Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet131/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:

  1. История кыргызов и Кыргызстана. Учебник для вузов. Бишкек: Илим, 2003.

  2. История Туркменистана. Ашхабад, 2000.

  3. История Узбекистана. Ч-2. Тошкент, 2003.



XX. XX аsr so‘nggi chоrаgi − XXI аsr bоshlаridа Аfg‘оnistоn vа SHаrqiy Turkistоnning ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy аhvоli.
XX asr ikkinchi yarmi Afg‘oniston tarixida bo‘lib o‘tgan siyosiy voqyeliklar ushbu davlat taraqqiyotiga keskin zarba berdi. Nisbatan barqaror bo‘lgan Zohirshoh hukmronligidan so‘ng, hokimiyat uchun kurashlar, siyosiy ixtiloflar, tashqi tajovuz nihoyatda kuchaydi. 1964 yilgi yangi konstitutsiyadagi demokratiyani kuchaytirish va ayollarning teng huquqliligi masalalari konservativ ruhoniylarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, hukumatning fors tilini cheklash va pushtu tilining mavqyeini oshirish borasidagi harakatlari ham omadsizlikka uchradi. 1970 yil aprel-iyunda ruhoniylarning hukumatga qarshi namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Afg‘onistonda muholifatchilar faoliyati ayniqsa 1960 yillarning o‘rtalarida kengayib bordi va o‘z atrofiga aholining o‘rta va quyi qatlamlarini to‘pladi. Mamlakat shaharlarida ayniqsa, Qobulda talabalar va o‘quvchi yoshlar, ishchilar, ziyolilar vakillari, amaldorlar va shahar aholisining boshqa tabaqalari ishtirokidagi namoyish va chiqishlar odatiy holga aylandi. Bunday holatda yuqori hukmron doiralar ommaviy fikrlarni nazorat qilish, ijtimoiy tanqidlarning keskinligini susaytirish va mamlakatda siyosiy barqarorlikni tiklash maqsadida zudlik bilan muholifat qarashlariga qarshi harakatlarni kuchaytirdi. Hukmron doiralar jamiyatda oppozitsion g‘oya va qarashlarning tarqalishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Bunday sharoitda o‘ng konservativ-klerikal doiralar ochiq ommaviy namoyishlarga o‘ta boshladi.
Islom ishlari bo‘yicha mas'ul qo‘mita” asoschilari bo‘lgan obro‘li ruhoniylarning chaqirig‘iga binoan mamlakatning turli tumanlari, jumladan janubiy va sharqiy provinsiyalardan bir yarim mingga yaqin dindorlar Qobulda to‘plandilar. Ular tez orada shahar aholisining hayrihoh qismini o‘z taraflariga to‘play boshladilar va ko‘plab namoyishlar o‘tkaza boshladilar. Saroy va hukumat avvaliga bu chiqishlarga unchalik e'tibor qaratmadi. Ular konservativ ruhoniylarni har kuni Qobulning asosiy jome' masjidi bo‘lmish “Puli Xeshti” da to‘planib, politsiya kuzatuvida shahar ko‘chalarida antikommunistik nutqlar bilan ommaviy chiqishlariga ruhsat berib qo‘ygandi, shuningdek ularga davlat nashriyotlaridan foydalanish imkoniyati ham berilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, hukmron monarxik doiralar konservativ klerikal doiralarni qo‘llab quvvatlash orqali ulardan mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlarni talab etayotgan progressiv muholifat faoliyatiga qarshi bufer sifatida foydalanishga urindi. Konservativ kuchlarning boshida obro‘li diniy ruhoniylar, siyosiy elita turgan. Ammo, ular 2 ta oqimga bo‘lingan:
1. Birinchisi modernizatsiya tarafdorlari. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni islomga moslashtirishga harakat qilgan. Bu guruh shariat sudyalaridan va mudarrislaridan tashkil topgan. Ular Afg‘onistonda va Hindistonning Diobandidagi oliy o‘quv yurtlarini tamomlashgan.
2. Ikkinchi guruh o‘ta so‘l bo‘lib, Mujadaddiy, Naqib Soyib Bag‘dodiy sulolalari va klerikal elita oilalaridan chiqqan. Ruhoniylarning bu qismi modernizatsiya va demokratik kuchlarga qarshi edi. Bu guruhlar 1960 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab diniy ulamolar hukumat yordamida Afg‘onistonning turli viloyatlarida diniy konferensiyalar o‘tkaza boshladi. Diniy ulamolarning gazetasi “Payome xalq” bo‘lgan.
1970 yil sha'bon oyining ilk kunlarida ruhoniylar hukumatga o‘ndan ortiq talablar qo‘ydilar. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

  • Parcham” gazetasini ta'qiqlash va uning muharririni jazolash;

  • kommunistik g‘oyalarning mamlakatda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • milliy kiyimlarni kiyilishini majburiy etib qo‘yish;

  • behayo sahnalarni namoyish etuvchi chet el filmlarini ta'qiqlash;

  • davlat idoralaridagi barcha ayollarni ishdan bo‘shatish va oila ta'minotchisi bo‘lgan erkaklarni ish bilan ta'minlash kabilar tashkil etgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, ruhoniylar shu va boshqa talablarni ilgari surganda va xalqning keng ommasini o‘ziga jalb qilganda ularning diniy e'tiqodlari va og‘ir moliyaviy holatlarini nazarda tutgan.
1970 yil aprel-iyun voqyealariga tashqi kuchlar ham aralashishga uringan. Xususan, Jaloloboddagi tartibsizliklarda Pokiston oliy ruhoniyati vakillari ham qatnashgan. Hibsga olinganlar orasida ularning vakillari ham bo‘lganligi haqida ma'lumotlar bor. Saudiya Arabistoni qirolining Afg‘onistonga shu yili iyun oyining oxirida rasmiy tashrif buyurishi ham shuni ko‘rsatadiki, o‘ng konservativ-klerikal doiralarning chap demokratik kuchlarga qarshi kurashida qandaydir ruhiy madad bo‘lishi ko‘zlangan edi.
Shunday inqilobiy chiqishlar natijasida 1973 yil 16 iyuldan 17 iyulga o‘tar kechasi Afg‘onistonda monarxiyaga qarshi to‘ntarish ro‘y berdi. Hokimiyat Afg‘oniston markaziy qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi. Uning tarkibi, harbiylardan tashqari: fuqaro arboblaridan ham iborat edi. Bu to‘ntarishga podshohning amakivachchasi va kuyovi bo‘lgan hamda g‘arb matbuotida yuqorida tasvirlangan hodisalardan avvalroq “qizil shahzoda” laqabini olib ulgurgan Muhammad Dovud boshchilik qildi. U 1953 yildan 1963 yilgacha Bosh vazir lavozimida ishladi. Dovud iqtisodning davlat yo‘li bilan boshqarilishi, mamlakat ichki hayotini erkinlashtirish tarafdori edi. M.Dovudning harbiy tarafdorlari, ko‘plab do‘stlari bo‘lishiga qaramay, haqiqatda oyoqlari ostida “sochilib yotgan” davlat hokimiyatini yig‘ishtirib olish uchun qo‘l ostida hyech qanday qo‘shinga ega emas edi. Afg‘onistondagi siyosiy kurashning bu bosqichida bunday lider, shubhasiz, tajribali, g‘ayratli va uzoqni ko‘ra olguvchi siyosatchi, xorijdagi pushtunlarning milliy huquqini himoya qilishda shuhrat qozongan, 50-yillar va 60-yillarning boshida mustaqil tashqi siyosat yo‘lining muallifi va izchil targ‘ibchisi sifatida, “boshqariladigan iqtisodiyot” siyosatining tashkilotchisi sifatida afg‘on jamiyatida katta hurmatga sazovor bo‘lgan, mamlakatni milliy kapitalizm yo‘lida sezilarli darajada rivojlantirgan siyosiy arbob Muhammad Dovud edi. Davlat to‘ntarishi qirollik saroyini qurshab olish va ishg‘ol etish hamda oralarida valiahd shahzoda Ahmad Shoh va marshal Shoh Valiy bo‘lgan sulola a'zolarini qamoqqa olish bilan boshlandi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling