12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi


I-BOB. EFTALIYLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISHI. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. DINIY MUNOSABATLAR


Download 147.5 Kb.
bet2/8
Sana02.05.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1422353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ЭФТАЛЛАР

I-BOB. EFTALIYLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISHI. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. DINIY MUNOSABATLAR.


1.1. Eftaliylar davlatining vujudga kelishi.

Mamlakatiiniz hududida ilk feodalizm davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri — Eftaliylar davlatidir, Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi qabila — xalqqa mansubligi va qaysi tilda so'zlashganliklari to'g'risida fan olamida har xil fikriar bor. Ammo aksariyat Ko’pchilik olimlar eftaliylarni milodimizdan avvalgi I asr bilan milodimizning IV asri o'rtalarida Yettisuvdan va yanada Sharqroqdagi rayonlardan Orol dengizi bo’ylariga kelib qolgan xunnlar bilan aralashib ketgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan Orol bo’yi sak-massaget qabilalarining aviodlaridirlar, degan g'oyani ilgari suradilar. Eftaliylar tarixiga oid ma'lumotlar rumolik tarixchi Ammian Martsellin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kcsariyskiy (VI asr), Feofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zenob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbskiy (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishe (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha keyinroq yozilgan xitoy solnomalari «Vey-Shu» (VI asr) va «Man-Shu» (IX—X asr)da ham eftaliylar to'g'risida qimmatii manbalar bor4.


Eftaliylar tarixi bilan rus Sharqshunos olimlari P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. V, Bartolbd, A. Yu. Yakubovskiy, S. P. Tolstov, A. H. Bernshtam, chet ellik tarixchilardan Shnext, Druen, Markvart Xermon, Mak Govern va boshqalar ham shug'ullanganlar va qimmatii asarlar yozganlar. Eftaliylar turii tillarda, turlicha nomlarda talqin qilinadi: xitoylarda Ye-da yoki I-da, armanlarda —Xettal va Tetal, arablarda — Xeylal, yunonlarda — Abdel.
Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha «eftaliylar» degan nomning o'zi V asming ikkinchi yarmidan e'tiboran paydo bo’lgan. Feofan Vizantiyskiyning ma'lumotlariga qaraganda eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalon deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa eftaliylar degan nom «haft» (etti), ya'ni massagetlaming yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydi. Amma IV asrning o'rtalarida kushon, eftaliy va yana bir massaget qabilalari boshqa bir qabila bilan birlashgan. Arman tarixchilari bu qabilani «Xonlar», vizantiyalik tarixchilar esa «Xioniylar» deb ataganlar. Arman va suriyalik tarixchilar «Xonlar»ni kushonlar bilan bir xil bilishgan, vizantiyaliklar zsa ularni «0q xunlar» deb atashgan. Bu yyerda xi'onitlar badaniniig oqligi, o'troq turmush sharoiti va boshqa ko'chmanchi xunlarga nisbatan ancha yuqori madaniyat darajasiga egaligi e'tiborga olingan5.
Birinchi marta xioniylar Ammian Martsellin asarida qalamga olingan. 356 yilda xioniylar begi Grumbat o'z o'rni bilan Eron sosoniylari podshosi Shopur II (309— 379 yillar) tomonida turib Amida (Suriya) shahrini qamal etgan paytda ittifoqchi sifatida qatnashadi. Sosoniylar podshosi Varaxran V (418—438 yillar) xioniylarga qarshi qattiq kurashlar olib borgan. Bu davrda xioniylar Amudaryo havzasini egallab olib o'z hududlarini yanada kengaytirishga harakat qilayotgan edilar. Marv atrofida olib borilgan jangda xioniylar ustidan g'alaba qozongan Varaxran V o'z davlati chegaralarini Talqon (Marv bilan Balx oraligi) gacha kengaytirdi va bu yyerda toshdan chegara minorasi qurdirdi. Undan keyingi sosoniylar podshosi Yazdigard II (438—457 yillar) xioniylarning to'xtovsiz bo’lib turadigan hujumlaridan himoyalanib, qarorgohini Shimolga tomon, Shahriston — Yazdigard shahriga ko'chkrdi. Bu davrda u xioniylarning juda ko’p qishloq va shaharlarini vayron qildi hamda Balxan tog'i yaqinidagi Chol shahrida (hozirgi Krasnovodsk shahri yaqinida) o'rnashib olgan xioniylar podshosini o'ldirdi. Ammo ikkinchi yurish paytida (453— 454) Yazdigard qo'shini xioniylar tomonidan tor-mor keltirildi va uning o'zi qati elildi.
V asr boshlarida massaget qabilalari ittifoqidan yana bir qabilaviy guruh ajralib chiqdi. Ular kidariylar deb atalib, Tohariston hududlarida joylashgan edilar. Bu nom qabila boshlig'i va podshosi Kidar nomidan olingan. Kidariylar bir necha marta sosoniylar Eroniga hujumlar uyushtirganlar. Ammo 456 yildagi bo’lgan jangda sosoniylar kidariylami tor-mor qiladilar. Kidariylar halok bo’lgan o'z podsholari Kidarning o'gli Kungas ("Skunxa" deb ataluvchi sak nomi bilan taqqoslang) boshchiligida Hindiqush orqali Qandahor (Peshovar)ga ketadilar va Shimoliy Hindistondagi Ciupta podsholigini o'zlariga bo’ysundiradilar6.
Kidamylar bu yyerda 75 yil mobaynida hukmronlik qilganlar. V—VI asrlardagi tarixshunos olinilarning asarlarida (masalan, suriyalik leshu Stilit, vizantiyalik Prokopiy Kesariyskmy, armanistonlik Sebeos va boshqalar) xioniylar eftaliylar bilan, ba'zilarida kushonlar bilan aynan bir bo’lgan deb yoritiladi. Bu hoi bizga bu qabilalar o'rtasidaga farq etnik xaraktyerda bo’lmasdan sulolaviy jihatdan farqlanadn, deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi.

Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling