Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet101/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:

  1. История Узбекистана. Ч-2. −Т., 2003.

  2. Макринин В., Плоских В. История Киргизистана. Бишкек: Киргизистан, 1995.

  3. Мухитдинов Н. Особенности традиционного земледельческого хозяйства припамирских народностей в XIX - начало ХХ в. Душанбе, 1984.


VII. O‘rtа Osiyo va Qozog‘istonda o‘tkazilgan milliy chegaralash siyosati va uning oqibatlari.
Markaziy Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati, an'analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlarning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga soldilar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad - o‘lka xalqlarining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da'vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya - Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet milliy va muxtor respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari, uzoqni ko‘ra bilgan donishmand arboblari o‘lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar.
Turkiston xalqlarining ildizi bir degan g‘oya avloddan-avlodga o‘tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o‘z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish Markaz va o‘lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. 1920 yil boshidayoq Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo‘lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo‘ygan edi. Bu o‘sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o‘z aksini topdi. Lenin Turkistonning “O‘zbekiya, Qirg‘iziya, Turkmaniya”ga bo‘lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qurolli harakat tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash Markaz va RKP(b) Markaziy Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat'iylik bilan amalga oshirildi.
Turkistonning ma'muriy okruglarga qayta taqsimlanishi borasidagi amalga oshirilgan tadbirlar uning milliy tarkibi tufayli isyonchilik harakatida alohida aks-sado berdi. Turkistonning partiya rahbariyati 1920 yil kuziga kelib Farg‘ona vodiysida isyonchilik harakatining ayniqsa keskin tus olganligini qayd qilib, uning asosiy sabablaridan biri «Turkiston mahalliy xalqlarining milliy o‘z taqdirini o‘zi belgilash to‘g‘risida»gi masalaning qo‘yilishi ekanligini e'tirof qilishga majbur bo‘ldi. Ana shu yillarda, ya'ni 1920 yil kuzidan 1923 yilga qadar bu harakat o‘ziga jalb qilingan ishtirokchilar ko‘lami bo‘yicha ham, kurashning shiddatli tus olganligi bo‘yicha ham alohida miqyos kasb etdi. U Farg‘ona vodiysidan keyin Samarqand viloyatini qamrab oldi. Buxoro va Xorazm respublikalariga ham yoyildi.
Xorazm va Buxoro xalq respublikalarining mustaqilligi bu davr oxiriga kelib nihoyatda xayoliy xususiyatga ega edi. Haqiqatda ular mustaqillikni qo‘ldan boy bergan edilar. Uchta respublikaning iqtisodiy jihatdan birlashuvi va Markaziy Osiyo iqtisodiy kengashining tuzilishi, Xorazm va Buxoro kommunistik partiyalarining RKP(b) tarkibiga kirishi va RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining tashkil etilishi, Rossiya bilan Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rtasida yangi iqtisodiy bitimlarning tuzilishi, pul muomalasining birxillashuvi (unga Rossiya chervonining asos qilib olinishi) natijasida, bu davlatlarga siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy jihatdan hukmronlik qilish butunlay Moskva ixtiyoriga o‘tdi.
Mustaqillik sekin-asta yo‘qolishi bilan uning uchun kurash olib borish yanada keskinlashdi va umumxalq xususiyatini kasb etdi. Bu kurash qatnashchilari mintaqadagi barcha xalqlarning, barcha ijtimoiy qatlamlarning vakillaridan iborat edi. Yangi ijtimoiy-siyosiy tuzumning ana shu yalpi hujumi sharoitida Markaziy Osiyo xalqlari ongida o‘zlikni, ma'naviyatni himoya qilish bilan, qadimiy milliy davlatchilikni saqlab qolish va uni mustahkamlash harakati uzviy holda mujassamlashib ketgan edi.
Markaziy Osiyo davlatlarining har biri o‘ziga xos noyob, asrlar davomida qaror topgan milliy tuzilmalar bo‘lib, ularda xalqlarning tarqoq holda (ora-sira) joylashganligi ularning umumiy jamiyat bo‘lib shakllanishida o‘z izini qoldirgan, ular taraqqiyotida iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy turmush sohalarida va o‘zaro munosabatlarda an'anaviy o‘ziga xoslik hamisha saqlanib qolgan. Ana shu o‘ziga xoslik Markaziy Osiyo xalqlarini 20-yillarning birinchi yarmidagi ozodlik harakatida birlashtiruvchi omil sifatida zo‘r kuch bilan namoyon bo‘ldi. Bu vaqtda «Turkiston — turkistonlik xalqlar Vatani. Vatan chegaralaridan dushmanni quvib chiqaramiz!» degan shiorlar ostida barcha Markaziy Osiyolik xalqlarning vakillari o‘z Vatani mustaqilligi uchun bir safda turib kurash olib bordilar.
Shu tariqa, RSFSR tarkibiga kirgan Turkiston Avtonom Respublikasini yangitdan chegaralash haqidagi bolsheviklar g‘oyasi 20-yillarning o‘rtalariga kelib, ancha keng miqyos kasb etgan vazifaga — chegaralanishga faqat Turkiston Respublikasigina emas, balki Buxoro va Xorazm xalq respublikalarining ham tortilishi masalasiga aylanib ketdi. Bu vaqtda Buxoro va Xorazm respublikalari huquqiy jihatdan hali mustaqil suveren davlatlar hisoblanardi. Markaziy Osiyoning milliy chegaralash masalasi Moskvada to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Chunki bu vaqtga kelib Markazning partiya rahbariyatida chegaralash masalasi aniq ifodalangan asosiy maqsadga aylanib qolgan edi.
RKP(b) MQ ning bevosita ko‘rsatmasiga muvofiq Turkiston, Buxoro va Xorazmning rahbar partiya organlari uning ilgari surgan milliy-hududiy chegaralanish g‘oyalarini amalga oshirishga tortildi. 1924 yilning fevralidayoq Buxoroga RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining a'zosi, TKP MQning mas'ul kotibi Abdulla Rahimboev yuborildi, bu yerda u BXSR rahbar xodimlari kengashida milliy-hududiy chegaralanish to‘g‘risida ma'ruza bilan so‘zga chiqdi. Kengash asosan chegaralanish o‘tkazishni ma'qulladi.
1924 yil 25 fevralda bu masala Buxoro kompartiyasi MQ Plenumi muhokamasiga qo‘yildi. Plenumda Fayzulla Xo‘jaev ma'ruza qildi. Plenumda asos sifatida qabul qilingan BKP MQning tezislari BKP MQ komissiyasi tomonidan qarab chiqildi va qayta ishlandi, uning Ijroiya byurosi majlisida 1924 yil 10 martda tasdiklandi. BKP MQ Ijroiya byurosi Markaziy Osiyoning milliy chegaralanishini kompartiya e'lon qilgan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hayotga tatbiq etishning muhim bosqichi sifatida talqin etib, tezislarda qayd etilgandek, chegaralanishning sxemasini quyidagicha taklif etdi: Markaziy Osiyoda O‘zbekiston, Turkmaniston ittifoqdosh respublikalarini, O‘zbekiston Respublikasi tarkibida avtonom Tojikiston viloyatini tuzish, shuningdek, Turkistonning qozoq tumanlarini Qozog‘iston Respublikasiga birlashtirish. Alohida bandda yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «ixtiyoriy asosda» SSSR tarkibiga kirishi aytib o‘tildi.
Turkiston Kompartiyasida ham bu masala xuddi shunday tarzda rivojlandi. Buxoroda bo‘lgani kabi oldindan 1924 yil 10 martda TKP va TurkMIQ mas'ul xodimlarining kengashi chaqirildi. Ma'ruzachi A.Rahimboev Markaziy Osiyoning milliy belgi bo‘yicha chegaralanishi sovet hokimiyatini mustahkamlashning birdan-bir chorasi ekanligini yana bir karra ta'kidlab, bu tadbirning haqiqiy maqsadini quyidagicha aniq ifodalab berdi: «.... partiyamiz nuqtai nazaridan bu tashkil etish (bir xil milliy respublikalarning tuzilishi) shuning uchun ham qulayki, agar o‘zbek kambag‘ali o‘zbek qulog‘iga qarshi, turkman kambag‘ali turkman qulog‘iga qarshi, qirg‘iz kambag‘ali qirg‘iz qulog‘iga qarshi kurashadigan bo‘lsa, u holda bizdagi sinfiy kurash milliy jihatlar bilan xaspo‘shlab ketilmaydi».
Kengashda Rahimboevning ma'ruzasini muhokama qilish borasidagi muzokaralar bir xil yo‘nalishda bormadi. Garchi bir guruh milliy partiya rahbarlari (Asfandiyorov, Aytoqov, Jurgenov, Orolboev va boshqalar) uning milliy-hududiy chegaralanish va milliy respublikalar tashkil etilishi haqidagi taklifini ma'qullagan bo‘lsalar-da, lekin bu fikrga qo‘shilmagan muxoliflar ham bo‘ldi. Jumladan, ularning bir guruhi (Patskudskiy, Sexer va boshqalar) ayrim milliy respublikalar tashkil etilishiga hali vaqt erta deb hisoblab, ular uchun tegishli iqtisodiy baza yaratilmaganligini aytdilar. Turkiston, Buxoro va Xorazmni Kavkazorti Federativ Respublikasiga o‘xshash bitta respublika qilib siyosiy birlashtirishni yoqlab chiqdilar.
Natijada, muzokaralarda so‘zga chiqqanlar fikri bir joydan chiqmadi, kengash yagona nuqtai nazarni ishlab chiqa olmadi. Kengashda raislik qilgan TKGT MQning mas'ul kotibi I.Vareykisning taklifi bilan kengashning stenografik yozuvini TKP MQ Ijroiya byurosiga topshirishga qaror qilindi.
Milliy chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risidagi masala TKP MQning 1924 yil 23—24 martda bo‘lib o‘tgan plenumida uzil-kesil hal qilindi. Plenum milliy chegaralanish zarurligini e'tirof qilib, biroq uni faqat Turkiston Respublikasi doirasi bilan chekladi: uning hududida uchta milliy respublika — O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston respublikalarini tashkil etish mo‘ljallandi. Shu bilan birga plenum TKP MQga Buxoro va Xorazmning partiya organlari bilan aloqa o‘rnatish, hamda birgalikda Markaziy Osiyoning milliy chegaralanishi to‘g‘risidagi masalani kelishib olishni topshirdi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling