizmlaridan yanada samarali foydalanishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. 
6. Prezidentlar xavfsizlik va barqarorlikka zamonaviy xuruj va tahdidlarga qarshi kurashish hamda iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga ko‘maklashadigan tashkilot sifatida ShHT kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha pozitsiyalarining yaqinligi yoki mos kelishini ta’kidladilar. Tomonlar Tashkilot Xartiyasiga muvofiq, ShHT kelgusida ham dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda blokli, mafkuraviylashgan va ziddiyatli yondashuvlarni istisno qiladigan yo‘ldan borishga sodiq qolishini tasdiqlaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida hamda 2017-yil 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha uning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 
7. Davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar asosida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotik va qurollarning noqonuniy muomalada bo‘lishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik hamda boshqa xavfsizlikka xuruj va tahdidlar bilan kurashishda maslahatlashuvlar o‘tkazish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va jadallashtirish zaruriyatini qayd etdilar. 
Ushbu maqsadlarda Markaziy Osiyo mintaqasida radikalizm ko‘rinishlari va ekstremizm tobora avj olishining oldini olish va ularga qarshi kurashishda O‘zbekiston va Qozog‘iston tegishli idoralarining birgalikdagi harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘riladi. 
8. Prezidentlar afg‘on xalqining milliy kelishuvga erishish, mamlakatni tinchlik yo‘li bilan tiklash va qayta barpo etishdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydilar hamda siyosiy-diplomatik usullardan keng foydalanish orqali Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi rolini mustahkamlash tarafdoridirlar. 
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish hamda ushbu mamlakatda tinchlikka erishish mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. 
9. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv resurslari xalqlarning umumiy boyligi va mulki ekanligini hamda millionlab insonlar taqdiri, butun mintaqa barqarorligi va farovonligi ulardan oqilona va adolatli foydalanishga bog‘liq ekanligini qayd etdilar. 
Tomonlar Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarida yangi gidrotexnik inshootlar barpo etishni boshqa manfaatdor davlatlar manfaatlariga ziyon yetkazmaydigan konstruktiv yondashuv va murosa asosida, shuningdek, transchegaraviy ta’sirga ega bo‘lgan barcha loyihalarni xolis xalqaro ekspertizadan o‘tkazish va quyi oqimda joylashgan mamlakatlar bilan kelishishni nazarda tutuvchi BMT konvensiyalarida belgilangan xalqaro suv huquqining umume’tirof etilgan normalariga muvofiq amalga oshirish lozimligi to‘g‘risidagi fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. 
10. Tomonlar ekologiya va suv xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga barham berish masalalariga ustuvor ahamiyat beradilar, maxsus qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga, ishchi guruhlar tashkil qilishga ko‘maklashadilar, atrof-muhit va suv resurslarini muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish uchun zarur choralar ko‘radilar hamda hududlar va aholining hayot faoliyatiga tahdid soladigan ekologik halokatlar va favqulodda vaziyatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatadilar. 
Tomonlar Orolni qutqarish xalqaro fondiga Orol halokati ta’siri ostida qolgan hududlarni ekologik sog‘lomlashtirishga, shuningdek, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga qaratilgan ekologik va ilmiy-amaliy loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha mintaqa mamlakatlarining birgalikdagi harakatlari uchun universal platforma sifatida qaraydilar. 
11. Tomonlar Islom hamkorlik tashkilotining (IHT), birinchi navbatda, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda musulmon davlatlarining yanada faol birgalikdagi harakatlariga ko‘maklashadigan hamda bu orqali xalqaro hamkorlik va xavfsizlikni ilgari surishga hissa qo‘shadigan nufuzli forumi sifatidagi rolini mustahkamlash maqsadida mazkur tashkilot doirasidagi sheriklikning muhimligini qayd etdilar. 
Qozog‘iston Respublikasi 2016-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» mavzusida 43-sessiyasi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga O‘zbekiston Respublikasining raisligi doirasida uning sa’y-harakatlarini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlaydi. 
O‘zbekiston tomoni 2017-yil 10-11-sentabr kunlari Ostona shahrida Fan va texnologiyalar bo‘yicha IHT birinchi sammiti o‘tkazilishini olqishlaydi hamda ushbu tadbirda ishtirok etishga tayyorligini bildiradi. 
12. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston tomoni "EKSPO – 2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasida ishtirok etishga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik izhor qildi. 
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, barqaror rivojlanish maqsadlari prinsiplari asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yuqori texnologiyali sohalar va ekologik toza ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat ustuvor qarashlarining mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etadilar. 
13. Tomonlar parlamentlararo aloqalarning faollashuvini mamnuniyat bilan qayd etadilar. Bu sohada, xususan, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari palatalari o‘rtasida yanada faol va keng qamrovli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda mavjud zaxiralar aniqlashtirildi. 
14. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojining ijobiy tendensiyalarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va ikki tomonlama savdo hajmlarining doimiy o‘sishini ta’minlashga, ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni tovar aylanmasiga jalb qilish orqali ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilishga hamda iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning uzoq muddatli shakllarini rivojlantirishga o‘zaro intilishlarini bildirdilar. 
Tomonlar tashrif davomida imzolangan 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini izchil amalga oshirish iqtisodiyotning turli sohalarida hamjihatlikni mustahkamlashga va o‘zaro tovar aylanmasini 2020-yilgacha 5 milliard AQSh dollariga ko‘tarishga turtki bergan holda, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdilar. 
15. Ikki davlat rahbarlari joriy yilning 22-23-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining o‘n oltinchi majlisi yakunlarini ijobiy baholadilar hamda savdo-iqtisodiy sohada, eng avvalo, keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali aniq natijalarga erishish maqsadida uning rolini yanada kuchaytirish zaruriyatini ta’kidladilar. 
Tomonlar transport va kommunikatsiya, qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatlari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobil, kimyo va yengil sanoat, sog‘liqni saqlash va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni jadallashtirish niyatidalar. 
16. Tomonlar ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirishga ko‘maklashadigan Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolanganini qayd etdilar. 
Tomonlar ikki mamlakat mintaqalari hamkorligining yangi shaklini amalga oshirish mexanizmini yaratish imkoniyatini o‘rganadilar. 
17. Prezidentlar ikki davlatning ulkan tranzit-transport salohiyatini hisobga olgan holda, tashqi bozorlarga eng qisqa va samarali chiqishni ta’minlovchi transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor xususiyatini qayd etdilar. 
Bu borada Tomonlar o‘z hududlaridan tashqi savdo yuklarini tranzit tashishda ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan o‘zaro preferensiyalar va qo‘shimcha chegirmalarning taqdim etilishi bu sohadagi hamkorlikni tubdan kengaytirishga hamda tranzit yuklarning salmoqli hajmlarini jalb qilishga imkon berishini ta’kidladilar. 
Tomonlar «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘li loyihasi, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining xalqaro dengiz kommunikatsiyalari va salohiyatli bozorlarga muqobil chiqishini ta’minlaydigan boshqa qo‘shma loyihalarning tez orada amalga oshishidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. 
18. Tomonlar ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qardoshlik va hamkorlikni saqlash va mustahkamlashda o‘zlarining tarixiy mas’uliyatini anglagan holda, fan va ta’lim, madaniyat va san’at, turizm va sport sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar. 
Tomonlar bundan buyon ham ikki davlat hududida istiqomat qilayotgan o‘zbek va qozoq diasporalari uchun ona tili, milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirish masalalarida qulay sharoitlar yaratib beradilar. 
19. Prezidentlar ishonch va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tgan muzokaralar yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etadilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladigan hamda ikki mamlakat qardosh xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishga ko‘maklashadigan ikki tomonlama oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Mustaqillik yillarining birinchi o’n yilligida yomonlashgan o’zaro qo’shnichilik aloqalari endi tiklanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 2018 yil 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ldi.
Prezidentlar Tojikiston rahbarining qarorgohi - «Qasri millat» hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning munosabatlari yaqin vaqt ichida strategik sheriklik darajasiga chiqadi. Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo'nalishlarda izchil rivojlantirib boradi», - deya aytib o'tdi Shavkat Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishdi. Prezidentlar Do'stlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash to'g'risida qo'shma bayonot, O'zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to'g'risidagi shartnomani imzolashdi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo'jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta`lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi davlat rahbarlarining samarali muzokaralari, ishbilarmon doiralarning bevosita muloqoti natijasida 1 milliard dollarga olib chiqiladigan bo'ldi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O'zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini o'zbek-tojik munosabatlaridagi yangi tarixiy davrning boshlanishi deb atadi. Muzokaralardan so'ng O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrini aylanib, «Do'sti» maydonidagi Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo'ydi. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Dushanbe shahrida ochilgan korxonalari milliy ko'rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurdi. Bu yerda dastlab «G'alaba - Amuzang - Xushadi» temir yo'l tarmog'ining rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Prezidentlar poyezd harakatini boshlash uchun ramziy tugmani bosishgan. Dushanbe shahrining «Ko'hi Borbad» san`at saroyida O'zbekiston va Tojikiston san`at ustalari ishtirokida konsert bo'lib o'tdi. Ushbu konsert O'zbekiston va Tojikiston xalqlari o'rtasidagi madaniy yaqinlik, do'stlik va yaxshi qo'shnilik munosabatlarining navbatdagi namoyishi bo'ldi. O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg'iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov O'zbekiston Prezidentining Ko'ksaroy qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyevga Qirg'izistonning «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi. Aynan mana shu tashrifdan so’ng o’zaro chegaralar ochildi va endi gaz yetkazib berish aynan 1-apreldan boshlab amalga oshirilmoqda. Chegaralar ochilishi ham aynan shu sanaga to’g’ri kelmoqda.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling