Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII. Jаhоn urushi аrаfаsidа vа urush yillаridа Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаrining ijtimоiy iqtisоdiy аhvоli. Fаshizmgа qаrshi kurаshdа frоntdаgi vа frоnt оrtidаgi umumхаlq jаsоrаtlаri.
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:
Афганистан на пути истории. Мир Гулам Муҳаммад Губар. Москва, 1987 История Афганистана с древших времен до наших дней”. ю.В.Ганковский М., 1982 Назаров Х. Социальные движения 20-годов хх века в Афганистане. Душанбе, 1989 XIII. Jаhоn urushi аrаfаsidа vа urush yillаridа Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаrining ijtimоiy iqtisоdiy аhvоli. Fаshizmgа qаrshi kurаshdа frоntdаgi vа frоnt оrtidаgi umumхаlq jаsоrаtlаri. 1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o‘zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo‘lishiga qaramay, to‘satdan SSSRga hujum qildi. Sovet Ittifoqi deb atalmish hududda xalqlar uchun og‘ir sinovlardan iborat urush boshlandi. Markaziy Osiyo xalqlari urush boshlanishi bilan uning og‘ir oqibatlarini tushunib yetdi. Shu bois urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmga qarshi miting va majlislar boshlanib ketdi. Jamoalarning majlislarida so‘zga chiqqan har bir xalqning farzandi ona yurti, o‘z xalqi ozodligini ko‘kragini qalqon qilib himoya qilishga, kerak bo‘lsa jonini ham fido qilishga tayyor ekanligini izhor qildi. Ular frontda va front orqasida fashizm ustidan g‘alaba qozonish uchun fidokorona kurashajaklarini aytdilar. Shunday fidokorona da'vatlardan biri, 1941 yil 23 iyun kuni Toshkentda ko‘p ming kishilik mitingda bo‘lib o‘tdi. Turli korxona hamda muassasalarning ishchi va xizmatchilari, o‘qituvchilar, talabalar o‘z vatanlarini himoya qilishga, frontda va front orqasida dushman ustidan g‘alaba qozonishga tayyormiz, deb aytdilar. Urush butun mamlakat xo‘jaligi, uning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. 1941 yil 30 iyunda davlat mudofaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi. Ushbu komitetning raisi I.Stalin 8 avgustda SSSR qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni lavozimini egalladi. Davlat mudofaa komitetining qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko‘rsatmalarda mamlakat katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda barcha iqtisodiy-ma'naviy kuchlarni mudofaa manfaatlariga bo‘ysundirish, xalq xo‘jaligini to‘liq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O‘zbekiston mehnatkashlarini ham og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. Xalq xo‘jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo‘ldi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatlariga bo‘ysundirildi. Front orqasi rayonlari qatori O‘zbekistonga juda katta ahamiyat berildi. Nemis qo‘shinlari shiddat bilan Sharqqa tomon harakat qilmoqda edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa ko‘chirish boshlandi. Chunonchi, Markaziy Osiyo respublikalari va Qozog‘istonga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig‘i («Lentekstilmash», «Rostselmash», «Krasnыy Aksay», Moskva «Elektrokabel», «Pod'emnik», «elektrostanok» zavodlari, V.P. Chkalov nomli aviatsiya zavodi, Kiev «Transsignal» zavodi va boshqalar) O‘zbekistonga joylashtirildi. Ko‘chirib keltirilgan korxonalarni o‘rnatish va ishga tushirishda butun respublika aholisi g‘oyat katta yordam ko‘rsatdi. Keltirilgan korxonalar birgalikda qilingan qahramonona mehnat tufayli nihoyatda qisqa muddatlarda ishga tushirildi. 1941 yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. Germaniyaning Markaziy Osiyo va Qozog‘istonga nisbatan rejalari aniq edi. SSSR ustidan g‘alaba qozongach Germaniya Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududida o‘zgacha bir o‘lka-Grosturkistonni tashkil qilishni rejalashtirgandi. Qozog‘istonning shimoliy, shimoliy-sharqiy hududlari bo‘lsa “industrial viloyat”lar tarkabiga kirishi lozim edi. U yerlarga Sharqiy yevropaning polyak, mojar, ukrain, belorus kabi xalqlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan edi. “Yashindek tez” g‘alabaga erishish rejalari barbod bo‘lgach, fashistlar Germaniyasi bu o‘lka xalqlari bo‘lmish qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik va o‘zbeklarga o‘z-o‘zini boshqarish huquqini berishlarini va'da qilishdi, ammo qardosh xalqlar bu va'dalarga uchmay fashizmga qarshi kurashda matonat bilan ishtirok etishdi. Harbiy mag‘lubiyat qo‘rquvi ostida Stalin va uning yaqinlari Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining milliy vatanparvarligi va an'analarini yuksaltirishlariga “izn” berdi. Dinga qarshi zulm o‘tkazish oz bo‘lsada susaydi. 1943 yilda Toshkentda Musulmonlar markaziy boshqarmasi tashkil etilib, muftiy saylandi. Mintaqaning barcha adabiyotlari g‘alabaga xizmat qilish tomon yo‘naltirildi. Markaziy Osiyo xalqlari tarkibidan millionlab jangchilar frontga jo‘nab ketishdi va fashizm ustidan g‘alabaga erishishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Birgina Qozog‘istonning o‘zidan urush ehtiyojlari uchun 14,1 ming dona yengil avtomobillar, 1,5 ming dona traktorlar, 110,4 mingta ot, 16,2 mingta arava jo‘natildi. Jasoratlari uchun yuz minglab mintaqa xalqlari orden va medallar bilan taqdirlandilar. Birgina qozoq farzandlaridan 500 nafari qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan ikki nafari A.Moldagulova va M.Mametovalar ayol qahramonlar bo‘lishiga musharraf bo‘ldi. To‘rt nafar qozoq yigitlari. T.Begeldinov, S.Luganskiy, I.Pavlov, L.Bedalar ikki marta qahramon unvoni bilan taqdirlandi. Reyxstag binosidagi g‘alaba bayroqlaridan biri qozoq farzandi R.Koshkarbaev tomonidan qo‘yildi. Ko‘plab qirg‘iz, tojik, turkman, o‘zbek jangchilari bo‘lsa partizan guruhlarida faol jang qilib, g‘alaba kunlarini yaqinlashtirishda munosib hissalarini qo‘shdilar. Shu o‘rinda Turkiston legioni to‘g‘risida gapirib o‘tishni lozim, deb topamiz. Urushning boshlarida yuz minglab sovet janchilari fashistlarga asirga tushib qoldilar. Ular o‘rtasida o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman kabi ko‘plab xalq vakillari bor edi. Turkiyzabon jangchilarning 80%ga yaqini konsentratsion lagerlarda jon taslim qildilar. Ularning qolganlaridan bo‘lsa fashistlar sovetlarga qarshi urushda foydalanish maqsadida maxsus legionlarga jalb etishga harakat qildi. Markaziy Osiyo va Qozog‘istondan chiqqan shunday asirlarning bir qismidan fashistlar Turkiston legionini tuzishga harakat qildilar, ammo ularni jangohlarga tashlashga ulgira olmadilar. Turkiston legionining deyarli barcha jangchilari qo‘llariga qurol tegishi bilan chegaradan o‘tib Qizil Armiya saflariga, dushman ortidagi partizan otryadlariga o‘tib ketishib, matonat bilan jang qildilar. Natijada Turkiston legioni o‘zini oqlamadi va tarqatib yuborishga majbur bo‘lindi. Markaziy Osiyo xalqlari ikkinchi jahon urushi frontlarida ona yurtlari uchun olib borilgan ayovsiz janglarda, kuchli va makkor dushmanga qarshi qonli urushda sharq xalqiga mos bo‘lgan qahramonlik va mardlik, qo‘lda qurol bilan jonajon zaminni himoya qila olishlik butun qudrati bilan namoyon bo‘ldi. Eng yangi tarixiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan 1 mln. 433230 kishi qatnashdi. «Bir qaraganda, — deb ta'kidlagan edi I.A.Karimov, — ...bu raqam uncha katta tuyulmasligi mumkin». Lekin «1941 yilda O‘zbekiston aholisi bor-yo‘g‘i... 6,5 million kishi ekanini eslasak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovning naqadar katta ekani yaqqol ko‘rinadi».Keltirib o‘tilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ikkinchi jahon urushi frontlarida O‘zbekiston aholisining 22%i jang qilgan. Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olinadigan bo‘lsa, mehnatga yaroqli aholining 40-42%i frontda jang qilganligi aniq bo‘ladi. Kurashuvchilarning bunday yuqori salmog‘i faqat fashizmga qarshi koalitsiyadagi cheklangan miqdordagi ishtirokchi mamlakat-lar uchungina xos bo‘lgan. Urush yillarida Qozog‘iston xalqining 1 mln 200 ming farzandi dushmanga qarshi mardonovar jang qildi (1941 yil 1 yanvar ahvoliga respublika aholisi 6425 ming bo‘lgan).Tojikiston xalqi o‘zining 209 ming farzandini jangohlarga jo‘natdi va ularning o‘rnini yosh bolalar, ayollar bilan to‘ldirdi. Harakatdagi armiya saflariga respublikaning nafaqat jismoniy baquvvat, balki malakali kadrlari-mexanizatorlar, muhandis va haydovchilar ham jo‘nab ketishdi. Natijada O‘zbekistonda mexanizatorlar safi 1941 yilga nisbatan 1942 yilda 25 ming kishiga kamayib ketdi. Tojikistonda mehnatga layoqatli kolxozchilar soni 32,1 % ga, Qozog‘istonda 164 ming kishiga tushib qoldi. Markaziy Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xalqlarining g‘alabaga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlar ham guvohlik berib turibdi. Masalan, Qozog‘istonda urush yillarida 12 o‘qchi va 4 kavaleriya diviziyalari, 7 ta o‘qchi brigada, 50 ga yaqin maxsus polklar, Tojikistonda 3ta kavaleriya diviziyasi, 2 ta o‘qchi diviziya, minomyot polki va maxsus polklar, O‘zbekistonda 4 ta o‘qchi diviziya, 2ta kavaleriya va 1 tog‘-o‘qchi diviziyalari, 2 o‘qchi brigada va alohida polklar, Qirg‘izistonda 3 kavaleriya va 1 ta o‘qchi diviziyalar, Turkmanistonda 2 o‘qchi brigada va boshqa qator harbiy qo‘shilmalar tuzilib frontga jo‘natildi. Jahon urushi maydonlarida ko‘rsatgan jasoratlari uchun 497 qozoq, 280 o‘zbek, 70 qirg‘iz, 34 tojik farzandi o‘sha davrning oliy nishoni Sovet Ittifoqi qahramoni unvonlariga sazovor bo‘ldilar. Urushning dastlabki oylaridanoq Qozog‘istonda Ittifoq ahamiyatidagi uchinchi ulkan korxona-Qarag‘anda ko‘mir havzasi ishga tushirildi, Ural-Emba hududagi neft ishlab chiqarish quvvati uch barobar ko‘paydi, deyarli ikki barobar elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘sdi. Akchatay va Tekeli polimetall va molibden-volfram kombinatlari g‘alaba uchun mehnat qildilar. Qozog‘iston ittifoqning qo‘rg‘oshinini 85 % ni bera boshladi. Janggohlarda dushmanga otilgan har 10 ta o‘qning 9 tasi qozoq qo‘rg‘oshinidan tayyorlangan edi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan hajmdagi mahsulotlarni Markaziy Osiyo respublikalari urushga yetkazib turdilar. 1944 yil 1 mayiga Markaziy Osiyo volfram sanoatini dastlabki mahsulotlarini bera boshlagan Langar koni foydalanishga topshirildi. 1943 yilda Tojikistonning Leninobod shahriga yaqin bo‘lgan Mo‘g‘iltog‘ yaqinida volfram xom ashyosini qayta ishlash boshlab yuborildi. Ittifoq miqyosida simob ishlab chiqaruvchi korxona Qirg‘izistonning Xaydarkent kombinati bo‘lib qoldi. Xuddi shu yili Qirg‘izistonda qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi Oq-tuz koni foydalanishga topshirildi. 1944 yil boshlarida O‘zbekistonning Bekobod shahridagi kombinat birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling