Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Ikkinchidan, deydi Yurtboshimiz, fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da'vatlariga ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini anglashimiz lozim. Bu da'vatlar oxir-oqibatda bunday odamlarning aqigagina emas, balki taqdiriga ham hukmron bo‘lib olishini yaqqol anglashimiz, ayniqsa, yoshlarimiz buni aniq tasavvur qilishi lozim. Qullarcha mutelik, shaxsning fikrlash, sa'y-harakat va tashabbus ko‘rsatish erkinligining mutlaqo cheklanishi buning eng og‘ir oqibatlaridir.
Uchinchidan, mazkur xavf-xatar mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik keltirib chiqarishda ko‘rinmoqda. Prezidentimiz bunday hol Jazoirda, Afg‘onistonda millatlarning parchalanib ketishiga olib kelganligiga e'tiborni qaratadi. To‘rtinchidan, O‘zbekistonning janubiy chegaralaridagi qo‘shni mamlakatlarda fuqarolar urushi to‘xtamay, davom etib kelayotganligi ham ushbu xavf-xatarning ko‘rinishidir. Bu holat o‘zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchilar deb hisoblaydigan, mudxish tasavvurlarini xalqimizga zo‘rlab qabul qildirishni istaydigan terrorchilar, jangarilarning yangidan-yangi avloddarini vujudga keltirmoqda. Beshinchidan, musulmon va nomusulmon mamlakatlar, ularning jamoatchiligi orasida ham O‘zbekiston haqida ko‘ngilni sovutadigan fikr tug‘dirishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Ular bizni goh dinsiz daxriylar qilib, goh esa davlatni islomlashtirishning yashirincha tarafdorlari qilib ko‘rsatishni istaydilar. Oltinchidan, islom sivilizatsiyasi bilan islomiy bo‘lmagan sivilizatsiya o‘rtasida yalpi qarama-qarshilikni shakllantirishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa jahon hamjamiyatiga qo‘shilish jarayonlariga g‘oyat salbiy ta'sir ko‘rsatmokda. Yalpi mustaqil davlatlarning qoloqligini turg‘un bir holatga aylantirmoqda. Undan ham dahshatlisi shuki, odamlarni diniy zaminda «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» yuz berishini kutishga majbur qilmoqda. yettinchidan, ommaning ongida din barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasi, degan fikrni qaror toptirishda ko‘rinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov terrorizm takomillashib, tobora xavfli tus olib borayotgani haqida jahon jamoatchiligini xormay-tolmay ogohlantirib kelmoqda. Bu hodisaning keyingi har bir bosqichi avvalgisidan yanada shafqatsizligi bilan ajralib turishini ta'kidlamoqda. Xalqaro ko‘lamdagi bu mudhish voqyeaning oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida 2000 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Zotan, bunday hujjat hali ko‘pchilik mamlakatlarda qabul qilinmagan. Jahon hamjamiyati xalqaro terrorizmning tobora noziklashib borayotgan usullariga, jumladan, kiberterrorizmga, ishga solinishi mumkin bo‘lgan biologik yoki kimyoviy yalpi qirg‘in qurollari, yadroviy texnologiyalar qo‘llanishiga qat'iyat bilan qarshilik ko‘rsatishga doimo shay bo‘lib turishi lozim. XXI asr boshiga kelib shunday dahshatli qiyofa kasb etgan terrorizmga qarshi kurash usullarini takomillashtirish, butun mutaraqqiy insoniyat kuchini avj olib borayotgan ushbu ofatga qarshi kurash borasidagi umumiy strategiyani ishlab chiqish va ishga solishga birlashtirish zarurati yuzaga keldi. Zotan, bugungi kunda, mohiyatan qaraganda, e'lon qilinmagan urush ketmoqda. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda BMTning o‘z o‘rni bor. Bugungi kunga qadar BMT terrorizmga qarshi 12 hujjat, 16 konvensiya, 2 protokol qabul qilgan. BMT Bosh Assambleyasi 2006 yil 8 sentyabrda Global kontrterroristik strategiyasini tasdiqlab, uni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. XX asrning so‘nggi yigirma yili davomida axborotlar oqimidan jangari islomning faollashuvi haqidagi ma'lumotlarni ajratib ko‘rsatish o‘ziga xos tarixiy «moda»ga aylandi. Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining islom diniga e'tiqod qilmaydigan qismiga qarshi jihod qilish shiori ostida jahon islom frontiga birlashishga urinayotgan radikal islomiy guruhlarning terrorchilik harakatlari keltirib chiqarayotgan harbiy-siyosiy mojarolar uchun aynan islom dini niqob qilib olinayotganligiga urg‘u berilmoqda. Diniy ekstremizmning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi masalasini ko‘rib chiqiщda zamonaviy Afg‘oniston muammosini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bu davlatning siyosiy tarixi «jangari islom»ning qaror topishiga, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyatga bevosita ta'sir ko‘rsatgan fojiaviy hodisalarga boy. Hozirga qadar cho‘zilib kelayotgan, ko‘pchilik tadqiqotchilar «barcha jihodlarning onasi» deb atayotgan afg‘on urushi jihoddan aqidaparastlar mafkurasini rivojlantirish hamda siyosiy maqsadlarda foydalanishda katta ahamiyat kasb etdi. Afg‘onistondagi urush muayyan g‘olib ham, mag‘lub ham bo‘lmagan zamonaviy og‘ir mojarolar namunasi bo‘lib qoldi. Bu sohadagi vaziyatning keyingi rivojini oldindan aytib, yaqin istiqbolda xalqaro terrorizm xavfi kuchayib boradi, deb taxmin qilish mumkin. Xalqaro terrorizmning mintaqaviy o‘choqlari va manbalari beqarorlik xukm surayotgan hamda terrorchilik xavfi yuqori bo‘lgan zonalarda «integratsiyalashuvi» mumkin. Mahalliy mojarolar esa terrorchilik yo‘nalishidagi yangi harakatlarni yuzaga keltiradi hamda terrorchilik tuzilmalari safi to‘ldirib borilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, jahon hamjamiyatining qutblarga ajralishi kuchayadi. Bu holat mavjud muammolarni kuch ishlatish yo‘li bilan xal etishga urinish uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi. Xalqaro terrorizmning kelib chiqishi tarixi, omillari hamda manbalari jahon hamjamiyati XXI asrda yadroviy, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi maydoni kengayishi, ularning xalqaro terrorchilar qo‘liga tushib qolishi; neft, gaz zaxiralari, uglevodorod resurslari mavjud mintaqalar atrofida yetakchi mamlakatlar strategik manfaatlari to‘qnashuvi; mintaqaviy mojarolar yechimi topilmayotgani xalqaro terrorizmning kuchayishi va kengayishi uchun qulay zamin yaratishi; diniy ekstremizmning xalqaro terrorizm bilan birlashib ketishi va buning oqibatida ayrim davlatlarda separatizm avj olishi; nodavlat xalqaro tashkilotlarning yo‘llanmalari bilan turli diniy konfessiyalar va mazxablar niqobi ostida Markaziy Osiyo davlatlariga kelib, buzg‘unchilik ishlarini olib boruvchi missionerlar va volonterlarning nazoratsiz faoliyati vaziyatni yanada keskinlashtirishi; xalqaro terrorizm faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lgan narkobiznes, qurol-yarog‘ savdosi tobora kuchayib borayotganligi, o‘z navbatida, vaziyatni keskinlashtirishi va yanada og‘irroq oqibatlarga olib kelishi singari taxdidlar bilan to‘qnashishi, bu esa xalqaro terrorizm xavfini yanada kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash, umuman olganda, xalqaro xavfsizlikni ta'minlashning universal vositasi bo‘lgan BMT hujjatlari asosida olib borilishi darkor. Shuni qayd etish zarurki, BMT, Interpol, yevropa Kengashi va yevropa Ittifoqi, MDH qatnashchilari - ichki ishlar vazirlari Kengashi, «Sakkizlik» mamlakatlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlar xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilishgan va ana shu hujjatlarga binoan faoliyat olib borishmoqda. XX asr oxiri — XXI asr boshi — ekstremizm Markaziy Osiyo hududiga tarqalgan davr. Buning bir qator ob'ektiv sabablari bor. Biroq baribir, asosiy sabab neft, gaz, boshqa ko‘plab tabiiy boyliklar zahirasiga ega bo‘lgan hamda yevroosiyoning asosiy savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan mintaqaning geosiyosiy va iqtisodiy jihatdan jozibadorligidir. Terrorchilar Markaziy Osiyoni nazorat ostiga olish maqsadida sobiq Sovet Ittifoqining yosh mustaqil davlatlarida vaziyatni izdan chiqarishga, jamiyatni ajratib yuborishga urinishdi. Hatto konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga ham intilishlar bo‘ldi. Biroq O‘zbekiston Respublikasining ko‘p millatli xalqni tanlagan istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan qaytarib bo‘lmasligini tarix ko‘rsatdi. Zero, Islom Karimov har qaysi davlat hududi chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarurligini ta'kidlab, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma'naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savolni o‘rtaga tashladilar va javobiga: «Men, hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan haqiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shunday degan bo‘lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari diniy erkinliklarga keng yo‘l ochildi. Haqiqiy diniy e'tiqod erkinligi qonun yo‘li bilan kafolatlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, shu jumladan, oliy va o‘rta mahsus diniy bilim yurtlari faoliyat yuritayotgani, fuqarolarning emin-erkin diniy amallarni bajarayotgani buning yorqin isbotidir. Biroq, bugungi kunda siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba'zi guruhlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Ekstremistlarning 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirgan terrorchilik harakatlari, 2006 yilning may oyida Qirg‘izistonning Botkent tumani va Tojikistonning Isfara tumanida chegarachilarga, avgust-sentyabr oylarida Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga qurolli hujum uyushtirishlari oqibatida begunoh odamlar xalok bo‘ldi, xalq osoyishtaligi buzildi. O‘tgan asrning 80-yillaridan Afg‘oniston diniy ekstremizm va fundamentalizmning yirik o‘chog‘iga aylandi. Ayrim yirik davlatlar o‘zlarining geosiyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish ilinjida Afg‘onistondagi radikal islomchilarni amalda qo‘llab-quvvatladi. Markaziy Osiyoga diniy ekstremizmning kirib kelishida Afg‘oniston darvoza vazifasini o‘tadi. Diniy-ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi – “xalifalik” davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. Hozirgi kunda ko‘proq “O‘zbekiston islom harakati” (ikkinchi nomi - Turkiston islom harakati), “Hizbut tahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar” va “Tablig‘chilar” kabi diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning faoliyati kuzatilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi: – “qayta qurish” davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bo‘lgach esa, mafkuraviy bo‘shliq o‘zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi; – e'tiborli diniy ulamolar o‘rnini soxta “islomchilar” egallashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib talqin qilinishi boshlandi; – aholining islom diniga bo‘lgan katta qiziqishidan foydalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi; – din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g‘arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o‘laroq shakllangan, qo‘poruvchilik maqsadini ko‘zlagan turli oqim va yo‘nalishlarga mansub xorijiy da'vatchilar mintaqaga o‘z g‘oyalarini olib kira boshladilar; – mintaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga va mintaqa bo‘ylab erkin harakat qilishga zamin yaratdi. Qisqa qilib aytganda, sovet davridan meros bo‘lib qolgan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuki yuqorida qayd etilgan sabablar bilan qo‘shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi. Umuman olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo‘ravonlikka asoslangan faol harakatlar, so‘ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yana o‘ta maxfiy ishlash asnosida targ‘ibot olib borish va qo‘poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o‘tdi, deyish mumkin. Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsad va faoliyat uslublari quyidagilardan iborat: - aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib va siyosiylashtirilgan diniy g‘oyalarni singdirish. Buning uchun aholi ichida aqidaparastlik g‘oyalari va “Hizbut tahrir” guruhining ta'limotlari da'vat qilinadi, “jihod”, “shahidlik” g‘oyalari targ‘ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalar tarqatiladi, yashirin “hujralar” tashkil qilinib, o‘qiyotganlarga mutaassib tushunchalar singdiriladi; - ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy holat, jumladan, diniy siyosat, imomlarning faoliyati bo‘yicha ig‘vo ma'lumotlar tarqatiladi, shuningdek, yashirin guruhlar tuzilib, ular tomonidan aqidaparastlik ruhidagi diniy tashviqot yuritiladi, terrorchilik amaliyotlari amalga oshiriladi; Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling