Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet112/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:

  1. Плаггенборг Ш. Революция и культура. Культурные ориентиры в период между Октябрской революцией и эпохой сталинизма // Нева, [Пер. с нем. И. Карташевой]. Санкт-Петербург, 2000. –C. 416.

  2. Ражабов Қ., Алимов И. Ўзбекистон мустабид совет давлати таркибида 1925-1991 йиллар // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12-жилд. Тошкент: Ўз нашриёти, 2006. 178-185 б.

  3. Раджабова Р. ва б. Ўзбекистон тарихи 1917-1983. Тошкент: Ўқитувчи, 1994.



XII. XX аsr II-yarmidа Аfg‘оnistоn, SHаrqiy Turkistоn mаdаniy hаyot tаrzining “sоvеtlаshtirilishi”.
1 - Jahon urushida Afg`oniston o`zini betaraf deb e`lon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afg`oniston amiri Omonulloxonga 1919 yil 28 fevralda Afg`onistonni mustaqil deb e`lon qilishga imkon beradi. 1919 yil-1928-yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923 yilda Afg`onistonning birinchi konstitutsiyasi e`lon qilindi. 1929 yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Afg‘oniston tashqi siyosati har doim ham bir maromda bo‘lmagan. Masalan, Omonullaxon davrida shimoliy qo‘shni Sovet davlati bilan aloqalar do‘stona munosabatida bo‘lgan bo‘lsa, 1929-yil yanvar (Afg‘onistonda amir Omonullaxon hukumati ag‘darilishi) voqealaridan so‘ng, hukumatga kelgan Bachai Sako davrida aloqalar yomonlashadi. Bunga asosiy sabab, Afg‘onistonning Turkistondagi milliy ozodlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganligi sabab bo‘lgan. Bu davrda Buyuk Britaniya Afg‘onistonda o‘z mavqeyini kuchaytirishga harakat qildi. Nodirshoh davriga kelib, afg‘on-sovet munosabatlari yana iziga tush boshlaydi. Ammo, Nodirshoh ham o‘z siyosatida avvalgi proteksionistik yo‘nalishni davom ettirdi.
Afg‘oniston davlat tuzilishi jihatidan 1930 - yillar oxirida konstitutsion monarxiya ko‘rinishida bo‘lgan. Amir huzurida xalq vakilligi kengashi deb ataladigan kengash tuzilgan. Faqat maslahatchi harakterigagina ega bo‘lgan bu organlardan biri – Milliy Kengash (Xalq Kengashi) bo‘lib, u uch yilga saylanib qo‘yiladigan 186 deputatdan iborat bo‘lgan, ikkinchisi – 21 kishidan iborat Davlat kengashi (Zodagonlar majlisi) bo‘lib, uning a’zolari esa podsho tomonidan tayinlangan.
Saylovlar haqidagi nizomga muvofiq, Afg‘onistonda saylov huquqidan faqat 20 yoshga kirgan erkaklargina foydalanadilar. Bir joyda bir yildan kam turgan kishilar, singan savdogarlar va sud hukmi bilan qamalgan kishilar saylov huquqidan mahrum qilinadilar. Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar ham saylov huquqidan mahrum qilinganlar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling