Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:
Алимова Д. и др. История Узбекистана 1917-1991. 2-изд. Тошкент: Шарқ, 2005. Бочаров А. Проблема альтернативности исторического развития: историографические и методологические аспекты. −Томск: Томский государственный университет, 2002. История Узбекистана. Тошкент, 2002. XV. Mаrkаziy Оsiyo rеspublikаlаridа XX аsr so‘nggi chоrаgidа siyosiy hаyot. Qаytа qurish dаvri vа Mаrkаziy Оsiyo rеspublikаlаrning аhvоli. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаrining XX аsr ikkinchi yarmidаgi ijtimоiy аhvоli. Sovet jamiyatining 80-yillar o‘rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarda hukm surgan siyosatining bevosita mantiqiy davomi edi. Sobiq Ittifoq siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bir necha marta tub islohotlar, o‘zgarishlar qilishga urinib ko‘rdi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligiga zamonaviy ilmiy – texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko‘proq daxldor bo‘ldi. Biroq ko‘zlangan maqsadga erisha olmadi. Shu davrga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Bir tomondan ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo‘lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg‘a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o‘rtalarida sovet jamiyatida “qayta qurish” boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachyov va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir.Ushbu jarayon avvalo jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan boshlandi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko‘p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi. M. S.Gorbachyovning qayta qurish va maamlakat iqtisodiyotini jadallashtirish dasturiga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya'ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajada teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. Jadallashtirish dasturini amalga oshirish 3 omilga tayanar edi. Bular: - korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo‘jalik hisobiga va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tkazish; - mehnatning mazmun va xarakterida, odamlarning moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarida chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to‘lash; - oshkoralik, ya'ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish. Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1987 yilllar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollatirishdan iborat bo‘ldi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirib bo‘lmasligi tezda ayon bo‘lib qoldi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o‘zgarishlarni, barcha sohalardagi haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlar muvafaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakatning iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish suratlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lub bo‘ldi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling