12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi
Download 147.5 Kb.
|
ЭФТАЛЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Bob. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. EFTALIYLAR DAVLATINING INQIROZGA UCHRASHI.
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
EFTALIYLAR DAVRIDA TASHKIL TOPISHI, EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT R E J A: Kirish I-BOB. EFTALIYLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISHI. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. DINIY MUNOSABATLAR. 1.1. Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. 1.2. Eftallar davrida O’rta Osiyoda siyosiy vaziyat va etnik o’zgarishlar. II-Bob. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. EFTALIYLAR DAVLATINING INQIROZGA UCHRASHI. 2.1. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Diniy munosabatlar. 2.2. Eftaliylar davlatining inqirozga uchrashi va barham topishi. 2.3. Mavzuni o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish va uning ahamiyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topa boshlashi bilan sug’oriladigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari – “dehqonlar” qo’lida to’plana boshlagan. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin qo’shchilari ma’lum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylana borganlar. Obikor yerlarning ibodatxonalarga tegishli qismi “vag’nze” deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo’lida bo’lgan. V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftaliylarning o’troq-lashuvi kuchayadi. Buning oqibatida sug’oriladigan yerlarga bo’lgan talab ortadi. Mazkur ehtiyojni qondirish maqsadida kichik-kichik zovur va anhorlar qazilib, ko’plab yangi yerlar o’zlashtiriladi. Hozir-ga qadar saqlanib qolgan Zaxariq, Bo’zsuv, Darg’om kanallari V asrda barpo etilgan yirik sug’orish tarmoqlarining namunalaridir Eftaliylar haqidagi ma’lumotlar Rim, Vizantiya, Suriya, Arman, Xitoy va Fors manbalarida hamda Firdavsiyning “Shohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar eftaliylarni O’rta Osiyo-ning janubiy viloyatlarida yashovchi qadimgi mahalliy elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd qiladilar. Manbalardan birida (Lazer Parbskiy, V asr) efta-liylar yetti xonadondan iborat massagetlarning yetakchi urug’laridan biri sifatida bayon qilinadi1. Xitoy manbalarida eftaliylar yuyechjilarning boshqa bir sho-xobchasi, ya’ni gaogyuy qabilasining tarmog’i, yoxud Qang’yuy avlodlari sifatida talqin qilinadi. O’zlarini alxonlar deb atagan eftaliylar Baqtriya-Toxariston yerlarida yashagan azaliy boxtar qavmidan chiqqan etnik guruh ekanligini qayd qiluvchi fikrlar ham mavjud. Zamonaviy tadqiqotlar eftaliylarning haqiqiy vatani Baqtriya-Toxaristonga muvofiq kelishini ko’rsatmoqda. Manbalarda yozilishicha, eftaliylar yagona hukmdor izmiga itoat etuvchi, batartib xalq bo’lib, fuqarolar orasida va qo’shni davlatlar bilan munosabatlarda ular uchun adolat asosiy mezon hisoblangan. Eftaliylarning oilaviy munosabatlarida patriarxal tartibga xos jihatlar ustunlik qilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga ularda urug’chilik tuzumi xususiyatlaridan farqli ravishda yerga xususiy mulkchilik mavjud edi. Patriarxal munosabatlar eftaliylarning urf-odatlarida ko’zga tashlanadi. Jumladan, Prokopiy Kesariyskiyning yozishicha, “ular (eftaliylar) orasidan eng boy kishilar taxminan yigirma va undan ortiq kishini hayotda o’zlariga sherik qilib oladilar; do’stlar har doim u bilan birga tushlik qilib, unga tegishli ne’matlardan bab-baravar bahramand bo’ladilar. Do’st va sherik orttirgan shaxs vafot etsa, taomilga ko’ra uning do’stlari mayit bilan birga tiriklayin qabrga qo’yilishi shart bo’lgan”. Eftaliylar kuchli harbiy qo’shinga ega bo’lganlar. Sosoniylar va eftaliylar o’rtasidagi to’qnashuvlarda eftaliylar qo’lining ba-land kelishi ularning harbiy mahorati yuksak bo’lganligidan dalo-lat beradi. Askarlar asosan gurzi, o’q-yoy va qilich bilan qurollan-gan. Jang paytida otliq qo’shin yetakchilik qilgan. Eftaliylar davlati ulkan hududni qamrab olgan bo’lib, O’rta Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston hamda Shimoliy Hin-distonning yarmi Gandxara bilan birgalikda mazkur davlat tarkibi-ga kirgan. Asli eftaliylarda ikkita davlat mavjud bo’lib, ulardan biri Afg’onistonning janubi-sharqiy qismi, Pokiston va Shimoliy Hindiston hududlarini qamrab olgan. Milodiy V va VI asrning birinchi yarmida, Toroman va Mihrqul ismli podsholar davrida ushbu davlat gullab yashnagan. Ikkinchi davlat O’rta Osiyoning janubi va Shimoliy Afg’oniston hududlarida tashkil topgan. Bu yerdan eftaliylar Sharqiy Turkiston yerlarini zabt etganlar2. Eftaliylar davrida shaharlar ravnaq topib, ularning ahamiyati ortadi. Kushoniya (Kattaqo’rg’on yaqinida), Rivdad, Poykend, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha shaharlari shular jumlasidandir. Efta-liylar davlati hukmdorining qarorgohi Varaxsha saroyida bo’lgan-ligi taxmin qilinadi. Eftaliylar qudratli va ulkan davlat barpo etdilar. Uning hududlari Kushon davlati hududlaridan ham katta edi. Eftaliylar Eron sosoniylarining harbiy qudratini sindira oldilar. Sosoniy-larning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli to’xtadi. Ular Eron shohlarining ichki siyosatiga ham aralashib, hatto kimni taxtga o’tqazish masalasini hal qilish ularning qo’lida bo’lgan. Eron davlati har yili eftaliylarga katta miqdorda o’lpon to’lab turgan. Eftaliylar manbalarda dastlab 453-454 va 457 yillar voqyealari bilan bog’liq tarzda tilga olinadi. Ularda keltirilishicha, eftaliylar ularga hujum qilgan Yazdigerd II qo’shinini tor-mor keltirib, Eronning ichkarisiga ham talon-taroj yurishlarini amalga oshirganlar. Mazkur voqyealar 453-454 yillarda sodir bo’lganligi qayd qilinadi. Shuningdek, 457 yilda eftaliylar hukmdori Vaxshunvar Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundirgan. 456 yilda eftaliylardan Xitoyga dastlabki elchilar kelgan. 459 yili Eron taxtiga o’tirgan Pero’zning hokimiyatga kelishi manbalarda eftaliylar bilan bog’liq ravishda bayon qilinadi. Dastlab eftaliylar yordamida hokimiyatga kelgan Pero’z keyinchalik ularning g’animiga aylanadi hamda 459-484 yillarda eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi3. Birinchi yurishdayoq Pero’z mag’lubiyatga uchrab asirga tushadi. Vizantiya imperatori Zenon o’rtaga tushib katta mablag’ evaziga uni eftaliylar tutqunligidan xolos qiladi. Shartnomaga muvofiq Pero’z chegara yaqinidagi Talikon shahrini eftaliylarga topshirish hamda ikki o’rtadagi chegarani qayta buzmaslik majburiyatini oladi. Ammo o’z mag’lubiyatini tasodifga yo’ygan Pero’z tez orada yana eftaliylarga qarshi yurish qiladi. Bu gal ham mag’lubiyatga uchragan Pero’z katta miqdorda o’lpon to’lashga, yosh o’g’li Qubodni eftaliylar qo’lida garovda qoldirishga majbur bo’ladi hamda eftaliylarga 2 yil mobaynida soliq to’lab turish majburiyatini o’z zimmmasiga oladi. Mazkur mag’lubiyat natijasida Xuroson hududi to’laligicha eftaliylar tasarrufiga o’tadi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling