Ekzistensializm falsafasi


Download 58.34 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi58.34 Kb.
#1238195
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Suhrob Isroilov


MAVZU: Ekzistensializm falsafasi

REJA


  1. Ekzistensializm nima?



  1. EKZISTENSIONAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MASALALARINING TALQIN QILINISHI



  1. Ekzistensializm: eng muhimi haqida qisqacha

Ekzistensializm nima?


Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya Ekzistensializmning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. Ekzistensializm oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Ekzistensializm (lot. existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir.


Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.

Shunday qilib ekzistentsial psixologiya quyidagilarni oʼrganadi:

1) oʼlim, hayot va vaqt muammolarini;

2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;

3) yolgʼizlik, sevgi va muloqot muammolarini;

4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini

L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistentsial nazariyasi

Binsvanger va Boss individga xuddi buyumdek qarashga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal oqibat shaxs degumanizatsiyasi koʼrinishida namoyon boʼladi.Ular insonlarning texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va buzilishi haqida soʼz yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga koʼra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda boʼlganda, ular ham oʼzlarini ega boʼlish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin boʼlgan buyum deb hisoblay boshlashadi.

ROLLO MEY АYBDORLIK HISSINI KELTIRIB ChIQАRUVChI 3 TА VАZIYaTNI KELTIRIB OʼTАDI
-TАBIАTDАN OʼZINI АJRАLIB QOLGАNLIGINI TUShUNISh;
-YaQIN KIShILАRINING MUHTOJLIKLАRINI АNGLАGАN VАQTDАGI IMKONSIZLIK;
-АTROF OLАMNI OʼZGАRTIRIShGА BOʼLGАN ShАXSIY IMKONIYaTINING MАVJUD EMАSLIGI.
ROLLO MEY
*HАR BIR ShАXS OʼZ OLАMINI KАShF QILАDI, IXTIRO QILАDI.
*PSIXOTERАPEVTNING VАZIFАSI HАM PАTsIENTNING MАQSАDI, YOʼNАLIShLАRI VА USTАNOVKАLАRINI ShАKLLАNTIRISh QOBILIYaTIGА ERIShTIRIShDАN IBORАT.

*RАSSOMNING HАYoTI NАMUNА BOʼLIB XIZMАT QILАDI.

*NEVROZDАN XАLOS BOʼLISh, HАR BIR INSONNING OʼZ HАYoTINI АRTISTI BOʼLIShI, IJOD QILIShGА OʼRGАTIShDАN IBORАT.

*MEN HISSINI TАRKIB TOPTIRISh.

*MEN HISSI INSONNING PSIXOLOGIK HАYoTINING KELIB ChIQISh NUQTАSIDIR.

*HАR QАNDАY ShАXSNING TАRKIB TOPIShI MEN TUYGʼUSINING KАMOL TOPIShIDIR.

V.Frankl : ekzistensial taxlil va logoterapiya nazariyasi

Oʼz asarlarida Frankl butun hayotning maʼnosi emas, balki muayyan insonning muayyan momentdagi hayotining maʼnosi masalasi muhim ekanligini taʼkidlaydi. Insonning qanday qilib oʼz mohiyatini anglashini logoterapiya amaliyotida hal qiluvchi masaladir. Maʼnolar bizga berilmagan, biz oʼzimizga maʼnolarni tanlab ololmaymiz, biz faqatgina maʼnoni anglab yetishga zamin yaratuvchi chorlovni tanlashimiz mumkin. Biroq, maʼnoni toppish bu yarim ish; uni amalga


ohirish ham kerak. Inson oʼz hayotining unikal maʼnosini amalga oshirishga maʼsul.
Shunday qilib, Frankl taʼlimotining bosh tezisi: inson hayoti hech qanday shart-sharoitda maʼnosini yoʼqotmaydi; hayot mohiyati har doim topilishi mumkin.
EKZISTENSIONAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MASALALARINING TALQIN QILINISHI

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida shaxs barkamolligi, komil inson g‘oyasi turar ekan, bu masalalarni psixologik tomondan yoritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda zamonaviy psixologiya yo‘nalishlarining shaxs shakllanishi va rivojlanishi muammosiga qaratilgan ishlarini tadqiq qilish, shaxs va uning jamiyat bilan munosabatlarida muvafaqqiyatli hamkorligi, inson shaxsining ma‘naviy barkamolligi, turli hayotiy qiyinchilik va inqirozlarda adekvat yechim qidirishi hamda topa olish ko‘nikmalarini rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasiz. Psixologiyada shaxs masalalarini o‘rganishga qaratilgan bir qancha nazariyalar mavjud bo‘lib, har bir nazariya ushbu muammoga o‘z tadqiqot predmeti bo`yicha yondashadi. Jumladan, ekzistensional nazariya o‘ziga xos yondashuv uslubiga ega bo‘lib, mazkur konsepsiya markazida shaxs hayotining mazmuni turadi. "Ekzistensiya" tushunchasi ―paydo bo‗lish‖, ―vujudga kelish‖, ―shakllanish‖ ma‘nolarini anglatadi [1]. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‗plami sifatida emas, balki doim bor bo‗lgan va bo‗luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‗ynaydi


Psixologiyada ekzistensial yo‗nalish XX asrning birinchi yarmida Evropada vujudga kelgan bo‘lib, Karl Yaspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar yo‘nalish rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ekzistensional psixologiya – (lotincha existensiya –mavjud bo‗lish) ekzistensionalizm falsafasi negizida vujudga kelgan bo‗lib, konkret inson shaxsiy tajribasining umumiy sxemasi noyobligini o‗rganuvchi psixologiya sohasi [2.,5]. Uning amaliy qismi sifatida ekzistensional psixoterapiya turadi hamda ekzistensional psixologiya gumanistik psixologiya yo‗nalishiga kiradi. Bu yo‗nalishning vujudga kelishiga ekzistensionalizm falsafasi vakillaridan Seryon Kerkegor, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr va fenomenologik psixologiya vakili Edmund Gusserl o‗z hissasini qo‗shganlar. Ekzistensializm faylasuflari Yaspers, Xaydegger, Sartr, Kamyu ilohiy kuchga, insondagi ruhiy kuchga oxirgi tayanch nuqtasi sifatida murojaat qilganlar. ―Ekzistensial falsafa‖ tushunchasi nemis faylasufi va psixologi Karl Yaspers tomonidan 1931 yili ―Vaqtning ruhiy vaziyati‖ asarida keltirilgan, 1938 yilda aynan shu tushuncha yoritilgan butun asar yozgan hamda K.Yaspers ekzistensial falsafaga
asos solgan olim sifatida Kerkegorni ko‘rsatadi [4]. Psixologiyaga ekzistensial psixologiya yondashuvi nemis faylasufi va psixologi Karl Yaspers tomonidan kirib kelgan bo‗lib, ―Umumiy psixopatologiya‖ (1919), ―Tarixning ahamiyati va mazmuni‖ (1949) kabi asarlari psixiatriyadagi mavjud metodologiya va yondashuvlarni qayta ko‗rib chiqishga yo‗naltirilgan. Ekzistensional psixologiya quyidagi masalalarni o‗rganadi: 1. O‗lim, hayot va vaqt muammolarini; 2. Tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini; 3. Yolg‗izlik, sevgi va muloqot muammolarini; 4. Mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini [4]. Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining mazmuni, uni yo‗qotish, o‗zgartirish va erishishning shart-sharoitlarini o‘rganishi adabiyotlarda keltirilgan [1]. Ekzistensionalizmning markaziy tushunchalaridan biri ekzistensiya hisoblanib, ekzistensiya bu - inson borlig‗i obekt va subekt butunligining bo‗linmas, parchalanmas ekanligidir [4]. Mazkur nazariya bo‘yicha shaxs o‗zini ekzistensiya sifatida anglab, o‗z mavjudligi va o‗zida tanlovga ega bo‗lgan ozodlikni yaratadi. Ozodlikni tanlash esa individda dunyoda sodir bo‗layotgan barcha hodisalarga nisbatan mas‘uliyatni paydo qiladi.
Ekzistensiya – bu insonni o‗zini oldindan berilgan reja orqali emas, balki mustaqil, o‗zining xususiy ichki dunyosini kashf qiladigan insoniy ―Men‖i hisoblanadi. Shaxs ekzistensiyasi tushunchasi ―Men‖ning boshqalar bilan muloqoti asosida vujudga keladigan o‗z-o‗zini loyihalash, o‗z-o‗zini integratsiyalash, o‗zo‗zini refleksiyalash jarayoni sifatida tushuniladi. Ekzistensiya (mavjudlik) – bu bema‘ni (maqsadsiz, zavq-shavqsiz) hayot emas, statistikmas, balki dinamik jarayondir [5]. Shuningdek, bunda autentlik tushunchasiga ham alohida e‘tibor berilgan. Shaxsga gumanistik yondashuvning ekzistensional orientatsiyasi quyidagi yo‗nalishlarda aks etadi: Gumanistik psixologiya: Abraxam Maslou (1908-1970); Ekzistensional yondashuv: Rollo Mey (1909-1994); Shaxsga markazlashgan yondashuv: Karl Rodjers (1902-1987); Logoterapiya, mazmun nazariyasi: Viktor Frankl (1905-1997) Ekzistensional psixologiyaning g‗oyalari sifatida quyidagilar keltiriladi: -Insonning erkin irodasi unga doimiy rivojlanishda bo‗lishga yordam beradi; -O‗z ichki dunyosini bilish- shaxsning asosiy ehtiyojidir; -O‗z o‗limini anglash va bu haqiqatni qabul qilish – shaxsda mavjud bo‗lgan ijodkorlikni ochish uchun kuchli resursdir [2]. Ekzistensial psixologiyada ekzistensional xavotir tushunchasi ham keltirilgan bo‘lib, bu - mazmunsiz, deb hisoblangan borliqdan xususiy noyob mazmunni qidirish mexanizmini ishga tushiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekzistensializmning tamoyillari quyidagilarda aks etadi

  1. Insonga muvofiq holda uning mavjudligi uning mohiyatidan oldin keladi. Inson o‗zini o‗zi inson qiladi. U o‗zining mohiyatini butun hayoti davomida kashf qila boradi. 2. Inson borlig‗i - bu erkin yashash tarzidir. Erkinlik bu ―ruh erkinligi‖ emas, ―tanlov erkinligi‖dir. Ko‘pincha insonlar o‗zlarining erkinligini anglashdan qochib, chinakamiga ―hayotda boshqariladigan‖ tarzda yashashni ma‘qul ko‗radilar. 3. Insonning mavjudligi o‗ziga mas‘uliyatni qamrab oladi: nafaqat o‗zi uchun, balki atrofdagilar uchun, erkinlikka interpritatsiya qilingan dunyo yaxlitdir: qanday harakat qilishga qaror qabul qila turib inson ham hayotga, ham o‗ziga u yoki bu xususiyatli inson bo‗lishni tanlaydi. 4. Vaqtinchalik va tugallangan mavjudlik. Inson mavjudligi – o‗limga murojat qiladigan borliqdir

Ekzistensial psixolog va psixoterapevt Rollo Mey bo‗yicha ekzistensializm bu shunchaki falsafiy yo‗nalish emas, aniqrog‗i zamonaviy insonni chuqur emotsional va ruhiy o‗lchashga qaratilgan madaniy yo‗nalishdir. Unga ko‘ra: inson o‗zining mavjudligi uchun o‘zi javobgar. Inson asl o‗zi bo‗lishni hohlasa, o‗zini anglashi va o‗zi uchun o‗zi mas‘ul bo‗lishi kerak [1]. Ekzistensial tahlilchilar dunyoni 3 ta modusga ajratadilar: Unwelt - atrofdagi, tashqi dunyo – moddiy- ―biologik‖ va ―jismoniy‖ dunyo, insonni tashqi muhit, ob‘ektlar dunyosi o‗rab olgan. Mitwelt - dunyo bilan – bir turdagi olam, insonga yaqin turuvchi odamlar dunyosi, ba‘zan almashinib turadigan insonlar o‗rtasidagi yaqin shaxslararo munosabatlar dunyosi. Eigenwelt– o‗z dunyosi – o‗zlik dunyosi, o‗z-o‗zini anglash va o‗z-o‗zini mohiyatini qadrlash dunyosi, ―o‗zim uchun‖ dunyo. Dunyoni bunday tushunish ko‗pincha bir dunyoni tanlash, boshqasini yo‗qolishi evaziga sodir bo‗lishi ekzistensional psixologiyaning asosiy g‘oyalaridan biridir. Shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Bosslar o‗z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan [3]. L.Binsvanger: ―ekzistensial tahlil aniqlangan borliqdagi fundamental sharoitlar haqida ontologik tezisni taklif qilmaydi, u ekzistensiyaning konfiguratsiyasi va shakliga xos reallikda mavjud bo‗lgan aniq ma‘lumotlarni beradi‖.


Ekzistensializm: eng muhimi haqida qisqacha


Download 58.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling