12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi
II-Bob. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. EFTALIYLAR DAVLATINING INQIROZGA UCHRASHI
Download 147.5 Kb.
|
ЭФТАЛЛАР
II-Bob. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. EFTALIYLAR DAVLATINING INQIROZGA UCHRASHI.
2.1. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Diniy munosabatlar. Tarixiy rnanbalarning guvohlik berishicha, 457 yildan e'tiboran eftaliy podshosi Vaxshunvor Chag’oniyon Tohariston vz Badaxshonni o'ziga bo’ysundiradi. Eftaliylarning kuchayib ketayotganligidan xavfsiragan sosoniylar shohi Peroz eftaliylarga qarshi yurish qiladi. Ammo u yengilib asirga tushadi va yordam so'rab Vizantiyaga nuirojaat qiladi. Vizantiyadan yuborilgan pul ezaziga asirlikdan ozod qilingan Peroz e italiylarga ilgari bosib olingan Taliqon shahrini qaytarib berish va Veraxran V tomonidan belgilangan chegaradan nariga o'tmaslik majburiyatini oladi. Taliqon shahrida o'matilgan chegara minorasi fillar yordamida ko'chiriladi. Ammo Peroz o'z va'dasini bajarmaydi va eftaliylar ustiga ikkinchi marta qo'shin tortib keladi. Ikkinchi marta ham mag'lubiyatga uchrab, Suriya manbalarida ta'kidlanishicha, u ikkinchi marta asir tushadi. Sosoniylar shohi eftaliylarga kumush dirhamlar bilan to'ldirilgan qoplar ortilgan 30 ta xachir berish majburiyatini oladi. Lekin u faqat yigirmata xachir va shunga loyiq tangalar topa oladi, xolos. Maj burly atning qolgan qlsmi evaziga Peroz o'zining go'dak o'g'li Kubodni garovga qoldiradi va ikki yil davomida eftaliylarga katta hiroj to'lab turishga majbur bo’ladi. Bu xirojni Peroz aholiga og'ir jonboshi soliqlarini solish yo’li bilan to'laydi. Shu munosabat bilan arman tarixchisi Lazarb Perbskiy Peroz Eronni eftaliylarga sotganligini va lining hech qachon bu quilikdan qutula olmasligini zorlanib yozgan edi. MajburiyaTdagi qarzni to'lab bo’lgan Peroz. o'zini eftaliylarga do'st qilib ko'rsatmoqchi bo’ladi va o'z singillaridan birini eftaliylar podshosi Vaxshunvorga xotinlikka taklif qiladi. Biroq Peroz singlisi o'rniga xotinlikka boshqa qizni yuborib Vaxshunvorni aldaydi. Vaxshunvor bunga javoban, eftaliylarning iltimosiga ko’ra Erondan kelgan harbiy maslahatchilami kaltaklattiradi va o'ldiradi. Peroz Vizcintiya yordamida uchinchi marta eftaliylar ustiga yurish qiladi. Bu yurishda eftaliykir chegarasidan o'tgan Peroz o'z askarlari bilan ular uchun maxsus, ataylab tayyorlab qo'yilgan bo'ri uyalariga tushib qoladi va halok bo’ladi. Perozni tor-mor keltirgan eftaliylar Eronga juda katta o'lpon soliqlari soladilar va Marvni egallaydilar. So'g'dni esa ular allaqachon o'zlariga qaratgan edilar. So'ngra eftaliylar Kobul va Panjob vodiysini, Qarashar, Quchu, Qoshg'ar va Xo'tonni ham zabt etadilar. Umumiy xulosa Shundan iboratki, eftaliylar massagetlar aviodidir, ular kushonlar siyosatini davom ettiradilar va Markaziy Osiyoda yagona markazlashgan davlatni barpo etdilar. Eftaliylar qo'li ostida tarbiyalangan Perozning o'g'li Kovad davrida Eron eftaliylarga hiroj to'lashda davom o’tdi. Kovad hukmronligi davridagi (488—551 yillar) tengsizlik va ekspluatatsiya zulmiga qarshi xalq ommasi o'rtasida norozilik qo'zg'olonlari bo’lgan. Bu davrda barcha yerlarjamoa qo'lidan tortib olinib «dehqon mulki»ga aylantirilgan. Barcha boyliklar va hokimiyat boylar qo'Hda bo’lgan. Ayollar huquqi poymol qilingan. Boylar ko'ngil hushi uchun istagancha xotinlar olganlar, Bu hoi Mazdak boshchiligida qo'zg'olon kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Mazdakchilar — «Z» harfi bilan boshlanadigan to'rt narsaning aholi o'rtasida teng bo’lishini talab qilganlar: 1) Zamin (yer); 2. Zar (oltm); 3. Zo 'rlik (kuch-hokimiyal) va 4. zom (xotin). Kovad dastlab bu qo'zg'olonni himoya qildi va qo'llab-quvvatladi. So'ngra u bu qo'zg'olonga qarshi kurashdi va eftaliylar tomoniga qochib ketdi. Kovad hukmronligi davrida Eron bilan eftaliylar orasidagi munosabatlar ancha yumshab do'stona tus ola boshladi. Bu hoi eftaliylar orasida o'sgan Kovadning eftaliylar bilan shaxsiy do'stona munosabatlarining natijasi bo’lganligi ehtimoldan uzoq emas. Kovad eftaliylar podshosining qizi, ya'ni o'z jiyaniga uylanadi, Chunki uning opasi asirga tushgach, Vaxshunvorning xotini bo’lgan edi. Ikki tomon o'rtasidagi yaqinlik shu darajada kuchaydiki, eftaliylar 502 yilda Eron toinonida turib Vizantiyaga qarshi urushda qatnashganlar. 506 yilda tuzilgan sulh bilimiga ko’ra Vizantiya tillasidan o'z ulushlarini olishga muvaffaq bo’lganlar. Eron bilan eftaliylar o'rtasidagi do'stona munosabatlar Kovadning o'g'li Xusrav I Anushirovon davrida ham davom ettirilgan. Chunki Xusrav I eftaliylarga yil sayin kumush hisobida belgilangan hirojni to'lab turgan. Ammo Turk xoqonlarining eftaliylarga qilgan hujumidan foydalanib Xusrav I 554 yilda eftaliylardan Toharistonni torlib oladi. 563—567 yillarda esa turk xoqoni Silsivul Eron bilan ittifokda eftaliylcirga qaqshatqich zarba beradi va bu podsholikni tobe ahvolga solib qo'yadi. Lekin VI asr oxirlariga kelib turk xoqonligi roziligi bilan eftaliylar Eronga qarshi urush olib bordi va Toharistonni qaytarib olishga muvaffaq bo’ldilar. So'ngra Eronda boshlangan fuqarolar urushidan foydalanib sosoniylarga qaram bo’lishdan ozod bo’lgan cl'taliylar allaqachon g'arbiy turkiy - xoqonlik ta'siriga tushib qolganliklaridan o'zlarining avvalgi mustaqilliklarini saqlab qololmadilar. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi—poytaxti qayyerda bo’lganligi to'g'risida qat'iy aniq ma''lumot yo'q14. Taxminiy fikriarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx bo’lgan deyiladi. Davlatning boshida podsho turgan. Podsholar Vizantiya tarixchisi Prokopiyning (VI asr) so'zlariga qaraganda vizantiyaliklar bilan forslar orasida m'avjud bo’lgan adolatdan zarracha bo’lsada kam bo’lmagan adolatga suyanib faoliyat ko'rsatganlar. Odamlar asosan shaharlarda yashaganlar. Eftaliylar hukmronligi davrida quidorlikning yemirilib, asta-sekinlik bilan feodalizm qaror topa boshlaganligining guvoh boTamiz. Bu davrda olib borilgan to'xtovsiz urushlar ishlab chiqarish kuchkirining inqirozga uchrashiga sabab bo’ldi, sug'oriladigan yer maydonlari qisqardi, shaharlar sonjihatdan kamaydi. Eftaliylardan oldingi kushonlar davridayoq yer va qo'rg'omarga ega bo’lgan aslzodalar ajralib chiqa boshlagan, dehqonlar mahalliy - zodagonlarga Ko’proq tobe bo’la borgan. Bu hoi feodal munosabatlamini' shakllana boshlashi uchun shart-sharoit yetila borganligini ko'rsatadi. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg'ul bo’lgan, ayrim qismigina ko'chmanchilik asosida yashagan, o'tovlarda istiqomat qilishgan. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling