Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet71/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

- xorijda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish, ular yordamida jangarilar tayyorlash.
Keyingi yillarda diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, terrorchilik amaliyotida o‘z-o‘zini portlatish usulini qo‘llash harakatlariga ayollarning ko‘proq jalb qilinishi kuzatilmoqda.
Mintaqamizda bir qator diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib borishga intilmoqda. 1996 yilda tashkil topgan “O‘zbekiston islom harakati” (O‘IH) guruhining maqsadi – qurol kuchi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini birlashtiruvchi “Buyuk Islom amirligini” tiklash. Tarkibiga 1992–1993 yillarda faoliyati tugatilgan “Adolat” harakati kabi qator diniy-ekstremistik tashkilotlarning sobiq faollari kirgan, O‘IH a'zolari Birlashgan tojik muxolafati (BTM) tarafida fuqarolar urushida ishtirok etdi. Nizo hal qilinishi jarayonida O‘IH dala qo‘mondonlari Tojikiston hukumati va BTM o‘rtasida imzolagan bitim shartlarini bajarishdan bosh tortdilar va ular Tojikistonni tark etib, Afg‘oniston hududiga o‘tib ketdilar.
Jahonning qator mamlakatlarida O‘IH rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan. Chunonchi, u AQSh Davlat departamenti tomonidan tayyorlangan va Kongress tasdiqlagan xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan. Shundan kelib chiqib, tashkilotning aniqlangan barcha moliyaviy hisoblari “muzlatilgan”. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi ham o‘zining 2003 yil 14 fevraldagi qarori bilan uni terrorchilik tashkiloti sifatida e'tirof etgan. Mazkur guruh “al-Qoida” va «Tolibon» harakati bilan yaqin aloqaga ega.
“O‘zbekiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999 yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000 yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004 yili Toshkent va Buxoroda, 2005 yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006 yillari qo‘shni Qirg‘iziston, 2006 yili Tojikiston hududida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan.
“Hizb at-tahrir al-islomiy” – (“Islom ozodlik partiyasi”) tashkiloti demokratiya, konstitutsiya, saylovni inkor etadi, siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o‘rnatishni maqsad qilib belgilagan. “Hizbut-tahrir” tashkiloti asosan yashirin “xalqalar” tuzish, og‘zaki va varaqa tarqatish orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Shu bilan birga, guruh terrorchi guruhlar uchun “zombilashtirilgan” jangarilar yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, 2006 yili Iroqda o‘ldirilgan “al-Qoida”ning Iroqdagi bo‘limining rahbari Abu Muso Zarqaviy ham avval “Hizbut tahrir” a'zosi bo‘lgan. 2004 yili Rossiya, 2006 yili esa Qirg‘izistonda qo‘lga olingan “hizbchilardan” o‘q otar qurol, portlovchi moddalar va o‘q-dori topilgan.
Hanafiy mazhabi va moturidiya ta'limotiga ko‘ra, imon sharti 2 ta: Allohning birligi va Muhammad alayhissalom payg‘ambar ekaniga til bilan iqror bo‘lib, dil bilan tasdiqlash. Imom Moturidiy «Imonning joyi qalbdir», deganlar. Buyuk vatandoshimiz Abu Hafs Nasafiy aytadilar: «Mo‘minlardan bo‘lgan gunohkorlar do‘zaxda abadiy qolmaydilar. Imon Alloh taolo huzuridan kelgan narsalarga qalbdan ishonish va uni til bilan iqror qilishdir. Agar bandada shu ikki shart bo‘lsa, u bemalol men mo‘minman deyishi mumkin». Demak, din arkonlariga amal qilish imonning sharti emas va amalsiz odam kofir bo‘lmaydi, balki faqat gunohkor bo‘ladi.
Imom Moturidiy ushbu fikrlarni o‘z davrining adashgan firqalaridan - xorijiy, mu'tazila va hashviylarga raddiya sifatida asosli tarzda izhor qilganlar.
Tarixda ana shunday adashgan firqalardan biri – xorijiylar o‘z yo‘llariga yurmagan, qo‘zg‘olonlarida ishtirok etmagan musulmonlarni «imonsiz», «kofir» hisoblab, «katta gunoh» (kabira) qilganlar imondan chiqadi va ular bilan urush (jihod) olib borish kerak, deb ta'kidlaganlar.
Jaholatga qarshi ma'rifat. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to‘kilishi, obod joylar vayron bo‘lishi, aholi o‘rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat'iy kurash olib borilmoqda. Bu kurashning mohiyati, jumladan, Prezidentimizning “Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”,- degan fikrlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling