Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX. Mаrkаziy Оsiyo dаvlаtlаrining intеgrаsilаshuv jаrаyonlаri. Jаhоnning yirik dаvlаtlаri gеоsiyosiy mаnfааtlаrining Mаrkаziy Оsiyodа to‘qnаshuvi.
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:
История кыргызов и Кыргызстана. Учебник для вузов. Бишкек: Илим, 2003. История Туркменистана. Ашхабад, 2000. История Узбекистана. Ч-2. Тошкент, 2003. XIX. Mаrkаziy Оsiyo dаvlаtlаrining intеgrаsilаshuv jаrаyonlаri. Jаhоnning yirik dаvlаtlаri gеоsiyosiy mаnfааtlаrining Mаrkаziy Оsiyodа to‘qnаshuvi. Markaziy Osiyo mintaqasida mustaqil davlatlarning o‘zaro aloqalarini rivojlantirish borasida qator amaliy ishlarni olib borayotganligi barchaga ma'lum. Bugungi kunda mintaqada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida integratsiyalashuv jarayonlari jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilmoqda. Ulardan biri transport kommunikatsiyalari tarmoqlaridagi hamkorliklar bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Transport aloqalari, ularning sifat darajasi, diversifikatsiyasi mamlakat rivojlanishining asosiy indikatorlaridan biri bo‘lib, uning regional hamda global xo‘jalik munosabatlariga qay darajada aloqador ekanligini aniqlab beradi. Ko‘p tarmoqli temir hamda avtomobil yo‘llari, truboo‘tkazgichlar va elektr tarmoqlari davlat ichida turli hududlarni tejamkorona bir-biriga bog‘lash imkonini beradi va o‘z navbatida, ularning bir maromda faoliyat yuritishiga zamin hozirlaydi. Shuningdek, bu mamlakatga davlatlararo hamkorlik hamda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar doirasida o‘zining integratsiyaviy imkoniyatlarini oshirish imkonini yaratadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, transport aloqalarini zamonaviylashtirish va rivojlantirish masalasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ularning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati, shu qatorda, butun mintaqaning ahamiyati ko‘p jihatdan mazkur muammoning yechimiga bog‘liq. Transport sohasi vakillarining xalqaro hamjamiyati garchi yuqori darajadagi qiziqishini yashirmayotgan bo‘lsada, biroq turlar bo‘yicha (temiryo‘l, aviatsiya, avtomobil, trubo o‘tkazgichlari) transport tizimlarining faoliyat yuritish samarasi hamda transport tizimlarining davlat ichki va xalqaro strategiyalari masalalarini turlicha muhokama qilishmoqda. Transkontinental transport-koridorlari hamda magistral trubo o‘tkazgichlari muhokamalar predmetiga aylanganda, ular alohida siyosiy keskinlik kasb etadi. Bu holatda ular diversifikatsiyasi bo‘yicha yangi transport-iqtisodiy tizimlarni qurish zarurligini ilgari surib, siyosiy tagma'no bilan milliy-davlat manfaatlari haqida so‘zlay boshlashadi. Agar xalqaro va davlatlararo hamkorlik o‘z-o‘zini inkor etuvchi manfaatlar, kelajakdagi kelishmovchiliklar asosida olib boriladigan bo‘lsa, so‘zsiz, diversifikatsiya tizimi ahamiyatga molik bo‘lib qoladi. Jahon iqtisodiyotining transport sohasida davlatlararo, hududlararo va transmintaqaviy integratsiyalashuvi yo‘lidan borilsa, hamkorlikdagi sarmoyalar va minimal sarf-harajatlar borasida samaraliroq yo‘llarni tanlansa, ushbu tizimni yaroqli, deb qabul qilsa bo‘ladi. Integratsiyalar tizimi, nuqtai nazarimizga ko‘ra, xalqaro transport sohasi vakillari uchun afzalroq bo‘lib tuyuladi. Qarama-qarshi muammolar yechimini siyosatchilar hukmiga qoldirishar ekan, transport aloqalari va transport infratuzilmalari mutaxassislari ayni damda iqtisodiyotning ushbu sohasi bo‘yicha davlatlarning o‘zaro ta'sirining yangi tamoyillarini muhokama qilish va takliflarini kiritish uchun yaxshi imkoniyatga egalar. Biroq, bizga ayonki, transport sohasi hamjamiyatida asosiy masala – o‘zaro hamkorlik modelining qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida qarashlar umumiyligi mavjud emas. Mutaxassislarning ma'lum qismi faqat “lokomativ” davlatlarning transport imkoniyatlariga asoslanibgina ish olib borish kerak, deb hisoblasa, ularning- qolgan qismi har bir davlat, ya'ni transport-iqtisodiy jarayon sub'ekti uchun samarali vositalarni izlash yo‘lidan borish kerak, deb hisoblashadi. “Lokomotiv”larga tayanib ish ko‘rish tarafdorlarining vajlari aniq ma'noli hamda asoslidir. Boisi, ular texnik imkoniyatlarga shunchalik tayanishadiki, soha yangi turdagi transportirovkaga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi. Transport tizimlari rivojlanishining ikkinchi modeli yevroosiyo mintaqasida transmintaqaviy transport koridorlari hamda magistral trubo o‘tkazgigichlari ko‘rinishida tizim ishlab chiqishga asoslanadi. Shunday koridorlar uchta bo‘lishi ko‘zda tutilgan: Sharq-G‘arb, Shimol-Janub hamda qayta bunyod etilgan «Buyuk Ipak yo‘li». Markaziy Osiyoning transport salohiyatini amalga oshirish masalasi borasida shartli ravishda ikkita o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarni ajratish mumkin. Birinchisi - Markaziy Osiyo Davlatlarining transport integratsiyalarini tezlashtirish imkoniyatlarini- topish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish. Ikkinchisi – yevroosiyo mintaqasining yirik yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchi bo‘lgan yetakchi iqtisodiy markazlari bilan transport sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning birinchisi, aynan esa, hudud ichidagi transport integratsiyasini tezlashtirish doirasida iqtisodiy va siyosiy tusdagi qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tish lozim. Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy va sanoat sohasidagi integratsiyalashuvi, ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish, savdo aloqalarini yanada rivojlantirish hamda o‘zaro sarmoya kiritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan tadbirlarni kuch bilan nazorat ostiga olish, poydevor shartlarining asosiga aylanishi kerak. Ushbu asosga tayanmasdan turib ichki hududlararo transport aloqalarini to‘liq rivojlantirib bo‘lmaydi. Aynan tarmoqlangan xo‘jalik aloqalari aloqa sohasida faqat qog‘ozlardagi emas, balki haqiqiy hamkorlik o‘rnatishga imkon beradi. Ayni damda shunday urinishlar YeIH va ShHT singari hududiy integratsiyalashgan birlashmalarda olib borilayotgan bo‘lsa-da, ularning samarasi sezilmayapti. To‘g‘ri, qator yechimlar topilmoqda, hatto ikki tomonlama darajada ham. Ammo, ularning amaliy tatbig‘i qoniqarli darajada emas. Avvalambor, qabul qilinayotgan yechimlar mexanizmlarini yaratish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish eng og‘riqli nuqtalardan biridir. Bundan tashqari, tomonlarning yashirin ishonchsizligi ham sarmoyadorlar uchun ma'lum noqulayliklar tug‘diradi. Shu bilan birga iqtisodiy sohada hamkorlikni chuqurlashtirish salohiyati muhim. Masalan, Osiyo Taraqqiyoti Bankining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, (OTB) Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining 2007-2008 yillarda o‘sishi kutildi. 2007 yili mintaqa davlatlari YaIM 7,4-8,6% atrofida bo‘ldi. Birinchi yo‘nalishning texnik hosilasi bo‘lgan ikkinchi shart foydalanilayotgan aloqa transportlari, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, qonuniy huquqiy asoslarni muvofiqlashtirishdir. Ta'kidlab o‘tish kerakki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari transport strategiyasida milliy va xorijiy yuk tashuvchilari uchun qulay muhit yaratish muhim ahamiyatga ega. Ushbu shartning muhimligini barcha yaxshi anglab turibdi, bu esa xususan, tariflar va soliq sohasida qonuniy hamda huquqiy asoslarni rasmiy darajada muvofiqlashtirish uchun zamin yaratadi. Transport aloqa sohalarida integratsion jarayonlarni rivojlantirishning uchinchi sharti yangi marshrut va koridorlarni ko‘paytirish orqali jahon bozoriga yo‘l topishdir. Yuk tashishning yangi marshrutlarini kashf etish va ular bo‘ylab tovarlar hamda insonlar tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avvalo, hududiy va xorijiy yuk jo‘natuvchi hamda qabul qiluvchilarga tanlash imkoniyati beradi, bu esa, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo transport tizimlarining haqiqiy integratsiyalashuviga olib keladi. Yuk jo‘natuvchi qulay sharoitlarni hisobga olgan holda ishonch bilan marshrutlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘zbekistonlik yuk jo‘natuvchi yevropaga eksport qilayotgan vaqti yukni yetkazishning beshta yo‘lidan birini tanlashi mumkin. Birinchi ikki yo‘l, bu Kaspiy dengizi portlari – Turkmanistonning Turkmanboshi hamda Qozog‘istonning Aktau shaharlari orqali, Astraxan yoki Janubiy Kavkaz mamlakatlari bo‘lsa, uchinchi yo‘nalish Qozog‘iston va Rossiya bo‘ylab temir yoki avtomobil yo‘llaridir. To‘rtinchisi – Turkmaniston va Janubiy Eron orqali, beshinchisi – havo yo‘llari orqali yukni manzilga yetkazish usullaridir. Bunday ajratishlar natijasi o‘laroq xorijiy hamkorlarning bevosita ishonchi ortishi hamda Markaziy Osiyo aloqa tizimining imiji yaxshilanishi kutiladi. Yo‘nalishlar bo‘ylab ajratilgan, ammo bir vaqtning o‘zida, integratsiyalashgan aloqa infratuzilmasi hududning tashqi siyosiy va iqtisodiy xavflarga bardoshini sezilarli darajada oshiradi. Shu tariqa, qandaydir sabab tufayli bir marshrutning ishdan chiqishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda qo‘shimcha yuklarni qabul qila oluvchi qo‘shimcha yo‘nalishdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling