Markaziy osiyo xalqlari tarixi
-mavzu. MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARINING MILLIY ISTIQLOL YO‘LI. MUSTAQILLIK YILLARIDA IQTISODIY, MA'NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
18-mavzu. MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARINING MILLIY ISTIQLOL YO‘LI. MUSTAQILLIK YILLARIDA IQTISODIY, MA'NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI.
Reja: 1. Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar. 2. Mustaqillik yillarida mintaqada ma'naviy va mafkuraviy hayot. Tayanch so‘z va iboralar: Markaziy Osiyo, mustaqillik, iqtisodiyot, integratsiya, o‘zaro aloqalar, yaxshi qo‘shnichilik, madaniyat, ma'naviyat, kundalik turmush, investitsiya, qo‘shma korxonalar, tashqi savdo, yalpi mahsulot, eksport, import, do‘stona aloqalar. S Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar. J Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilliklarini birin-ketin qo‘lga kiritgach, respublikalar kundalik hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Mustaqil davlatlar iqtisodiyotidagi amalga oshirilgan va bugungi kunda ham davom etib kelayotgan islohotlar buning yaqqol misoli bo‘la oladi. Qirg‘iziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5%, qishloq xo‘jaligi 38,4%, xizmat ko‘rsatish tarmog‘i 12%, savdo 10,1% ni tashkil etadi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xo‘jaligi mashinalari, metall kesuvchi, stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va b.), rangli metallurgiya (simob, surma va ko‘rg‘oshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, ko‘n-poyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam to‘qish; asosiy markazlari – O‘sh, Bishkek), oziq-ovqat (go‘sht-sut, un-yorma va boshqalar, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Ko‘mir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, - shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil kilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida To‘qtagul, Uchqo‘rg‘on, Ko‘rpasoy, Toshko‘mir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va b. chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng iste'mol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston, Turkiya, AQSh bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – som. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 yil ikkala davlat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi. 1992 yil iyuldan Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasi, 1998 yil oktyabrdan Bishkekda O‘zbekistan elchixonasi faoliyat yuritmoqda. 2000 yil sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 yil dekabr va 1998 yil noyabrda Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. 1996 yil 24 dekabrda ikki davlat o‘rtasida imzolangan «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida»gi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar o‘rtasida gumanitar sohadagi hamkorlik to‘g‘risidagi mana shu shartnoma, 1994 yil 16 yanvarda imzolangan. Madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, ta'lim, turizm va sport bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, 1996 yil 24 dekabrda imzolangan Madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 yilgacha ikki davlat o‘rtasida ikki tomon uchun ahamiyatli bo‘lgan 181 hujjat imzolangan. 2004 yil O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSh dollarini, import 24,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Qozog‘iston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 22,2%, savdo va umumiy ovqatlanish 18,1%, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi 12,7%, transport va aloqa 11,8% ni tashkil etadi. Sanoatida yonilg‘i-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik va metalsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari-sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Oqto‘ba, Qaraganda, Oqsuv shaharlari hisoblanadi. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgan kon-metallurgiya kombinatlari), qo‘rg‘oshin-rux (Ust-Kamenogorsk, Chimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini o‘z ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temir-press uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chikarish) korxonalari Qarag‘anda, Olmaota, Ostana, Pavlodar, Ust-Kamenogorsk shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral o‘g‘it, fosfor, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola va b. ishlab chiqaradi (Qoratov, Chimkent, Taroz, Aterov). Aterov, Pavlodar shaharlarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, g‘isht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning ko‘n-poyabzal, teri-mo‘yna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida go‘sht, yog‘, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshko‘mir (Ekibastuz, Qaraganda havzalari), neft va tabiiy gaz (Mangishloq ya.o.) temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qo‘rg‘oshin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. Yiliga o‘rtacha 58,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (85,7% issiqlik elektr stansiyalarida). Irtish (Ust-Kamenogorsk, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigay) daryolarida yirik GESlar bor. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling