Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet123/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

O‘sh fojiasi - Farg‘onadan keyin emas, ancha oldin boshlangan

  • 1987 yil O‘sh shaharidagi Lenin haykali boshiga solyarka paqiri kiygizilib tagiga qizil bo‘yoqda tahqirli so‘zlar yozilgan edi.

  • 1988-1989 yillarda qirg‘izlar o‘zbeklarga hujum qilarmish degan gap kuchayganidan bayram kunlari harbiylar, ichki ishlar xodimlari ko‘paytirilgan.

  • 1989 yil 20 mayida O‘shda qirg‘izlar ruslar bilan mushtlashgani, qonli to‘qnashuvni militsiya qo‘shini osmonga o‘q otib, to‘xtatgan. Bu “kayfiyat” o‘zbeklarga qarshi qaratilgan edi

O‘sh fojiasidan ko‘zlangan maqsad:

  • birinchidan, hokimiyat masalasi. Hokimiyat jilovini ma'muriy buyruqbozlik apparati qo‘lida saqlab qolish;

  • ikkinchidan, siyosiy va iqtisodiy mustaqillik yo‘lini tanlagan, SSSRda birinchi bo‘lib boshqaruvning prezidentlik yo‘lini joriy etgan, “Mustaqillik Deklaratsiyasi"ni qabul qilgan O‘zbekiston hukumatiga zarba berish;

  • uchinchidan, turkiy xalqlarning qon-qardoshligini parchalash, ular o‘rtasida nizo keltirib chiqarish va osiyoliklar fenomeni – oriyat va nafsoniyat ustunligi fe'l-atvoridan foydalanib, ularning eng nozik hislarini uyg‘otish orqali butun Markaziy Osiyoda uzoq davom etadagan urush olovini yoqish edi

I.A.Karimovning - O‘sh fojialarini bartaraf etish borasidagi qat'iyati bir tomondan tan olinib, yuksak baholansada, ikkinchi tomondan unga befarqlik bilan qarash, voqyelikni soxtalashtirish, hayot haqiqati va ijtimoiy-siyosiy adolat tamoyillari nuqtai nazaridan kamsitishlar ham mavjud edi.
Bu tabiiy hol. Chunki O‘zbekiston davlati va Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning favqulodda jasurlik hamda noyob siyosiy iroda fazilatlari dunyoning nufuzli davlatlari manfaatlariga unchalik ham mos kelmas edi.
Botkent voqyealari

  • 1999 yil 6 avgust Botkent tumanida bir guruh terrorchilar harakati amalga oshirildi va ular mahalliy aholini bir qismini asirga olishdi

  • 1999 yil 27 avgust Prezident A.Akaevning “Botkent tumanidagi vaziyatni barqarorlashtirining chora tadbirlari” to‘g‘risida hujjatni imzoladi.

  • Botkent voqyealarida 900–1000 ga yaqin terrorchilar qatnashgan, ulardan 120 tasi o‘ldirilgan 200 ga yaqini jarohatlangan.

  • Qirg‘iz armiyasidan 30 ta askar halok bo‘lgan va 23 tasi jarohatlangan.

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Hududi – 2717 ming kv km. Aholisi – 16.8 mln kishi (2003 yil). Davlat tili qozoq tili bilan birgalikda tashkilotlar, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida rus tili ham barobar ishlatiladi (QR Konstitutsiyasi 7 – modda.).
Qozog‘iston 1990 yil oktyabrda “Davlat suvereniteti to‘g‘risida”gi Deklaratsiya qabul qildi. 1991 yil 16 dekabrda Oliy Kengash “Qozog‘iston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qildi va unga binoan mamlakatning yangi nomi Qozog‘iston Respublikasi deb tasdiqlandi. 1991 yil Qozog‘iston Respublikasi prezidenti etib Nursultan Nazarbaev saylandi.
Qozog‘iston Respublikasi – unitar davlat xisoblanadi. Poytaxti – Ostona shahri. Ma'muriy – hududiy jihatidan bo‘linishiga ko‘ra 14 ta viloyatdan iborat.
Mamlakat boshqaruv organlari tizimida markaziy o‘rin davlat boshlig‘i-Prezidentga tegishli. U to‘g‘ridan to‘g‘ri yashirin ovoz berish bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezident davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, mamlakat ichida ham, xalqaro miqyosda ham Qozog‘iston nomidan ish ko‘radi. U davlat xokimiyati boshqaruv organlarining o‘zaro kelishgan holda ishlashini va hokimiyat barcha organlarining xalq oldida javobgarligini ta'minlaydi. Prezident o‘zining vakolatlari muddati davomida siyosiy partiyalarga a'zoligini to‘xtatishi shart. Qozog‘iston Prezidenti yilda bir marta xalqqa mamlakatdagi ahvol, davlat ichki va tashqa siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida maktub yo‘llaydi.
Hukumat ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi, ijro organlar tizimini boshqaradi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi. Hukumat Prezident tomonidan tashkil qilinishi va uning oldida javobgar ekanligiga qaramay, parlament oldida ham hisob beradi. Hukumat davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, jamoat tartibini ta'minlash kabi qator masalalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Bosh vazir Hukumat ishiga shaxsan javob beradi, uning qarorlarini imzolaydi. Hukumat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, uning eng muhim qarorlari haqida Prezidentni xabardor qiladi. Hukumat qarorlar, Bosh vazir esa farmoyishlar chiqaradi. Ular Konstitutsiyaga, qonun hujjatlariga, Qozog‘iston Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga zid bo‘lmasligi kerak.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling